Tarmoq kartasi.
Ma’lumotlarni kompyuter tarmog‘ida bitta kompyuterdan boshqasiga
uzatish paytida kompyuter va aloqa kanali ishini muvofiqlashtiruvchi plata shaklida yaratilgan
moslamadir. Tarmoq kartasi kompyuter shinasidan parallel ravishda keluvchi va axborot
so‘zlarining ikkilik xonalariga mos signallarni aloqa liniyasi orqali ketma-ket uzatiluvchi yuqori
chastotali impulslarga o‘girib beradi. Kompyuterlar lokal tarmoqqa hamda modem orqali
global tarmoqqa ana shu karta orqali ulanadi. Odatda tarmoq kartasi kompyuterning tizimli
platasiga o‘rnatilgan yoki unga integrallashgan holda bo‘lishi mumkin.
Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan tarmoq adapterlarini to‘rtinchi avlod tarmoq
kartalaridir. Bu adapterlar yuqori darajadagi amallarning katta to‘plamini bajaradi, masalan,
kompyuterni masofadan boshqarish, kadrlar ustunligini belgilash va boshqalar. Adapterlarning
server uchun mo‘ljallangan turlari-da katta quvvatli protsessorning mavjudligi majburiydir, u
markaziy protsessor ishini yengillashtiradi. To‘rtinchi avlod tarmoq kartalarga misol qilib 3
Com Fast EtherLink XL 10/100 adapterini keltirish mumkin.
Modem.
Modem kompyuterlar o‗zaro telefon tarmog‗i orqali axborot almashishini
ta‘minlovchi qurilmadir. Modem ―modulyator‖ va ―demodulyator‖ so‗zlarining qisqartmasidan
olingan bo‗lib, kompyuterdan olingan raqamli signallarni telefon tarmog‗idan o‗tuvchi analogli
signallarga aylantirish (modulya-tsiya) va, aksincha, telefon tarmog‗idan kelgan analogli signal-
larni raqamli signallarga o‗tkazib (demodulyatsiya) kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladi.
Qo‘shimcha imkoniyatga ega modemlar ham mavjud:
Faks-modem — kompyuterga ulangan holatida boshqa faks modemga yoki faks-mashinaga
faksimial tasvirlarni uzatishi va qabul qilib olishi mumkin.
Tashkilotda ovozli pochtadan foydalanish uchun ovozli modemlardan foydalaniladi. Ular
telefon tarmog‘idan kelgan signalni raqamlashtirish va ixtiyoriy tovushni telefon tarmog‘ida
qaytadan tiklash amalini bajaradi.
TV-tyuner – (
PAL
,
SECAM
,
NTSC
) formatlaridagi televideniya signallarini qabul qilib,
kompyuterda yoki alohida monitorda tasvirlab beruvchi qurilma. Mazkur qurilmalar radio kirish
va audiovideo chiqish tizimlari mavjud alohida uskuna va ichki quriladigan plata shaklida
bo‘lishi mumkin. TV-tyunerlar kompyuterga
USB
orqali ulanuvchi yoki kompyuter va displeyni
videokabel vositasida bog‘lovchi tashqi tyunerlar hamda
ISA
,
PCI
yoki
PCI-Express
slotlarga
ulanuvchi ichki tyunerlar shaklida ishlab chiqariladi. Undan tashqari, ko‘pgina zamonaviy
tyunerlar
FM
-radiostantsiyalar tovushini qabul qilib oladi va videoni qabul qilib olish uchun
foydalaniladi. Tyunerlardan sun’iy yo‘ldosh, kabel,
ADSL
-televideniya ko‘rsatuvlarini ko‘rish
uchun foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |