Microsoft Word majmua Ta'lim sifati 2



Download 2,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/181
Sana18.01.2022
Hajmi2,21 Mb.
#385257
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   181
Javob  qabul  qilinmaydi: 
Javobda  muallifning  Leonardoga  nisbatan 
ijobiy munosabati va unga keltirilgan dalili ifodalanmaydi. 
Masalan:
 
Leonardo bir necha yil avval yashagan.
 
Muallif juda yaxshi hikoya yozgan.
 
 
 
 
10-amaliy mashg’ulot: PIRLS XALQARO TADQIQOTINI O‘RGANISH 
 
 
Joriy  yilning  15-18-sentyabr  kunlari  o’quvchilarning  o’qish  savodxonligini 
baholash 
xalqaro 
dasturi PIRLS tadqiqoti 
doirasida 
ma’lumotlar 
bazalarini 
boshqarish  (Data  management)  bo’yicha  xalqaro  onlayn  seminar-trening  tashkil 
etildi. 
2021-yilda  boo’lib  o’tadigan  PIRLS  asosiy  tadqiqoti  (Data  collection)da, 
maxsus  dasturiy  vositadan  foydalanish  bo’yicha  AQSHning  Boston  kollejidagi 
TIMSS  va  PIRLS  xalqaro  o’quv  markazi  vakillari,  IEA  tashkilotining  Gamburg  va 


Amsterdam  shaharlarida  joylashgan  idoralari  bilan  hamkorlikda  tashkil  etilgan 
mazkur  seminar-treningda,  PIRLS  tadqiqotida  ishtirok  etuvchi  50  dan  ortiq 
mamlakatlarning 150 ga yaqin vakillari ishtirok etdi. 
Jumladan,  ushbu  seminar-treningda  Ta’lim  inspeksiyasi  huzuridagi  Ta’lim  sifatini 
baholash bo’yicha xalqaro tadqiqotlarni amalga oshirish milliy markazi vakillari ham 
qatnashdi. 
PIRLS  dasturi  asosiy  tadqiqotiga  tayyorgarlik  ko’rish  bo’yicha  4  kun  davom 
etgan 
seminar-treningda 
sinov 
hamda 
so’rovnoma 
savollarining 
milliy 
moslashtirilgan  shaklini  maxsus  DME  dasturiy  vositasiga  joylashtirish,  jarayonlarni 
tashkil etish, tanlab olingan maktablar bilan ishlash,  ma’lumotlar va natijalarni tahlil 
qilish 
borasida 
IEA 
tashkilotining 
xalqaro 
ekspertlari 
Mark Kokl, Kamil Kovolik, Duygu Savashji, 
Elma Sela va 
bir 
qator 
xalqaro 
ekspertlarning taqdimotlari tinglandi. 
PIRLS tadqiqoti doirasida olinadigan ma’lumotlarning ishonchliligi ta’minlash 
tadqiqotning  eng  muhim  talablaridan  hisoblanadi.  Mazkur  seminar-treningda  asosiy 
tadqiqotda  foydalaniladigan  maxsus  dasturiy  vositalar WinW3s, DME bilan  ishlash, 
uning  xususiyatlari  va  ishlash  tartibi  boo’yicha  ma’lumotlar  bazasini  boshqarish 
bo’yicha mas’ul bo’lgan mutaxassislarga atroflicha ma’lumotlar yetkazildi. 
Shuningdek, DME dasturining  imkoniyatlari,  ishlash  tartiblari  va  ma’lumotlar  bilan 
qay  tartibda  ishlash  bo’yicha  atroflicha  ma’lumotlar  berildi. DME dasturi  tadqiqot 
o’tkazilgandan  keyin  butun  jarayonni  birlashtiradigan  dasturiy  vosita  hisoblanadi. 
Ushbu  dasturda  ishlash  uchun  kirituvchi  (puncher)lar saralab  olinishi,  dasturiy 
vositadan  foydalanish  bo’yicha  ularga  o’quvlar  tashkil  etish  hamda  javoblarni 
kiritishda  yuzaga  keladigan  xatoliklarni  bartaraf  etish  uchun  besh  xil  avtomatik 
tekshiruvlar haqida ma’lumotlar berildi. 
Ma’lumot  uchun: PIRLS  dasturini  2001-yildan  boshlab  amalga  oshirish  boshlangan 
boo’lib, IEA tashkilotining 1991-yildagi O’qish savodxonligini o’rganish dasturining 
mantiqiy davomi hisoblanadi. 2001, 2006, 2011, 2016-yillarda tadqiqotlar o’tkazilgan 
boo’lib, 2021-yil tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. 
PIRLS  dasturida  2021-yilda  70  ga  yaqin  davlatlar,  jumladan  O’zbekistonning 
ham   ishtirok  etishi  kutilmoqda.  Shuni  ta’kidlash  joizki,  2021-yilda  o’tkaziladigan 
tadqiqotlar  2001-yildan  boshlab  uzluksiz  qatnashib  kelayotgan  davlatlarning  20  yil 
davomida erishgan yutuqlarini baholash imkonini beradi. 
 
Berilgan manba belgilangan shaklda va hajmda sharhlanadi. 
 
 
Badiiy 
matn. 
Permyak 
Yevginiy 
Andreevich “Tanish izlar’’ 
Nikitaning  bobosi  bog’bon.  Bo’sh 
vaqtlarida ov qilishni sevadi. U  yaxshi ovchi 
ham  edi.  O’rmon  sirlarini  yaxshi  biladi. 
Nevarasini 
ham 
birga 
olib 
yurganda, 
o’rmondagiizlarni  ko’rsatardi  ko’rsatib  turib, 
shunday  deb  takidlardi:-Asr  yasha  ,  asr 
o’rgan  va  bil.  Bilim  hech  qachon  ortiqchalik 
qilmaydi. 
Nikita  bobosini  tinglab,  o’zicha 
o’ylardi:  “Barcha    keksalar    bolalarga  


aql  berishga 
usta. Hayvon izlarini bilish  menga nima 
keragi 
bor, 
qachonki 
men 
mashinist 
bo’lmoqchiman. 
Elektr 
poyezdlarini 
haydayman”. Nikita faqat poyezdlar   haqida   
o’ylardi. Elektrovozlardagi 
har  bir  bolt,  har  bir  qismni  ko’zdan  kechirardi.  Bolalar  ham  u  bilan 
poyezdlarni  tomosha  qilgani  borishardi.  Bir  marta  bekatdan  qishloqqa  to’g’ri 
yo’ldan o’rmon orqali qaytishga to’g’ri keldi. Ham yaqin, ham kayfiyat a’lo. 
Birinchi 
qor  ustidan  quvnoq  yugurib  ketdilar.  Qor  ustida  esa  turli  xil  izlar. 
Izlar  nimaniki  ekanligini  bolalar  bilishmay  ustida  yugurishadi.  Balki  tulkini  yoki 
yovvoyi ehkini ko’rib qolisharmidi?!Quyonni ko’rib qolishsa ham ajab emas. Izlar 
ustida yugura-yugura oxiri adashib qolishdi. Bolalar qo’rqib ketishdi . Kimdir hatto 
yig’ladi ham. 
-Bu sening gaping bilan bo’ldi, Nikitka…Endi o’rmondan qanday chiqib 
olamiz? 
Axir  odam  yuradigan  yo’lkalar  qor  bilan  qoplandi.  Nikita  jim,  o’zini 
oqlamadi.  Balki  biror  kishi  bu  kimsasiz  o’rmonda  uni  “eshitarmi”  deb  o’ylardi. 
Birdan Nikita qor ustida izlarni ko’rib qoldi. Bobosi ko’rsatgan ko’p izlardan faqat 
shu izlarni esda saqlab qolgan edi. 


 
 
-Ure,  bolalar!-qichqirdi  Nikita.  -Mening  izimdan  yuringlar.  Sizlarni  yashash 
joyiga  olib  boraman.  Bolalar  Nikita  ko’rsatgan  izlar  ortidan  uzoq  yurdilar  va 
yashash  manziliga  keldilar.  O’rmon  qo’riqchisining  uyiga.  Qo’riqchining  uyidan 
qishloqqacha esa qatnov yo’li. Tunda ham adashmaysan. 
-Sen bizni qanday izlar orqali olib chiqding ?- 
so’rashdi bolalar Nikitadan . 
-It izlari orqali, -javob berdi u. 
-It  izlari  doim  yashash  joyiga  olib  keladi. 
Chunki  it  o’rmonda  qancha  yugurmasin,  albatta 
uyga  qaytadi.  Buni  menga  buvam  o’rgatganlar. 
Nikita  uyga  charchab  qaytgan  bo’lsada,  juda  baxtli 
edi.  Bir  lahza  u  bobosini  qattiq  quchoqlab  oldi  va 
qulog’iga nimalardir deb pichirladi. Balki mehribon 
bobosiga “rahmat” aytgandir. 
“Tanish izlar” matniga savollar. 
1.
 
Nikitaning bobosi bo’sh vaqtida nimani yoqtirardi? 
a.
 
baliq tutishni 
b.
 
gazeta o’qishni 
d. ov qilishni 
e. televizor ko’rishni 
2.
 
O’rmonda bobosi Nikitaga nimalarni ko’rsatardi? 
a.
 
hayvonlarni 
b.
 
izlarni 
d. daraxtlarni 
e. tabiatni 
3.
 
Izlarni ko’rsatib turib, bobosi Nikitaga nimani ta’kidlardi? 
4.
 
Nega Nikita bobosining hayvon izlari haqidagi gaplarini tinglamasdi? 
5.
 
Bolalar bekatda uyga o’rmon orqali kelayotganlarida nima sodir bo’ldi? 
a.
 
ular uxlab qolishdi 


b.
 
ular ovqatlangani o’tirishdi 
d. ular adashib qolishdi 
e. ular ota-onalariga qo’ng’iroq qilishdi 
6.
 
Bolalarning o’rmondagi qo’rquvi, hayajoni aks ettirilgan gaplarni topib yozing 
7.
 
Bolalar o’rmonda qaysi hayvonlarni uchratishni xohlashdi? 
8.
 
Bolalarni o’rmonga qanday kayfiyat olib kirdi? 
a.
 
qo’rqinchli 
b.
 
xush 
d. ezgin 
e. hechqanaqa 
9.
 
Nikita bolalarini o’rmondan nimaning izlariga qarab olib chiqdi? 
a.
 
bobosining izlariga qarab 
b.
 
itning izlariga qarab 
d. quyon izlariga qarab 
e. o’zining izlariga qarab 
10.
 
Itning izlariga qarab, yasash manziliga yetib olish mumkin ekanligiga isbot, dalil 
keltir 
11.
 
Nikita uyga qaytganida holati qanday edi? 
12.
 
Nima deb o’ylaysiz, Nikita bobosining qulog’iga nimalar deb pichirladi? 
13.
 
Hikoyada Nikitaning qaysi hatti- harakati ushbu hikmatga to’g’ri keladi . “Bilgan 
ergashtiradi, bilmagan ergashadi” 
14.
 
Hikoya nimaga o’rgatadi? 
a.
 
kattalar nasihatiga quloq tutish 
b.
 
har narsani kuzatib borish 
d. noxush vaziyatlarda hayajonlanmaslik 
e. minnatdor bo’lish 
 

Download 2,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish