1.2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KICHIK BIZNES VA
XUSUSIY TADBIRKORLIK TUSHUNCHASI VA UNING MAZMUNI
Bozor iqtisodiyoti subyektlarining xo’jalik faoliyatida «tadbirkorlik»
va «biznes» tushunchalari o’zaro yakin bo’lib, amaliyotda ular bir-birini
almashtirishlari mumkin. Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari
orasidagi munosabatlarni kamrab oladi va fakat ishbilarmonlarning emas, balki
iste’molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham
xatti xarakatlarini o’z ichiga oladi. Bu xolatda, biznes so’zining sinonimlari
bo’lib, ma’lum ma’noda tijorat, savdo-sotik kabi tushunchalar xisoblanadi.
Umumiy ko’rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimdagi
ishchanlik faolligidir.
Bozor munosabatlari tizimida kichik biznes kuydagi aloxida
xususiyatlari:
ishlab chikarish xajmi, ishlovchilarning soni va kaysi sanoat
tarmog’iga tegishliligi bilan tavsiflanadigan tadbirkorlik shakli sifatida namoyon
bo’ladi. Kichik biznesga o’zining mustakil mulki va xo’jalik mustakilligiga ega
bo’lgan va o’zining faoliyati soxasida yukori (dominant) xisoblanmagan
firmalar kiradi.
Xorijiy tadkikotchilarning ko’pchiligi, kichik biznesning o’zida 500
kishi band bo’lgan va savdo-sotik xajmi 20 mln. dollardan oshmagan firmalarni
kiritadilar. Ammo, bu ko’rsatkichlar, ma’lum darajada shartlidir, maxsus
ko’rsatkichlar sifatida, yana, ko’shimcha kiymat solig’i va korxonadagi asosiy
vositalar kiymati ko’llanadi.
O’zining «kichik biznes» degan nomiga karamasdan, ushbu ishlab
chikarish va tijorat faoliyati turi barcha tarakkiy topayotgan davlat iqtisodida
muxim ahamiyatga ega. Uning kuydagi afzalliklari:
- maxalliy resurslarda ishlab turgan yoki maxalliy bozorni ta’minlab
turuvchi kichik korxonalar hech bo’lmaganda transport xarajatlarining iqtisod
kilinishi evaziga kam xarajatlidirlar. Ularning iqtisodiy ustunligi maxalliy
27
sharoitlarini yaxshi bilganlari sababli, ishlab chikarishni uncha ko’p bo’lmagan
kapital va mexnat xarajatlari bilan amalga oshirishidadir;
- kichik korxonalardagi mexnat, odatda, moddiy tavsifga ega, va u
amaliyotda kanselyariya mexnatiga nisbatan foydalidir;
- ishlovchilarning kamsonligi, ularning xar biri kobiliyatining
yengilrok yuzaga chikishiga yordam beradi;
- moslashuvchanlik, ya’ni ishlab chikilayotgan maxsulot assortimenti
va turini o’zgartirishi kichik korxonalarda unchalik katta qiyinchiliklar
tug’dirmaydi. Shuning uchun bozor iqtisodiga asoslangan davlatlarda kichik
biznes o’z mavkeini tinimsiz kuchaytirib va mustahkamlab bormoqda.
O’zbekiston Respublikasining ‖Xususiy korxona to’јrisida‖gi
11.12.2003 yil 558-ii qonuni Ushbu qonuning 3-modda. Xususiy korxonaga
ta’rif berilgan. Unga ko’ra, mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan
va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona deb e’tirof etiladi.
Xususiy korxona tadbirkorlik subyektlarining tashkiliy-xuquqiy shaklidir.
Xususiy korxona o’z mulkida aloxida mol-mulkka ega bo’ladi, o’z
nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy xuquqlarga ega bo’lishi hamda ularni
amalga oshirishi, majburiyatlarni bajarishi, sudda da’vogar va javobgar bo’lishi
mumkin.
Xususiy korxona o’z majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli butun
mol-mulk bilan javob beradi.
Xususiy korxona mulkdori korxonaning mol-mulki yetarli bo’lmagan
taqdirda xususiy korxonaning majburiyatlari bo’yicha o’ziga qarashli mol-mulk
bilan qonun hujjatlariga muvofiq subsidiar javobgar bo’ladi. Ayrim manbalarga
ko’ra, tadbirkorlik tushunchasi uzoq tarixiy ahamiyatga ega bo’lib, uni Amir
Temurning quyidagi so’zlari bilan izohlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |