II.4. Ishlab chiqarish mikroiqlimini o'lchash usullari
Ishlab chiqarish mikroiqlimini o'lchashda uning texnologik jarayon
bosqichiga (masalan, metallarga ishlov berishda konveksion va nur
issiqligining ko'p ajralishi, quritish qurilmalarida detallarni quritish va
boshqalar),
yil
mavsumiga,
tashqi
sharoitlarga,
isitish
va
shamollashishning samaradorligiga ko'ra juda o'zgaruvchanligini hisobga
olish zarur.
O'lchash poldan l,5m balandlikdagi ish zonasi, asosiy yo'laklarda
kun va yilning turli vaqtlarida, texnologik jarayonning turli xil davrlarida
takroriy ravishda o’tkaziladi.
Havo harorati va namligini o'lchash uchun Assmanning aspiratsiya
sixrometridan foydalaniladi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |