Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


V BOB. EKOLOGIYA  SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

V BOB. EKOLOGIYA  SOHASIDA DAVLAT BOSHQARUVI 
 
1§. Ekologiya  sohasida davlat boshqaruvi tushunchasi, xususiyatlari va 
tizimi. 
  
Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi  davlat  organlari  tomonidan  atrof-
muhitni  muhofaza  qilish  va  tabiatda  foydalanishni  tashkil  qilishda  namoyon 
bo`ladi va jamiyatda ijtimoiy boshqaruvning tarkibiy qismi bo`ladi.  
Ekologiya sohasida davlat boshqaruvini shakllantirish orqali davlat o`zining 
ekologik  vakolatini  va  ekologik  siyosatini  amalga  oshiradi.  Ushbu  boshqarishni 
tashkil  etish  asosida  inson  atrof-muhitni  yaxshilash,  tabiatni  muhofaza  qilish  va 
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta'minlash maqsadlari turadi. 


Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi  orqali  davlat  tabiiy  resurslarning 
mulkdori  sifatida  tabiiy  resurslardan  foydalanishni  tashkil  etish  maqsadida  ularni 
tassarruf etish huquqini amalga oshirishadi.  
Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi  deb  vakolatli  davlat  organlarining 
tabiiy resurslardan foydalanish va atrof tabiiy muhitni muhofaza etish bo`yicha ijro 
etish va farmoyish berish faoliyati tushuniladi. 
Davlat  boshqaruv  organlarining  ijroiya  faoliyati  ushbu  organlarning  ijroiya 
hokimiyatiga  taalluqliligidan  kelib  chiqib,  qonun  va  vakillik  organlarining 
qarorlarini amalga oshirishga qaratilgan.  
Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi  organlarining  farmoyish  berishi 
ularning ijtimoiy munosabatlarini tartibga solishda vakolat doirasidagi yuridik va 
jismoniy shaxslarga majburiy ko`rsatmalar berish huquqidan kelib chiqadi. Ushbu 
majburiy  ko`rsatmalar  ko`p  marotaba  qo`llanadigan,  ya'ni  ular  tomonidan  qabul 
qilingan  me'yoriy  hujjatlarda  belgilanadi,  yoki  bir  marotaba  qo`llanadigan,  ya'ni 
ma'lum  bir  yoki  bir  necha  subyektga  taalluqli,  masalan,  huquqbuzarlikni 
to`xtatish bo`yicha ko`rsatmalardan iborat  bo`ladi. 
Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi  organlarining  ijroiya  etish  va 
farmoyish  berish  faoliyati  atrof  tabiiy  resurslar  to`g`risidagi  qonun  hujjatlarining 
bajarilishini ta'minlashga qaratilgan.  
Ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi quyidagi tamoyillarga asoslangan: 
boshqarishning 
qonuniylikka 
asoslanishi, 
ya'ni 
davlat 
boshqaruv 
organlarining  ekologik  munosabatlarni  tartibga  solishda  faqat  qonun  hujjatlarida 
belgilangan vakolat doirasida hamda huquqlari asosida faoliyat yuritishi; 
tarmoq  va  hududiy  boshqarishni  muvofiqlashtirishga,  ya'ni  ekologik 
munosabatlarni  tartibga  solishda  davlat  organlarining  faoliyati  ham  hududning 
rivojlanishini, ham har bir tabiiy resurslardan foydalanishning oqilonaligi va ularni 
muhofaza etishning ta'minlanishiga qaratiladi. Bundan tashqari, ekologiya sohasida 
davlat  boshqaruvi  organlari  ham  hududiy  ham  tarmoq  bo`ysunishda 
shakllantiriladi,  masalan,  ushbu  organlarning  hududiy  bo`linmalari  respublika 
tarmoq  organlari  (Tabiatni  muhofaza  qilish  davlat  qo`mitasi,  Qishloq  va  suv 
xo`jaligi  vazirligi,  Yer  resurslari  bo`yicha  davlat  qo`mitasi)ga  hamda  mahalliy 
davlat hokimiyati organlariga bo`ysunadilar; 
ekologiya  masalalarini  hal  qilishda  har  tomonlama  yondoshishga,  ya'ni 
tabiiy resurslardan foydalanishni tashkil etishda ushbu foydalanishning oqilonaligi 
va atrof tabiiy muhitni muhofaza etishda respublika xalq xo`jaligi va aholini tabiiy 
resurslarga bo`lgan ehtiyojlarini qondirishni ta'minlash; 
ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvini  tashkil  etishda  tabiiy  resurslardan 
foydalanish  va  nazorat  qilishni  ajratish,  ya'ni  ekologiya  sohasida  tabiiy 
resurslardan bevosita foydalanuvchilar nazorat qilish vakolatiga ega bo`lmasligida, 
ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi    organlarini  shakllantirish  hamda  ularni 
faoliyatlarini  tashkil  qilishda  foydalanish  va  nazorat  qilish  vakolatlarini  tartibga 
solishda ifodalanadi. Masalan, Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi huzurida O`rmon 
xo`jaligi  bosh  boshqarmasi  o`rmondan  foydalanishni  tashkil  qiluvchi  davlat 
organidir  va  uning  korxona,  tashkilotlari,  o`rmon  xo`jaliklari  o`rmondan  asosiy 


foydalanuvchilar  bo`lib  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ushbu  organ  o`rmondan 
foydalanish ustidan davlat nazoratini olib borish vakolatiga ega emas.  
Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruvi  ma'lum  bir  shakllarda  va  uslublarda 
amalga oshiriladi. Ushbu boshqaruvning shakllari bo`lib, huquq ijod qilish, ijroiya 
va  huquqni  muhofaza  qilish  faoliyati  hisoblanadi.  Ijroiya  organlari  huquq  ijod 
qilish  yo`li  bilan  qabul  qilgan  me'yoriy  hujjatlarida  qonunlarda  belgilangan 
qoidalarni  yanada  rivojlantirib,  ijtimoiy  munosabatlarni  batafsil  tartibga  soluvchi 
me'yorlarni  belgilaydilar.  Masalan,  Yer  to`g`risidagi  kodeksning  va 

Davlat  yer 
kadastri  to`g`risida

gi  Qonunning  qoidalari  O`zbekiston  Respublikasi  Vazirlar 
Mahkamasining 1998 y. 31 dekabrdagi 543-sonli qarori bilan tasdiqlangan 

Davlat 
yer  kadastrini  yuritish  to`g`risida

gi  Nizom  va  O`zbekiston  Respublikasi  Yer 
resurslari  davlat  qo`mitasi  va  Vazirlar  Mahkamasi  huzuridagi  Geodeziya, 
kartografiya  va davlat kadastri bosh  boshqarmasi  tomonidan  tasdiqlangan, Adliya 
vazirligi  tomonidan  1999  y.  27  mayda  736-son  bilan  davlat  ro`yxatiga  olingan 

Yer uchastkalariga bo`lgan huquqlarni davlat ro`yxatiga olish tartibi to`g`risida

gi 
Yo`riqnoma bilan tartibga solinadi. 
Davlat  boshqaruv  organlarining  ijroiya  faoliyati  qonun  hujjatlarini  amalga 
oshirish  bo`yicha  amaliy  faoliyati  hisoblanadi.  Masalan,  yer  uchastkalarini  joyida 
ajratib  berish,  yer  uchastkasiga  bo`lgan  huquqni  davlat  ro`yxatiga  olish,  tabiiy 
resurslardan foydalanish va muhofaza qilish qoidalariga rioya etishni nazorat qilish 
va hakazo.  
Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruv  organlari  huquqni  muhofaza  qilish 
faoliyati orqali tabiiy resurslardan foydalanish va ularni muhofaza qilish qoidalari 
buzilgan  taqdirda  aybdor  shaxslarni  jinoiy,  ma'muriy  va  imtizomiy  javobgarlikka 
tortish masalisi huquqni muhofaza qilish organlari yoki u ishlaydigan tashkilotning 
ma'muriyati  oldiga  qo`yiladi,  agar  ekologik  nazorat  organlari  ma'muriy 
javobgarlikka    tortish  huquqiga  ega  bo`lsalar,  ushbu    masalani  hal  qiladilar,  sud 
organlarida  atrof  tabiiy  muhitga  yetkazilgan  zararni  undirish  bo`yicha  davo 
arizalarini  qo`zg`atadilar,  tabiiy  resurslardan  foydalanuvchilarning  buzilgan 
huquqlarini tiklashga qaratilgan chora tadbirlarni amalga oshiradilar.  
Ekologik  munosabatlarni  tartibga  solishda  davlat  boshqaruv  organlari 
boshqarish  uslublarini,  ya'ni  ijtimoiy  munosabatlar  subyektlariga  davlat  ta'sir 
ko`rsatish  usullarini  qo`llaydilar.  Ular  tarkibiga  ruxsat  berish,  man  qilish,  rozilik 
berish, majburiy ko`rsatmalar berish kiradi.  
Davlat  boshqaruvining  ruxsat  berish  uslubi  asosan  tabiiy  resurslardan 
foydalanishni  tashkil  etishda  qo`llaniladi. Tabiiy  resurslardan  maxsus  foydalanish 
faqat vakolatli davlat organlarining ruxsati asosida vujudga keladi.  
Rozilik 
berish 
(sankiyalash) 
uslubi 
deb 
davlat 
organlarining 
foydalanuvchilar  tomonidan  tayyorlagan  me'yorlarni  hamda  foydalanishga  oid 
boshqa  qoida  va  tartiblarni  tasdiqlashi  va  rozilik  berishi  tushuniladi.  Masalan, 
atmosferaga  ifloslantiruvchi  moddalarni  tashlash  bo`yicha  yo`l  qo`yiladigan 
doiradagi 
normativlari 
tabiatni 
muhofaza 
qilish 
organlari 
tomonidan 
tasdiqlangandan  so`ng,  mazkur  zararli  moddalarni  atmosferaga  chiqarib  tashlash 
mumkin  (

Atmosfera  havosini  muhofaza  qilish  to`g`risida

gi  qonunning  8-
moddasi), yoki qishloq xo`jalik korxonalari tuman hokimi tomonidan tasdiqlangan 


ichki  yer  tuzilish  sxemalariga  muvofiq  yerdan  foydalanishni  amalga  oshiradilar 
(Yer kodeksining 13-moddasi). 
Ekologiya  sohasida  boshqaruvni  taqiqlash  uslubi  atrof  muhitni  muhofaza 
qilishni tashkil etishda keng qo`llaniladi va tabiiy resursdan foydalanish yoki tabiiy 
hududlarda  ma'lum  bir  faoliyatni  amalga  oshirishni  taqiqlash  orqali  man  etishda 
ifodalanadi.  Masalan,  suvdan  umumiy  foydalanishning  turi  bo`lgan  cho`milish 
aholini  xavfsizligini  ta'minlash  maqsadida  ma'lum  suv  obyektlarida  man  etilishi 
mumkin  yoki  suv  muhofaza  zonalarida  daraxt  va  butazorlarni  kesish,  yoqilg`i  va 
moy quyish shaxobchalarini joylashtirish va ishlatish, zaxarli ximikatlarni ko`llash, 
chorvachilik fermalarini joylashtirish va boshqalar taqiqlanadi. 
Ekologiya  sohasida  davlat  boshqaruv  organlarining  vakolat  doirasida  qabul 
qilgan  qarorlari  ekologik  munosabatlar  subyektlariga  nisbatan  majburiy 
hisoblanadi.  Ammo  majburiy  ko`rsatmalar  berish  uslubi  ushbu  davlat 
organlarining  faoliyatida  asosan  ekologik  nazoratni  amalga  oshirish  jarayonida 
qo`llaniladi.  Masalan,  ekologik  nazoratni  amalga  oshiruvchi  organlar  ekologik 
huquqbuzarlik  sodir  etgan  shaxslarga  ushbu  huquqbuzarlik  oqibatlarini,  ularni 
sodir  etish  sabablarini  va  shart-sharoitlarini  bartaraf  etish  bo`yicha  majburiy 
ko`rsatmalar berishga haqlidirlar. 
Ekologiya  sohasida davlat boshqaruv organlari qonun hujjatlariga  muvofiq, 
ma'lum  vakolatlarni  amalga  oshiradilar.  Ushbu  vakolatlar  quyidagilardan  iborat: 
tabiiy  resurslarni  muhofaza  qilish  va  ulardan  oqilona  foydalanish  bo`yicha 
me'yoriy  hujjatlarni  qabul  qilish;  atrof  tabiiy  muhitni  muhofazasini  ta'minlovchi 
me'yorlarni  belgilash,  ekologik  standartlash;  ekologik  sertifikatsiyalash;  tabiiy 
resurslarning  davlat  hisobini  va  davlat  kadastrlarini  yuritish;  tabiiy  resurslardan 
oqilona  foydalanish  va  ularni  muhofaza  qilishni  rejalashtirish;  tabiiy  resurslarni 
taqsimlash  va  qayta  taqsimlash;  tabiiy  resurlarni  hududiy    joylashtirish;  ekologik 
nazoratni  amalga  oshirish;  nizolarni  hal  qilish.  Bundan  tashqari  alohida  tabiiy 
resurslardan  foydalanish  va  ularni  muhofaza  etish  bo`yicha  davlat  boshqaruv 
organlarining  maxsus  vakolatlari,  (masalan,  suvlar  zararli  ta'sirining  oldini  olish, 
o`rmonlarni  qayta  ko`paytirish,  yerlarning  melioratsiyasini  tashkil  etish  va  
hokazolar) mavjud. 
  

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish