R. RAJABOV
birgalikda yer aylanasining uzunligi, radiusi ham da geografik xaritalar
tuzish kabi m asalalar bilan m ashg‘ul bo‘ldi. Zam onasining m ashhur ma-
tem atigi, astronom i va geografik olimi sifatida fanga ulkan hissa q o ‘shdi.
A l-Xorazm iy 20 dan ortiq asarlar yozdi. Ulardan faqat 10 tasigina
bizgacha yetib kelgan. Bu kitoblar «Al-jabr val-muqobala», «Hind hisobi
haqida» y a’ni, arifmetik asar, «Kitob sur’at ul-arz», «Yer surati» haqida
geografiyaga oid kitob, «Zij» va «Usturlob bilan ishlash haqidagi kitob»
kabi astronom iyaga oid asarlar, shuningdek, «Kitob at-tarix», « Yahudiylar-
ning taqvim i va bayram lam i aniqlash haqida risola» nomlari bilan atalgan.
Xorazmiy m erosida, ayniqsa, «Al-jabr val-muqobala» kitobining ilmiy
ahamiyati nihoyatda buyukdir. Bu kitobi bilan u m atem atika tarixida birin-
chi bo‘lib algebra faniga asos soldi. Hatto, «algebra» atamasi ushbu kitob-
ning «aljabr» deb yuritilgan qisqacha nom ining aynan ifodasidir. Xoraz
miy nomi esa m atem atika fanida «algoritm» atamasi shaklida o ‘z ifodasini
topdi. Uning «Aljabr» asari asrlar davomida avlodlar q o iid a yer o ‘lchash,
ariq chiqarish, bino qurish, m e’rosni taqsim lash va boshqa turli hisob va
o ‘lchov ishlarida dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. Al-Xorazm iyning bu ri-
solasi XII asrdayoq Ispaniyada lotin tiliga taijim a qilindi va takror ishlandi.
X orazm iyning arifmetik risolasi hind raqamalariga asoslangan o ‘nlik po-
zitsion hisoblash sistemasining Yevropa qolaversa, butun dunyoda tarqalis-
hida buyuk ahamiyat kasb etdi. Al-jabm i mustaqil fan darajasiga ko‘tardi.'
Bu davrda o ‘lkam izda yashagan у ana bir m ashhur olim M uham m ad
al-Farg‘oniy edi. U B og‘doddagi «B ayt ul-hikm a»da faoliyat ko‘rsatgan
bizning vatandosh olim lardan biridir. Buyuk astronom , m atem atik va ge-
og raf A hm ad al-Farg‘oniy (797-865-yillarda yashab ijod qildi). U Farg‘o-
nada tavallud topgani uchun Sharqda al-Farg‘oniy, Yevropada esa Alf-
raganus taxallusi bilan shuhrat topgan. U avval Marv, so ‘ngra B og‘dod,
D am ashq v a Q ohira shaharlarida astronomiya, m atem atika va geografiya
fanlari bilan shug‘ullandi. Q ator ilmiy va amaliy asarlar yozib qoldirdi.
U asosan D am ashqdagi rasadxonada osm on jism lari harakati va o ‘rnini
aniqlash, yangicha «zij», y a ’ni astronom ik jadval yaratish ishlariga rah-
barlik qildi. 832-833-yiIlarda Suriyaning shim olida Sanjar dashtida va
ar-R aqqa oraligMda yer m eridianining bir darajasi uzunligini o ‘lchashda
qatnashdi. 861-yilda uning rahbarligida Fustat (Qohira) shahri yaqinida
Do'stlaringiz bilan baham: