14-amaliy mashg’ulot: Boshlang’ich sinf o’quvchilarini PIRLS xalqaro
tadqiqotiga tayyorlash
Ma’lumki, PIRLS tadqiqot dasturi
matnni o‘qish va tushunish darajasini
aniqlovchi xalqaro tadqiqot
bo‘lib
mazkur tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim
tizimidan iborat bo‘lgan davlatlardagi boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni
o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil
yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni
aniqlash va baholashdan iborat. Albatta, bunday tadqiqotda munosib natija ko‘rsatish
o‘quvchilarimizning qanchalik bilim, malaka va ko‘nikmalarga egaligiga bog’liq.
Xo‘sh, PIRLS tadqiqotiga o‘quvchilarni tayyorlashda nimalarga e’tibor qaratish
lozim?
Bilamizki, matnni o‘qish va tushunishda, avvalo, o‘quvchining savodxonligi
birinchi o‘rinda turadi. Chunki matn to‘g’ri o‘qilgandagina unda berilgan ma’no
anglashiladi. Demak, bola berilgan matnni xato qilmasdan, to‘g’ri o‘qishi zarur. Bu
o‘rinda to‘g’ri o‘qish malakasini shakllantirishga diqqatni qaratish kerak. O‘qituvchi
o‘quvchining tovush orttirmay, tovushni tushurib ketmay, so‘zning tarkibini
buzmasdan o‘qishiga erishishi kerak bo‘ladi.
Ikkinchidan, tez o‘qish malakasining to‘g’ri egallanishi ham muhim ahamiyatga
ega. Sababi o‘ta tez ham, o‘ta sekin o‘qish ham matn mazmunini o‘zlashtirishni
qiyinlashtiradi. Ba’zan o‘qituvchilarning sinf o‘quvchilarining 1 daqiqada qanchalik
ko‘p so‘z o‘qiy olishlari orqasidan quvib bolalarning matnni tusunishlariga ikkinchi
darajali masala sifatida qaraydilar. Agar bu kabi kamchiliklar to‘g’rilanmasa xalqaro
tadqiqot topshiriqlari o‘quvchilarimizga qiyinchilik tug’dirishi tabiiy hol bo‘lib
qoladi. Tez o‘qish me’yoriy tezlikda o‘qish bo‘lib, bunda o‘qish sur’ati matnning
mazmunini tushunishdan ajralib qolmasligi kerak. Aslida, o‘qilayotgan asar
mazmunini o‘zlashtirishni, matn mazmunini ongli idrok etishni ta’minlaydigan o‘qish
tez o‘qish deyiladi. Tez o‘qish malakasini shakllantirish uchun ham darsda va
darsdan tashqari o‘qish mashg’ulotlarini to‘g’ri tashkil etish, bolalarni turli xil
kitoblarni o‘qishga jalb qilishni maqbul deb bilamiz. O‘qish sur’atini oshirishda tez
aytishlarni, maqollarni yod oldirish va matnni ovoz chiqarib o‘qishni mashq qilish
kabilar samarali usullardan hisoblanadi.
Ongli o‘qish yaxshi o‘qishning asosiy sifati hisoblanadi. Ongli o‘qish o‘qilgan
matnning aniq mazmunini, asarning g‘oyaviy yo‘nalishini, obrazlarini va badiiy
vositalarining rolini tushunib o‘qish, shuningdek, asarda tasvirlangan voqea-
hodisalarga o‘z munosabatini ifodalay olishdir. Ongli o‘qish o‘z navbatida,
o‘quvchilarning zarur hayotiy tajribasiga, so‘zning leksik ma’nosini, gapda
so‘zlarning bog‘lanishini tushunishga va bir qator metodik shartlarga bog‘liq. Matnni
ongli o‘qish uchun o‘quvchilar to‘g‘ri, me’yorida o‘qishni egallagan bo‘lishlari va
o‘qish jarayonida qiynalmasligi talab etiladi. O‘quvchilar matnni ongli o‘qishlari
uchun matn mazmuni va badiiy vositalari tahlil qilinadi.
PIRLS tadqiqotida foydalanilgan
Do'stlaringiz bilan baham: