Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


§.  Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolatlari



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

3§.  Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining vakolatlari 
 
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlarining  vakolatlari deganda, 
ularning shu sohadagi faoliyatlarining alohida turlari tushunilishi lozim. 
Ekologiya sohasida davlat boshqaruv organlari quyidagi vakolatlarni amalga 
oshiradilar: 
Tabiiy  resurslarni  muhofaza  qilish  va  ulardan  oqilona  foydalanish  bo`yicha 
me'yoriy  hujjatlarni  qabul  qilish  yo`li  bilan  davlat  organlari  qonun  va  hukumat 
qarorlaridagi  qoidalarni  yanada  rivojlantiruvchi  va  detallashtirilgan  idoraviy 


normativ  hujjatlar  qabul  qiladilar.  Masalan,  O`zbekiston  Respublikasining  Soliq 
kodeksida  yer  solig`iga  oid  me'yorlar  kiritilgan  va  uning  99-moddasiga  muvofiq, 
yer  solig`i  stavkalari  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan 
belgilanadi.  Bundan  tashqari  yer  solig`ini  hisoblash  va  undirish  bo`yicha 
munosabatlar  O`zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi    va    Davlat  soliq  
qo`mitasi    tomonidan    1997  y.  28  noyabrda  tasdiqlangan  va  Adliya  vazirligida  4 
noyabr  1998  y.  401-1  raqam  bilan  davlat  ro`yxatiga  olingan 

Yer  solig`ini 
hisoblash  va  to`lash  tartibi  to`g`risida

gi  Yo`riqnoma  bilan  tartibga  solinadi. 
Idoraviy  me'yoriy  hujjatlar  asosan  me'yoriy  hujjatlarda  texnik  va  tabiiy  fanlar 
talablarini  kiritish  lozim  bo`lganda  qabul  qilinadi.  Bunday  yo`riqnomalar 
geologiya va konlardan foydalanish sohasida ko`p qabul qilingan.  
Davlat  organlari  atrof  tabiiy  muhitning  muhofazasini  ta'minlovchi 
normativlarni  qabul  qiladilar.  Bularga:  suvda  ifloslantiruvchi  moddalarning  yo`l 
qo`yiladigan darajada to`planishi; atmosfera havosida ifloslantiruvchi moddalar va 
biologik  organizmlarning  yo`l  qo`yiladigan  darajada  to`planishi,  fizikaviy  omillar 
atmosfera havosiga akustik, elektromagnit, ionlashtiruvchi va boshqa  zararli ta'sir 
ko`rsatishning yo`l qo`yiladigan darajalari kiradi.  
Ekologik  standartlash  orqali  asosan  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarning 
ekologik  talablarga  javob  berishi  belgilanadi.  O`zbekiston  Respublikasining 

Standartlash  to`g`risida

gi  Qo-nunining  8-moddasida  Tabiatni  muhofaza  qilish 
davlat  qo`mitasi  va  Sog`liqni  saqlash  vazirligi    standartlash  organlari  sifatida 
belgilangan va ular ekologik standartlashni amalga oshiradilar. 
O`zbekiston Respublikasining 

Sertifikatsiyalash to`g`risida

gi va "Tabiatni 
muhofaza  qilish      to`g`risida"gi  qonunlariga  muvofiq,  ekologik  sertifikatsiyalash 
sertifikatsiya qilinadigan mahsulotni belgilangan ekologik talablarga muvofiqligini 
aniqlash bo`yicha faoliyatdir. Ushbu Qonunning 5-moddasiga muvofiq, ekologiya 
sohasidagi  davlat  organlarini  va  boshqa  yuridik  shaxslar  ekologik  sertifikatsiya 
qilish  uchun  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  
O`zbekiston Davlat standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi organlarida 
akkreditatsiyadan o`tadilar, ya'ni ushbu faoliyatni amalga oshirish bo`yicha ruxsat 
beriladi. 
Tabiiy  obyektlar  to`g`risida  ma'lumot  yig`ish  maqsadida  davlat  organlari 
ularning  davlat  hisobini  amalga  oshiradilar.  Ushbu  vakolat  orqali  tabiiy 
obyektlarning  son  va  sifat  ko`rsatkichlari,  ya'ni  ularning  miqdori,  tarqalganligi, 
joylashgan  joyi  va  boshqa  tavsiflari  aniqlanadi.  Tabiiy  obyektlarni  davlat  hisobi 
tabiiy  obyektlarning  monitoringi  (ularni  kuzatish),  inventarizatsiya  yoki 
foydalanishni ro`yxatga olish yo`li bilan amalga oshiriladi.  
Tabiiy  resurslar  davlat  kadastrlarini  yuritishdan  maqsad  tabiiy  obyektlar 
haqida  to`g`ri  va  to`liq  ma'lumotlar  olish,  ularning  holatini  aniqlashdan  iborat. 
Tabiiy  obyektlarning  miqdori  va  sifati,  ularning  huquqiy,  tabiiy,  xo`jalik  holati, 
foydalanish  darajasi  to`g`risidagi  ma'lumotlar  tizimi  tabiiy  obyektlar  kadastrlari 
deb nomlanadi. Tabiiy obyektlar kadastrlari har bir tabiiy obyekt yuzasidan alohida 
yuritiladi  va  ularni  yuritish  tartibi  qonun  hujjatlarida  belgilanadi.  Masalan, davlat 
yer  kadastrini  yuritish  bo`yicha  O`zbekiston  Respublikasi  Yer  kodeksining  15-
moddasi, 

Davlat  yer  kadastri  to`g`risida

gi  Qonuni,  Vazirlar  Mahkamasining 


1998  yil  31  dekabrdagi  543-sonli  qarori  bilan  tasdiqlangan  Davlat  yer  kadastri 
yuritish  tartibi  to`g`risdagi  Nizomi  va  Yer  resurslari  bo`yicha  Davlat  qo`mitasi 
hamda  Vazirlar  Mahkamasi  qoshidagi  Geodeziya,  kartografiya  va  davlat  kadastri 
Bosh  boshqarmasi  1999  y.  30  martda  tasdiqlagan  va  Adliya  vazirligi  tomonidan 
1999 y. 27 mayda 736-raqam bilan ro`yxatga olingan 

Yer uchastkalarga bo`lgan 
huquqlarni davlat ro`yxatiga olish tartibi to`g`risida

gi yo`riqnoma qo`llaniladi.  
Tabiiy obyektning kadastri shu tabiiy resursni idora  etuvchi maxsus davlat 
organlari tomonidan yuritiladi va davlat budjeti mablag`laridan moliyalashtiriladi.  
Davlat  kadastrini  yuritishda  tabiiy  resurslardan  foydalanuvchilardan 
olinadigan  ma'lumotlarga  asoslanadi,  masalan,  yer  egalari  va  yerdan 
foydalanuvchilar yerdan foydalanishdagi o`zgarishlar to`g`risida davlat organlariga 
ma'lumot berishlari lozim. 
Davlat  kadastri  yagona  tamoyillarga  asoslangan  holda  yuritiladi:  jumladan, 
qonuniylik,  ya'ni  ular  qonunda  belgilangan  talablarga  rioya  qilingan  holda  davlat 
boshqaruvi  organlarining  vakolatlarini  va  ularning  faoliyatlarini  belgilaydi; 
kadastrlarni  yuritish  bo`yicha  chora-tadbirlarni  o`tkazishning  uzluksizligi; 
kadastrlarni  yuritish  tartibiga  rioya  etilishining  davlat  nazoratini  amalga  oshirish; 
kadastrga  kiritiladigan  ma'lumotlarning  to`g`riligi  uchun  mas'ul    shaxslarning 
javobgarligi. 
Kadastr  ma'lumotlarining  ishonchliligini  ta'minlash  maqsadida  kadastr 
materiallari  vaqti-vaqti  bilan  yangilanib  turiladi,  masalan,  tabiiy  obyektning  sifat 
va  son  ko`rsatkichlari  o`zgarganda;  yangi  foydalanuvchilarga  tabiiy  resurslar 
ajratib berilganda va boshqa hollarda aniqliklar kiritilib turiladi. 
Tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilish  ishlari 
respublika  xalq  xo`jaligi,  viloyatlar,  tumanlar,  shaharlar  va  boshqa  aholi 
punktlarining rivojlantirish istiqbollarini belgilash chog`ida umumiy vakolatga ega 
bo`lgan  organlar  tomonidan  rejalashtiriladi.  Masalan,  o`zlashtiriladigan  yerlar 
maydoni  va  ularni  qishloq  xo`jaligi,  sanoat  hamda  boshqa  maqsadlarga  ajratish 
mo`ljallanganda.  Bundan  tashqari,  tabiiy  resurslardan  foydalanish  va  ularni 
muhofaza qilishning maxsus rejalari tuziladi. Bular tarkibiga yer tuzish loyihalari, 
shaharlarning  bosh  rejalari,  suv  xo`jaligi  balanslari,  suvdan  foydalanish  va  uni 
muhofaza  qilish  rejalari,  o`rmon  tuzish  loyihalari  va  boshqalar  kiradi.  Tabiiy 
resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilishning maxsus rejalari umumiy va 
maxsus  vakolatga  ega  bo`lgan  organlar  tomonidan  tasdiqlanadi  (Yer  kodeksining 
13-moddasi, 

O`rmon to`g`risida

gi. Qonunining  16-moddasi). 
Tabiiy  resurslarni  taqsimlash va  qayta  taqsimlash bu vakolatli  organlarning 
davlat  mulki  bo`lgan  tabiiy  resurslarni  davlat  nomidan  tasarruf  etib,  ulardan 
foydalanishni  tashkil  etishdan  iborat. Ushbu vakolatni  amalga  oshirish  yo`li  bilan 
davlat  organlari  tabiiy  resurslarni  foydalanishga  ajratib  beradilar  va  qaytarib 
oladilar. Yer uchastkalarini egalikka, foydalanishga va ijaraga berish to`g`risidagi 
qarorlarni  O`zbekiston  Respublikasi  Yer  kodeksining  4-7,  23-moddalariga 
muvofiq,  Vazirlar  Mahkamasi,  mahalliy  hokimiyat  organlari    qabul  qiladilar. 
Suvlardan  maxsus  foydalanish  bo`yicha  ruxsatnomalar  Tabiatni  muhofaza  qilish 
davlat qo`mitasi organlari tomonidan beriladi (O`zbekiston Respublikasining 

Suv 
va  suvdan  foydalanish  to`g`risida

gi  Qonunning  27-moddasi).  O`rmonlardan 


foydalanish huquqi esa o`rmon xo`jaligi davlat organlari yoki ular vakolat bergan 
o`rmon  xo`jaligi  korxona,  muassasa  va  tashkilotlari  tomonidan  beriladigan 
ruxsatnomalar  asosida  vujudga  keladi  (O`zbekiston  Respublikasining 

O`rmon 
to`g`risida

gi  Qonunning  20-moddasi).  Tabiiy  resurslarni  foydalanishga  ajratib 
berish  huquqiga  ega  bo`lgan  organlar  boshqa  davlat  va  jamoat  ehtiyojlari  uchun, 
ekologik talablarni buzganlik uchun hamda qonun hujjatlarida belgilangan boshqa 
asoslarga ko`ra shunday foydalanishni bekor qilishlari mumkin. 
Davlat  organlarining  tabiiy  resurslarni  hududiy  joylashtirish  vakolati  tabiiy 
resurslardan  foydalanishga  berish  to`g`risidagi  qarorlarni  amalga  oshirishga 
qaratilgan.  Tabiiy  resurslarni  hududiy  joylashtirish  yer  tuzish,  o`rmon  tuzish, 
qishloq xo`jaligining tabiiy moslashuvi jihatidan yerlarni rayonlashtirish yo`li bilan 
amalga  oshiriladi.  Masalan,  yer  tuzish  ishlari  orqali  foydalanish  huquqini  olgan 
yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  yer  uchastkalari  joyida  (naturada)  ajratilib, 
chegaralari  belgilanib  beriladi.  Tabiiy  resurslarni  hududiy  joylashtirishga  maxsus 
vakolatli  organlar  bo`lmish  Yer  resurslari  davlat  qo`mitasi,  Sanoatda  va 
konchilikda  ishlarni  bexatar  olib  borilishini  nazorat  qilish  agentligi,  o`rmon       
xo`jaligi  organlarining  vazifasiga  kiradi.  Ammo  suv  va  hayvonot  dunyosiga 
nisbatan mazkur vakolat amalga oshirilmaydi. 
Ekologik  nazorat  vakolati  tabiiy  resurslardan  oqilona  foydalanish  va  ularni 
muhofaza  etilishi  ustidan  kuzatuv  va  tekshiruvlar  orqali  amalga  oshiriladi. 
Ekologik nazoratni umumiy va maxsus vakolatga ega bo`lgan davlat organlari olib 
boradilar.  Bugungi  kunda  ekologik  nazorat  to`g`risida  me'yoriy  hujjat  bo`lmasa 
ham,  uni  amalga  oshiradigan  organlarning  vakolatlari 

Tabiatni  muhofaza  qilish 
to`g`risida

gi    Qonunda,  Yer  kodeksida,  tabiiy  resurslar  to`g`risidagi  boshqa 
qonunlarda  hamda  Tabiatni      muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi,  Yer  resurslari 
davlat  qo`mitasi,  Sog`liqni  saqlash  vazirligi,  Sanoatda  va  konchilikda  ishlarning 
bexatar  olib  borilishini  nazorat  qilish  agentli,  Qishloq  va  suv  xo`jaligi  vazirligi 
to`g`risidagi  nizomlarda  o`z  aksini  topgan.  Bundan  tashqari,  ekologik  nazoratni 
amalga  oshirish  chog`ida  O`zbekiston  Respublikasining 

Xo`jalik  yurituvchi 
subyektlar  faoliyatini  davlat  tomonidan  nazorat  qilish  to`g`risida

gi  1998  y.  24 
dekabr  Qonunning  talablariga,  shu  jumladan  ushbu  Qonunning  10-moddasi 
birinchi qismida ko`zda tutilgan tekshirishlar davriyligiga rioya etilishi lozimdir. 
Tabiiy  resurslardan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  etish  chog`ida 
foydalanuvchilar,  davlat  organlari  va  boshqa  shaxslar  o`rtasida  kelib  chiqadigan 
nizolarni  hal qilishda  davlat  organlari  qatnashadilar. Tabiiy  resurslarning  huquqiy 
holatini  belgilovchi  qonunlarda  ushbu  nizolarning  hal  qilinishi  masalasi  turlicha 
yoritilgan.  Masalan,  Yer  to`g`risidagi  kodeksning  89-moddasida  yer  to`g`risidagi 
nizolar  faqat  sud  organlari  tomonidan  hal  etilishi  belgilangan, 

Suv  va  suvdan 
foydalanish to`g`risida

gi Qonunning 85-moddasida esa O`zbekiston Respublikasi 
Vazirlar  Mahkamasi,  mahalliy  davlat  hokimiyat  organlari,  shuningdek  suvlarni 
idora  etuvchi  maxsus  vakolatga  ega  bo`lgan  organlar  suvdan  foydalanishga  doir 
nizolarni hal qiluvchi organlar sifatida belgilangan.  
Yuqorida qayd etilgan vakolatlardan tashqari, alohida tabiiy resurslardan 
foydalanish va ularning muhofazasi  bo`yicha davlat boshqaruvi organlari maxsus 
vakolatlarni amalga oshiradilar. Masalan, qonun xujjatlarda suvlar zararli 


ta'sirining (suv toshqini, zax bosishi va hokazolarning) oldini olish, o`rmonlarni 
qayta ko`paytirish, yerlarning melioratsiyasini tashkil etish va hokazolar ko`zda 
tutilgan. 
 
 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish