hech qanday
mulohaza
yuritmasdan, biror-bir shaxsiy tashabbus ko‘rsatmasdan aniq hamda
tez bajarishni talab qilish kerak edi.
F. Teylor boshqarishni “aniq qonun va qoidalarga tayanadigan haqiqiy
13
Xronometraj-“amalga oshirilgan harakatlarning davomiyligini aniqlash va vaqt sarfini o'lchash orqali o'rganish usuli”.
Manba:
https://dvc.academic.ru
/
dic.nsf/ruwiki/1410099
33
34
ilm, shuningdek, nima qilish kerakligini aniq bilish va uni puxta hamda arzon
usulda bajarish san’ati” deb baholagan.
Shunday qilib, F. Teylor “boshqaruvning mumtoz maktabi”ni yaratishga
asos soldi. U yaratgan boshqaruv maktabi faqat Amerikada emas, balki
Yevropaning boshqa mamlakatlarida ham turli nazariya va oqimlar
ko‘rinishida rivojlanib bordi.
F.
Teyloming zamondoshi va ishining davomchisi amerikalik iqtisodchi
Garrington Emerson mehnatni ilmiy tashkil qilish bo‘yicha yirik
mutaxassislardan bo'lib, u boshqarish va mehnatni tashkil qilishning kompleks,
tizimli yondoshuvini ishlab chiqqan. G.Emerson Teylorga nisbatan faqat tor
texnik va ishlab chiqarish sharoitinigina ко‘rib chiqmasdan boshqaruvni
ratsionallashtirishni ancha keng ko‘rib chiqdi va unumdorlikning 12 prinsipini
ilgari surdi. Uning tamoyillari mashxur “Mehnat unumdorligining tamoyillari”
asarida yoritilgan.
G.
Emerson ilmiy boshqaruv prinsipini mohiyatiga ko‘ra quyidagi ketma-
ketliqda bayon qilgan
14
:
1.
Aniq qo‘yilgan maqsad va g‘oyalar.
2.
Oqilona, sog‘lom fikr.
3.
Jozibali, e’tiborli mahsulot.
4.
Intizom.
5.
Xodimga nisbatan adolatli bo‘lish.
6.
Tezkor, ishonchli, to‘liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
7.
Dispstcherlash.
8.
Meyorlar vajadvallar.
9.
Sharoit bilan ta’minlash.
10.
Muammolami meyorlash.
11.
Standart yo‘riqnomalami tayyorlash.
12.
Unumdorlikni rag‘batlantirish.
Ko'rinib turibdiki, G. Emersonning diqqat-e’tiborida, eng awalo ikki,
ya’ni aniq qo‘yilgan maqsad va g‘oya, shuningdek oqilona fikr turibdi. G.
Emerson ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini o‘rganib, ishchiga
beriladigan ish hajmi normalarini, ishni bajarislming ortiqcha, unumsiz
harakatlarini bartaraf etuvchi eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi.
Bunda masalan, nisbiy ish haqining maxsus tizimi oqilona fikr asosida
qoilanilib, unga ko‘ra berilgan normani bajargan ishchilarga tarif stavkalari va
koeffitsiyentlari oshirilar (8- band), uni bajara olmagan ishchilarga esa
stavkalari 20-30 foiz pasaytirilib, jarima solingan. Shu bilan birga berilgan
vazifani yuqori darajada bajarilishi uchun sharoit ham yaratilgan (9-band).
“Ilmiy menejment” namoyandalari o‘z ilmiy ishlarini asosan korxona,
14 Двенадцать принципов производительности Г. Эмерсона. Манба: htcp://banki-uchebnik.ni/menedzhment/'88-dvenadtsat-
printsipov-proizvoditelnosti-g-emersona
tashkilot
boshqaruvini
takomillashtirishga
bag‘ishlashgan.
Ular
boshqaruvining quyi darajasidagi masalalar bilan, ya’ni faqat ishlab chiqarish
darajasidagi boshqaruv bilan shug‘ullanishgan. Ma’muriy maktabning vujudga
kelishi munosabati bilan mutaxassislar endi umumtashkilot darajasidagi
boshqaruv muammolari bilan shug‘ullana boshladilar.
Teylor va Gilbretlar oddiy ishchidan muvaffaqiyatga erishib, shuhrat
qozonib martabaga ega bo‘lganlardir. Aynan shu tajriba ulaming boshqaruv
to‘g‘risidagi tushunchalariga keskin ta’sir etgan. Ulardan farqli o‘laroq,
mumtoz ma’muriy boshqaruv maktabining asoschilari: “Yirik biznes sohasida
mashhur, boshqaruvning yuqori bo‘g‘inida esa yuksak tajribali amaliyotchi
rahbarlar boiishgan”.
Ulami tashvishlantirgan bosh masala - bu umumtashkilot miqyosida
samaradorlikka erishish bo‘lgan. Shunday maqsad qo‘yilgan bo‘lsa-da, ular
boshqaruvning sotsial jihatlariga unchalik e’tibor berishmagan, ustiga-ustak
ulaming ishlari shaxsiy kuzatuvlar doirasidan chiqmagan. Shu sababli ulaming
yondoshuvlari ilmiy metodologik asosga ega bo‘lmagan.
“Mumtoz”chilar tashkilotga keng qamrovli kelajak nuqtai-nazaridan
yondoshib, undagi umumiy xususiyatlar va qonuniyatlami aniqlashga
urinishgan. Maqsad - boshqarishning unversal usullarini yaratish orqali
muvaffaqiyatga erishish edi. Ular boshqarishning quyidagi ikki jihatiga
e’tibomi qaratishgan:
•
tashkilotning oqilona boshqaruv tizimini ishlab chiqish.
Ular
tashkilotni boiinmalar yoki ishchi guruhlarga bo‘lishni, moliya, ishlab
chiqarish va marketing boshqarishni takomillashti-rishning muhim tomonlari
deb hisoblashgan;
•
tashkilotning oqilona tarkibi va ishlovchilarni oqilona yo'naltirishga
erishish.
Shu maqsadda boshqarishda yakkaboshlik boiishini va ishchi faqat
bitta boshliqdan topshiriq olish va unga bo‘ysunishi lozim degan g‘oyani ilgari
surishgan.
A. Fayol boshqaruv fanining rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shgan
fransuz olimlaridandir. U Fransiyadagi ko‘mir qazib oluvchi yirik kompaniyani
boshqargan. A. Fayol o‘zining boy amaliy tajribasini “Umumiy va sanoat
boshqaruvi” (1916) nomli kitobida umumlashtirgan. Uning ilgari surgan
quyidagi boshqaruv g‘oyalari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan
(2-jadval).
A. Fayol boshqarishni:
•
kelajakni ko‘ruvchi;
•
faoliyatni tashkillashtiruvchi;
•
tashkilotni idora qiluvchi;
•
faoliyat turlarini muvofiqlashtiruvchi;
•
qaror va buyruqlaming bajarilishini nazorat qiluvchi kuchli qurol deb
36
ataydi.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |