Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi


 §. Ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari



Download 1,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/144
Sana17.01.2022
Hajmi1,73 Mb.
#382234
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   144
Bog'liq
Toshkent davlat yuridik instituti ekologiya huquqi

 
2 §. Ekologiya huquqining konstitutsiyaviy asoslari. 
 
 
Ekologiya 
huquqining 
asosiy 
 
manbasi 
 
bo`lib 
O`zbekiston  
Respublikasining  Konstitutsiyasihisoblanadi.  
  Konstitutsiyamizda    shaxs,    jamiyat  va  davlatning    ijtmoiy,  iqtisodiy, 
siyosiy-huquqiy, madaniy-ma'rifiy sohalaridagi   asoslari mustahkamlangan bo`lib,  
atrof  tabiiy  muhitni    muhofaza    qilish,  tabiiy  resurslardan    oqilona    foydalanish 
bo`yicha    davlat-huquqiy    mexanizmining  shakllantirishda    muhim    ahamiyatga  
ega hisoblanadi. 
 
Shuning uchun  ham Konstitutsiyada  belgilangan qoidalar orqali   jismoniy 
va yuridik  shaxslar  ekologik huquq, burchlari va erkinliklarini  ifoda etadilar. 


 
Shuni  alohida  ta'kidlash    joizki  O`zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasida  
tabiat-jamiyat tizimidagi o`zaro munosabatlarni  tartibga  soluvchi maxsus  qoida-
talablar    ham  belgilangan  bo`lib,  ekologiya  huquqi    manbalarining    poydevorini  
tashkil etadi. 
 
Asosiy  qonunimizning  50,  54,  55  va  100-moddalarida    tabiatni  muhofaza  
qilish,    tabiiy  boyliklarimizdanoqilona  foydalanish  bilan    bog`liq  ekologik  
huquqiy qoida-talablar mustahkamlangandir.
1
 
 
Konstitutsiyamizning    50-moddasida  «Fuqarolar    atrof  tabiiy    muhitga  
ehtiyotkorona  munosabatda    bo`lishga  majburdirlar» 

  deb,  belgilanib  
fuqarolarning  ekologik majburiyatlarini konstitutsiya darajasida  mustahkamlaydi. 
 
«Jamiyatning  iqtisodiy    negizlari» 

  deb,  nomlangan    XII-bobda, 
respublikamiz hayotining  iqtisodiy  asoslari  ya'ni mulkchilik masalalari,  xo`jalik 
yuritish va tadbirkorlik  faoliyatining  kafolatlari  belgilanib, hozirgi  paytda  bozor 
munosabatlarini      rivojlantirish    amalga  oshirilayotgan    islohotlarni 
chuqurlashtirishda  ahamiyati beqiyosdir. 
 
Ushbu bobning 54-moddasida  quyidagicha belgilangan:  «Mulkdor mulkiga  
o`z hohishicha  egalik  qiladi, undan  foydalanadi va uni  tasarruf etadi.  Mulkdan 
foydalanish  ekologik  muhitga zarar  yetkazmasligi,  fuqarolar, yuridik shaxslar va  
davlatning  huquqlarini  hamda    qonun  bilan  qo`riqlanadigan  manfaatlarini  
buzmasligi shart». 
 
Ushbu  moddada  birinchidan,  mulk  huquqining    mazmuni    e'tirof    etilsa, 
ikkinchidan,  mulkdan    foydalanish  huquqiga    ega  bo`lgan    jismoniy    va  yuridik 
shaxslarning  xo`jalik  va  ishlab  chiqarish    jarayonida  ekologik  muhitga    ziyon  
yetkazmasligi ya'ni  ularning  ekologik  majburiyatlari  mustahkamlanadi. 
 
Konstitutsiyaning  55-moddasida  «Yer, yer osti boyliklari, suv, o`simlik va 
hayvonot dunyosi hamda boshqa  tabiiy zahiralar  umummilliy  boylikdir, ulardan 
oqilona  foydalanish  zarur    deb,  ifodalangan    bo`lib,  davlat  ekologik  siyosatining 
asosiy  tamoyillarini  o`z ichiga oladi. 
 
Ushbu  konstitutsiyaviy    qoidaning    ahamiyati    shundaki,  birinchidan, 
mustaqilligimizni  moddiy  asosini    tashkil  etuvchi    tabiiy  boyliklarining  
xalqimizning  boyligi,    mulki  ekanligi,  ikkinchidan,    tabiiy  resurslardan  faqat 
oqilona      foydalanish  zarurligi,  uchinchidan,  respublikamiz  tabiati    davlat  
muhofazasiga    olinganligi,  ya'ni      ekologik-huquqiy  munosabatlarni    davlat 
tomonidan kafolatlanishi  kabi muhim  tamoyillarni mustahkamlaydi. 
 
Asosiy  qonunimizning  XX1-bobi,  bag`ishlangan  bo`lib,  mahalliy  davlat 
hokimiyati    organlarining    huquqiy  holati    belgilangan.  Ushbu  bobning    100-
moddasida    mahalliy    davlat    hokimiyat  organlari  vakolatlarining    asosiy  
yo`nalishi sifatida  - atrof muhitni  muhofaza qilish kabi ma'suliyati  e'tirof etilgan. 
 
Konstitutsiyadagi    qoida    talablar    ekologik  huquqiy    munosabatlar 
tizimidagi   asosiy tamoyillarni  mustahkamlaydi. 
 
Ushbu konstitutsiyaviy  tamoyillar  asosida atrof  tabiiy muhitni  muhofaza 
qilish    tabiiy      resurslardan  oqilona    foydalanish  va    aholining    ekologik  
                                                 
1
 O`zbekiston Respublikasining  Konstitutsiyasi, T., «O`zbekiston», 1998 y. 


xavfsizligini    ta'minlashga    qaratilgan  qonun,  farmon,  qaror,  nizomlar    kabi 
me'yoriy

huquqiy  hujjatlar  qabul qilinadi. 
 

Download 1,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish