Tarbiyaviy mashg`ulotning jihozi:
Mavzuga oid rasmlar,devoriy gazeta,DVD.
Tarbiyaviy mashg`ulot borishi:
Tayanch kompetensiya elementlari:
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi:
televizor, radiyo, telefon orqali berilgan xabarlarni gapirib
bera olish.
O‟z-o‟zini rivojlantirish kompetensiyasi:
kattalarni hurmat qilish, ularning nasihatiga amal qilish,
jamoat joylarga o‘zini tuta bilish.
Milliy va umummadaniy kompetensiyasi:
milliy bayramlarni, milliy qadriyatlarni, o‘zi yashab turgan
tarixiy obidalarni bilish va bir-biridan farqlash.
Tashkiliy qism
-Salom senga, navro`zi olam,
Salom senga, bahor ayyomi.
Senga olqish, senga sharaf-shon,
Yasha gullar, nahor bayrami.
II.Asosiy qism:
1-boshlovchi:-
Assalomu alaykum,qadrli bayram qatnashchilari,hurmatli mehmonlar! Mana,bugun
diyorimizda bayram. Bahor tarovati bilan yashargan yurtimiz go`shalarida o`zgacha shodiyona. Yoshu qari
bu shodiyonalarning birdek ishtirokchisi . Chunki Navro`z –yangi kun ,yasharish ,yangilanish fasli ,Yangi
yil boshi.
Azaldan xalqimiz uchun suyukli bo`lgan ayyomdir .
2-boshlovchi:-Navro`z necha ming yillardan beri
nishonlanib kelinayotgan turkiy xalqlarimizning azaliy
bayramidir .Eng go`zal odatlar , insoniy qadiriyatlar bu
ayyomda o`zini namoyon etadi.Kishilar bir-birbirlariga
shirinso`z bo`ladilar,ginalar unitiladi,bemorlardan eng
avval ko`ngil so`raladi.Ular bayram taomlari bilan
siyladi.Ezgulik,qadr-qimmat,mehr-muruvvat,oqiba
tu
saxovat ana shu qutlug` kunda o`zini butun bo`y bastini
namoyon etadi.
2-boshlovchi:-Bahor
kelishi
bilan
chor-atrofni
qushlarning
yoqumli
ovozi
tutib
ketadi,ularning
sayrashlari
kishiga
xush
kayfiyat
bag`ishlaydi.Bayramimizga uzoq janub o`lkalaridan qaytgan qushlar ham mehmon bo`lib kelishibdi.Ularni
davramizga taklif etamiz.
O`quvchilar (qushlarni chorlaydi):
-Bahor keldi elimizga
Quvonch to`ldi dilimizga
Keling-qushlar,
Uching qushlar.
Bizlar do`stmiz doim sizga.
1-boshlovchi:
Bolajonlar boshlaylik,
Yalla, navo-nazmini,
Savol-javob, topishmoq,
Topag`onlar bazmini.
-Yashar ko`k maysa,Eh, qanday maza!
O`rikda gullar bu qaysi fasl.?
Bolalar:-Topdik,bu go`zal Navro`z-gul fasli.
2-boshlovchi:
Ko`klam kelsa unadi,Oftob chiqsa kuladi.
U bahorning elchisi, Buni hamma biladi.
Bolalar:-Uning nomi boychechak, ko`klamdagi ilk chechak.
2-boshlovchi:
O`zi qizil ,go`zal biram,
Qirda yozar alvon gilam.
Bolalar:Budir lolaqizg`aldoq,ko`zing quvnar ko`rgan choq.
1-boshlovchi:
-Qozonsiz qaynar erta-kech,
Suvida qo`ling kuymaydi hech.
Bolalar:-Bu buloqdir bilamiz,
Ichib mazza qilamiz.
III.Yakuniy qism:
2-boshlovchi:Mana,azizlar‖Navro`z‖ bayramiga bag`ishlangan bugungi ertaligimiz ham nihoyalab
bormoqda.Har kuningiz bayram bo`lsin.Bayram tantanalaringiz dilingizga ko`chsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |