Avtotransport vositalarida


 Shaharlararo yo‘nalishlarda avtobuslarda



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/91
Sana17.01.2022
Hajmi1,88 Mb.
#380763
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91
Bog'liq
avtotransport vositalarida yolovchilar tashishni tashkil etish

1.9.2. Shaharlararo yo‘nalishlarda avtobuslarda
tashishni tashkil etish
O‘zbekiston Respublikasining «Avtomobil transporti to‘g‘-
risida»gi Qonunining 7-moddasiga binoan shaharlararo tashish-
lar jumlasiga shahar yoki shahar posyolkasi chegaralari
doirasidan ellik kilometrdan oshiq masofada amalga oshirila-
digan tashishlar, shuningdek yo‘nalish masofasidan qat’i nazar
O‘zbekiston Respublikasining ikki yoki undan ortiq viloyati
hududida amalga oshiriladigan tashishlar kiradi.
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlari viloyatlararo va viloyat
ichidagi yo‘nalishlarga ajratiladi.
Viloyat ichidagi shaharlararo yo‘nalishlarda avtobuslar
harakati (yangi yo‘nalishlarni ochish) — viloyatlar hokimlik-
lari yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi
hamda viloyatlar va Toshkent shahar hokimligi departamenti
tomonidan, viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda O‘zbekiston
avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan tasdiqlangan
jadvallar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Viloyatlararo avtobuslarda tashishda yo‘nalish masofasi
300—400 km va undan ortiq bo‘ladi.
Avtobuslarning harakat intervali yo‘lovchi oqimi qiymatiga
bog‘liq. Ko‘pchilik holatlarda kuniga bir yoki ikki marta avto-
buslar oxirgi bekatdan jo‘natiladi.


86
Ushbu yo‘nalishlardagi tashishlar hajmi mavsum bilan
bog‘liq bo‘lib, yoz oylarida o‘sadi.
Viloyat ichidagi avtobuslarda tashishda yo‘nalish masofasi
100 km gacha va undan ortiq bo‘ladi. Harakat intervali esa
yo‘lovchi oqimining taqsimlanish xarakteriga qarab 30 daqiqa-
dan 3—5 soatgacha bo‘ladi.
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida yumshoq o‘rindiqli, yo‘lov-
chilarga yaxshi qulayliklar yaratilgan avtobuslardan foydalaniladi.
Shaharlararo avtobuslarda tashish hajmi viloyatlardagi
(avtonom respublika) avtobus, temiryo‘l, havo va suv trans-
portining o‘tgan 5—10 yil ichidagi haqiqiy rivojlanishini tahlil
qilish natijasida aniqlanadi. Bunda yo‘l tarmog‘ining rivojlanishi
va obodonlashtirilishi (viloyat, respublika, avtonom respublika),
aholisi sonining o‘sishi va mavsumiy notekislikni hisobga olib
aholining shaharlararo avtobus aloqasini muntazam ta’minlash
darajasi hisobga olinadi.
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida aholining harakat-
chanligi deb viloyat (respublika, avtonom respublika) aholi-
sining bittasiga to‘g‘ri keluvchi yo‘lovchi-kilometrga aytiladi.
Aholining harakatchanligini aniqlaganda mahalliy sharoitni
hisobga olish zarur.
Shaharlararo yo‘nalishlarda qatnaydigan avtobuslarning
o‘rtacha sig‘imi o‘tiradigan o‘rindiqlarga qarab hisoblanadi va bu
avtobuslarda albatta bagaj uchun bo‘limlar mavjud bo‘lishi kerak.
Haydovchining avtobusni boshqarish vaqti 9 soatdan yoki
yo‘nalish uzunligi 400 km va undan ortiq bo‘lganda avtobusda
yo‘lovchilarni tashishni tashkil etishda avtomobilda haydov-
chining dam olishi uchun joy jihozlanishi va qatnovga ikki
haydovchi yuborilishi kerak.
Qolgan barcha ko‘rsatkichlar mahalliy sharoitga qarab
o‘rnatiladi.
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashish
hajmi va yo‘lovchi aylanishi quyidagi formula orqali aniqlanadi:
Q
=
P
y
/
l
or‘t
, yo‘lovchi;
bunda: 
P
y
 — yo‘lovchi aylanish (yo‘lovchi-kilometr);
l
o‘rt
 — o‘rtacha qatnov masofasi.
Perspektiv yilga yo‘lovchi aylanishi 
P
y
=
b
·
N
, yo‘lovchi-
kilometr.


87
Bunda: 
b
 — aholining harakatchanligi, shahar atrofi
yo‘nalishida bitta yashovchiga to‘g‘ri keluvchi yo‘lovchi-kilometr;
N
 — viloyat, respublika, avtonom respublika aholisining soni.
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar oqimini
o‘rganish sotilgan chiðtalar asosida amalga oshiriladi.
Yo‘lovchilar oqimini o‘rganishda so‘rovnoma, jadval va ko‘z
bilan kuzatish usullaridan foydalaniladi.
Shaharlararo avtobus yo‘nalishlarini tanlashda va ularni
asoslashda quyidagilar hisobga olinadi:
— shaharlar orasida yo‘lning mavjudligi, ularning holati,
yo‘l qoplamasining turi, obodonlashtirilganligi;
— shaharlar orasidagi transport qatnovi tafsilotlari va oraliq
aholi yashash punktlariga borishi;
— kutilayotgan yo‘lovchi oqimi va yo‘lovchilarning o‘rtacha
yurish masofasi;
— yo‘lovchilar oqimining yil mavsumi, oy va hafta kunlari
bo‘yicha o‘zgarishi;
— yo‘lovchilarning oxirgi bekatga qatnov vaqti, qatnov
vaqtining tashish sharoitiga va qulayligiga ta’siri;
— shu yo‘nalishda boshqa turdagi transportlarning mav-
judligi, tashish vaqti va qulayligi;
— avtobus yo‘nalishi bo‘yicha harakat xavfsizligining
ta’minlanishi;
— yo‘nalishlar bo‘yicha tashish rentabelligining ta’minlanishi;
— yo‘nalishlarni tanlashda har xil turdagi transport vosita-
larida tashish sharoiti va tannarxi ham taqqoslanadi.
Temiryo‘l va boshqa transport turlari yetarlicha rivojlan-
magan tumanlarda shaharlararo avtobus yo‘nalishlari masofasi
1000 km va undan ortiq bo‘ladi. Yo‘lovchilarning safarda
bo‘lishi bir kundan oshib ketadi. Shuning uchun ham yo‘na-
lishni tanlash va asoslash uchun transport turlarida yo‘lov-
chilarga yaratilgan sharoit va tashish haqi taqqoslanadi.

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish