Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 0,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/26
Sana16.01.2022
Hajmi0,62 Mb.
#379876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning huquqiy asoslari.

 

Foydalanilgan adabiyotlar 

 

 

 




 



K i r i sh 



 

Mavzuning  dolzarbligi.

  Biz  bugun  tarixiy  bir  davrda  –  xalqimiz  o’z 

oldiga ezgu va ulug maqsadlar qo’yib, tinch osoyishta hayot kechiroyotgan, o’z 

kuchi va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish 

yo’lida ulkan natijalarni qo’lga kiritayotgan bir zamonda yashmoqdamiz

1



O’zbekiston  Respublikasi  Konstitusiyasi  mamlakatimizda  amalga 

oshirilayotgan  islohotlarning  bosh  negizini  asoslab  beruvchi  huquqiy  hujjat 

hisoblanadi. Jumladan, uning 53-moddasi bozor munosabatlarini rivojlantirishga 

qaratilib,  O’zbekiston  iqtisodiyotining  negizini  xilma-xil  shakllardagi  mulk 

tashkil  qilishini,  davlat  iste’molchilarning  huquqi  ustunligini  hisobga  olib, 

iqtisodiy  faoliyat,  tadbirkorlik  va  mehnat  qilish  erkinligini,  barcha  mulk 

shakllarining  teng  huquqliligini  va  huquqiy  jihatdan  bab-baravar  muhofaza 

etilishini kafolatlaydi. 

Kichik  biznes  xususiy  mulk  asosida  tashkil  qilinib  boshqa  mulk 

shakllari  kabi  daxlsiz  va  davlat  muxofazasidadir.  Mulkdor  mulkidan  faqat 

qonunda  nazarda  tutilgan  hollarda  va  tartibdagina  mulkidan  mahrum  etilishi 

mumkin


2

Bozor  munosabatlarini  rivojlantirish  va  uni  mustahkamlash  avvalo,  har 



bir  shaxsning  qonun  hujjatlarda  belgilangan  huquq  va  qonuniy  manfaatlarining 

himoyasini kafolatlashdan iboradir. 

Ushbu 

kafolatlar 



avvalo 

mamalakatimiz 

Konstitusiyasida 

va 


Konstitusiya  asosida  qabul  qilingan  qonun  va  qonun  osti  hujjatlarida  o’z 

ifodasini  topgan.  Bozor  iqtisodiyotining  asosiy  harakatlantiruvchi  kuchi  bu 

tadbirkorlik faoliyati hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyati esa mustahkam huquqiy 

bazaning yaratilishi va uning ijrosi bilan chambarchas bog’liq holda rivojlanadi. 

                                                 

1

 



I.A.Karimov.  Inson  manfaati,  huquq  va  erkinliklarini  ta’minlash,  hayotimizning 

yanada  erkin  va  obod  bo’lishiga  erishish  –  bizning  bosh  maqsadimizdir. 

T.:2013.,O’quv qo’llanma.122 bet. 

2

 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси Т.: Ўзбекистон нашриѐти, 2012 йил, 



11-бет. 


 

Respublikamizda  o’z  faoliyatini  yuritayotgan  har  bir  xo’jalik  yurituvchi 



subyektning  iqtisodiy  faoliyati  qonun  hujjatlar  asosida  kafolatlangan  bo’lib, 

ushbu subyektning yanada erkin harakat qilishini ta’minlaydi.  

Iqtisodiyotimizda  yuz  berayotgan  jiddiy  tarkibiy  va  sifat  o’zgarishlarini 

birgina  misolda,  ya’ni  2000  yilda  mamlakatimiz  yalpi  ichki  mahsulotini 

shakllantirishda sanoat ishlab chiqarishining ulushi bor-yo’g’i 14,2 foizni tashkil 

etgan  bo’lsa,  2011  yilda  bu  ko’rsatkich  24,1  foizga  yetganida  yaqqol  ko’rish 

mumkin.

1

 



Bozor  iqtisodiyoti  subyektlarining  xo’jalik  faoliyatida  «tadbirkorlik» 

va  «biznes»  tushunchalari  o’zaro  yakin  bo’lib,  amaliyotda  ular  bir-birini 

almashtirishlari  mumkin.  «Tadbirkor»  va «biznes»  kabi tushunchalari, ularning 

iqtisodiy  faoliyat  soxalarini  kurilayotganda  ma’nodosh  deb  xisoblanmaydi. 

«Biznes»  tushunchasi  «tadbirkor»dan  ancha  keng  ma’noga  ega,  deb  karaladi. 

G’arb  davlatlarining  bozor  iqtisodiyoti  xakidagi  adabiyotlarida,  biznes  - 

jamiyatning  talab  va  xohishlarini  kondirishga  karatilgan  ishlab  chikarish  tizimi 

deb tushuntiriladi.  

Biznes  bozor  iqtisodiyotining  barcha  ishtirokchilari  orasidagi 

munosabatlarni  kamrab  oladi  va  fakat  ishbilarmonlarning  emas,  balki 

iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham 

xatti  xarakatlarini  o’z  ichiga  oladi.  Bu  xolatda,  biznes  so’zining  sinonimlari 

bo’lib,  ma’lum  ma’noda  tijorat,  savdo-sotik  kabi  tushunchalar  xisoblanadi. 

Umumiy  ko’rinishda  biznes  -  bu  kishining  bozor  munosabatlari  tizimdagi 

ishchanlik faolligidir.  

Bozor  munosabatlari  tizimida  kichik  biznes  kuydagi  aloxida 

xususiyatlari:  

                                                 

1

 

2012  йил  Ватанимиз  тараққиѐтини  янги  босқичга  кўтарадиган  йил  бўлади. 



Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримовнинг 2011 йилнинг асосий 

якунлари 

ва 

2012 


йилда 

Ўзбекистонни 

ижтимоий-иқтисодий 

ривожлантиришнинг 

устувор 

йўналишларига 

бағишланган 

Вазирлар 

Маҳкамасининг мажлисидаги маърузаси.

 http//Uza.uz/uz/politic

 



 

ishlab  chikarish  xajmi,  ishlovchilarning  soni  va  kaysi  sanoat 



tarmog’iga tegishliligi bilan tavsiflanadigan tadbirkorlik shakli sifatida namoyon 

bo’ladi. Kichik biznesga o’zining mustakil mulki va xo’jalik mustakilligiga ega 

bo’lgan  va  o’zining  faoliyati  soxasida  yukori  (dominant)  xisoblanmagan 

firmalar kiradi.  

Xorijiy  mamalakatlarda  -  kichik  biznesning  o’zida  500  kishi  band 

bo’lgan  va  savdo-sotik  xajmi  20  mln.  dollardan  oshmagan  firmalari  mavjud. 

Ammo,  bu  ko’rsatkichlar,  ma’lum  darajada  shartlidir,  maxsus  ko’rsatkichlar 

sifatida,  yana,  qo’shimcha  qiymat  solig’i  va  korxonadagi  asosiy  vositalar 

kiymati qo’llanadi.  

O’zining  «kichik  biznes»  degan  nomiga  qaramasdan,  ushbu  ishlab 

chikarish  va  tijorat  faoliyati  turi  barcha  taraqqiy  topayotgan  davlat  iqtisodida 

muxim ahamiyatga ega. Uning quydagi afzalliklari mavjud:  

-  maxalliy  resurslarda  ishlab  turgan  yoki  maxalliy  bozorni  ta’minlab 

turuvchi  kichik  korxonalar  hech  bo’lmaganda  transport  xarajatlarining  iqtisod 

qilinishi  evaziga  kam  xarajatlidirlar.  Ularning  iqtisodiy  ustunligi  maxalliy 

sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chikarishni uncha ko’p bo’lmagan 

kapital va mexnat xarajatlari bilan amalga oshirishidadir;  

-  kichik  korxonalardagi  mexnat,  odatda,  moddiy  tavsifga  ega,  va  u 

amaliyotda kanselyariya mexnatiga nisbatan foydalidir;  

-  ishlovchilarning  kamsonligi,  ularning  xar  biri  kobiliyatining 

yengilrok yuzaga chikishiga yordam beradi;  

-  moslashuvchanlik,  ya’ni  ishlab  chikilayotgan  maxsulot  assortimenti 

va  turini  o’zgartirishi  kichik  korxonalarda  unchalik  katta  qiyinchiliklar 

tug’dirmaydi.  Shuning  uchun  bozor  iqtisodiga  asoslangan  davlatlarda  kichik 

biznes o’z mavkeini tinimsiz kuchaytirib va mustahkamlab bormoqda.  

Bozor  munosabatlari  sharoitida  majburiyat  munosabatlari  fuqarolar 

bilan  fuqarolar  o’rtasida  yuridik  shaxs  bilan  jismoniy  shaxslar  o’rtasida 

fuqarolik  huquqiy  munosabatlar  yoki  iqtisodiy  faoliyat  natijasida  taraflar 

o’rtasida tuzilgan bitimlar va  shartnomalar asosida vujudga kelishi mumkin. 



 

Tadbirkorlik  munosabatlari  O’zbekiston  Respublikasi  Fuqarolik 



kodeksi, 2012  yil 2 mayda  qabul  qilingan  ―Tadbirkorlik  faoliyati  erkinligining 

kafolatlari to’grisidagi‖ va boshqa qonun hujjatlar asosida tartibga solinadi. 

FKning  24-moddasida  fuqaroning  tadbirkorlik  faoliyati  keltirilgan 

bo’lib,  unda  tadbirkorlik  yuridik  shaxs  tashkil  etmasdan  yoki  uni  tashkil  etish 

tartib  qoidalari  belgilab  qo’yilgan.  Tadbirkorlik  ham  –  fuqarolik  huquqiy 

munosabat  bo’lib,  unga  asosan  bir  shaxs  (qarzdor)  boshqa  shaxs  (kreditor) 

foydasiga  muayan  harakatlarni  amalga  oshirishga,  jumladan,  mol-mulkni 

topshirish,  ish  barjarish,  xizmatlar  ko’rsatish,  pul  to’lash  va  boshqalar  yoki 

muayan harakatdan qo’zini saqlashga majbur bo’ladi, kreditor esa – qarzdordan 

o’zining majburiyatlarini bajarishni talab qilish huquqiga ega bo’ladi. 

Yuqoridagi  qonunning  3-  moddasida  tadbirkorga  qonuniy  ta’rif  berilgan 

bo’lib  unda  tadbirkorlik  faoliyati  (tadbirkorlik)  -  tadbirkorlik  faoliyati 

subyektlari  tomonidan  єonun  hujjatlariga  muvofiє  amalga  oshiriladigan, 

tavakkal  єilib  va  o’z  mulkiy  javobgarligi  ostida  daromad  (foyda)  olishga 

єaratilgan tashabbuskor faoliyatni tushunilishi ko’rsatib o’tilgan. 

Tadbirkorlik  faoliyati  sub’ektlarini  huquqiy  himoya  qilishda  avvalo 

ularga  etkazilgan  mulkiy  zararni  undirish  muhim  hisoblanadi.  Shunga  ko’ra 

O’zbekiston  Respublikasining  fuqarolik  huquqida  zarar  yetkazishdan  kelib 

chiqadigan  majburiyatlar  haqida  ko’plab  olimlarning  nazariy-amaliy  fikrlarini 

keltirib o’tish mumkin. 

Akademik  X.Rahmonqulov  fuqarolik  huquqiy  javobgarlik  qo’yidagi 

ikkita asos bo’yicha ya’ni zararlarni qoplash va neustoyka undirish shakllaridan 

iborat ekanligini ta’kidlaydi

1



Prof.I.Zokirov  majburiyat  subyektlarining  javobgarligi  qarzdor  bo’lgan 

shaxs uni  butunlay  bajarmasligi  yoki lozim  darajada bajarmasligi, majburiyatni 

bajarish  yuzasidan  belgilangan  huquq  normalariga  rioya  qilmasligi  huquqqa 

xilof  harakat  yoki  harakatsizlik  hisoblanib,  bu  hol  majburiyat  buzilganligidan 

dalolat  beradi.  Ya’ni,  majburiyat  yuzasidan  qarzdor  shaxs  kreditorning 

                                                 

1

 Раҳмонқулов Х.Р. Мажбурият ҳуқуқи. Т.: 2006. -143 б. 




 

subyektiv  huquqini  buzgan  hisoblanadi.  Qarzdorning  huquqqa  xilof  xatti-



harakati  huquq  normalariga  riof  qilmaslikni  bildirganligi  tufayli,  jumladan, 

qarzdor  tomonidan  olingan  majburiyatning  butunlay  bajarilmasligi  yoki  lozim 

darajada  bajarilmasligi  vash  u  bilan  shartnoma  intizomining  buzilishi  – 

qonunchilikni buzish deb, yuritilishini tushuntiradi.

1

 

N.Egamberdiyeva  fuqarolik  huquqida  zarar  deganda,  huquqi  buzilgan 



shaxsning  buzilgan  huquqini  tiklash  uchun  qilgan  yoki  qilishi  lozim  bo’lgan 

xarajatlari,  uning  mol-mulki  yo’qolishi  yoki  shikastlanishi  haqiqiy  zarar, 

shuningdek  bu  shaxsning  huquqlari  buzilmaganida  odatdagi  fuqarolik 

muomalasi sharoitida olishi mumkin bo’lgan lekin, ololmay qolgan daromadlari 

boy berilgan foyda tushunilishini FKda belgilangan norma asosida ta’kidlaydi.

2

 



Shartnoma  shartlarini  buzish  fuqarolik-huquqiy  javobgarlik  choralarini 

qo’llashni belgilab, taraflardan biriga yetkazilgan zararni undirish majburiyatini 

yuklaydi.  Ushbu  huquqiy  majburlov  choralarini  qo’llashning  asosiy  huquqiy 

manbalari O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi hisoblanadi. 

Shuningdek,  ayrim  olimlar  fuqarolik  huquqiy  javobgarlik  borasida 

ilmiy-amaliy  tadqiqotlar  olib  borib,  ushbu  javobgarlikni  keltirib  chiqaruvchi 

asoslar  hamda  shartnomaga  asoslangan  majburiyatlarning  buzilishi  fuqarolik 

huquqiy  javobgarlikning  obyektiv  tusdagi  shart-sharoitlaridan  iborat  ekanligini 

va  majburiyatlarning  buzilishi  fuqarolik  huquqi  fanida  huquqqa  zid  xatti-

harakat, ya’ni huquqbuzarlik bo’lib hisoblanishini tushuntiradilar.

3

 

Bu  borada  bildirilgan  nazariy  va  amaliy  fikr-mulohazalar  shuni 



anglatadiki,  fuqarolik  huquqiy  munosabatlar  ishtirokchilarining  qonunda 

belgilangan  tartib  va  qoidalar  asosida  amalga  oshiriladigan  u  yoki  bu  tusdagi 

xarakatlarining  oqibati  fuqarolik  huquqiy  majburiyatlarni  keltirib  chiqaradi  va 

ushbu  huquqlarni  bugungi  kunda  yanada  batafsilroq  o’rganishni,  fuqarolarning 

                                                 

1

 



И.Зокиров. Фуқаролик ҳуқуқи. Т.: ТДЮИ. 2006 325-326-бетлар

 

2



 

Эгамбердиева Н.Х. Фуқаролик ҳуқуқий жавобгарликнинг асослари ва 

шакллари. Т.: 2007.60-61-бетлар

 

3



 

Қаранг:  Ф.Шодманов.  Қишлоқ  хўжалигида  шартнома  мажбуриятларини 

бузганлик  учун  жавобгарлик.  Т.:  2004.  8-бет.,  К.Синдоров.  Қишлоқ  хўжалиги 

соҳасидаги шартномалар. Т.: 2003. 121-бет. 




 

huquq  va  qonuniy  manfaatlarining  buzilishiga  yo’l  qo’ymaslik  muhim 



ahamiyatga  ega  ekanligini  his  qilib,  bularni  yanada  chuqurroq  o’rganishni 

maqsad qildik.  

Shu  va  boshqa  obektiv  zaruratlarni  hisobga  olib,  biz  mazkur  bitiruv 

malakaviy  ishning  mavzusini  ham  aynan  shu  muamolarni  o’rganishga 

bag’ishladik. 


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish