Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi.
Bitiruv malakaviy ish
jami 64 betni tashkil qilib, kirish, ikki bob, to’rt paragraf, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
12
1.Bob. O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatining
rivojlanishi
1.1.O’zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini tashkil
etishga qaratilgan qonun-hujjatlar tizimi.
Bugungi kunda mamlakatimizni avvalo, iqtisodiyotimizni isloh etish,
erkinlashtirish va modernizasiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikasiya
qilish borasida amalga oshirilayotgan, har tomonlama asosli va chuqur
o’ylangan siyosat bizni inqirozlar va boshqa tahdidlarning salbiy ta’siridan
himoya qiladigan kuchli to’siq, aytish mumkinki, mustahkam va ishonchli
himoya vositasini yaratdi – deb ta’kidladi Yurtboshimiz I.A.Karimov o’z
ma’ruzalarida
1
.
Ma’lumki, mamlakatimizda ijtimoiy yo’nalishdagi bozor iqtisodiyotini
barpo kilish o’ta murakkab ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy vaziyatda boshlandi.
Shuning uchun ham, iqtisodiy isloxatlarning birinchi boskichida, eng avvalo
bozorga xos yangiliklarning huquqiy negizi barpo etildi. Ishlab chikarish
sur’atining axoli turmush darajasining keskin tushib ketishiga yo’l ko’yilmadi,
to’lov xolati yaxshilandi, ishlab chikarishning ustivor tarmoqlarini
takomillashtirishga e’tibor berildi. Masalan, neft va gaz kondensati kazib olish;
oltin; don; yengil sanoat; ozika sanoati; va boshkalar. Natijada O’zbekistonga
chetdan olib kelinayotgan neft va neft maxsulotlari; go’sht va sut, don
maxsulotlarini bir necha barobar kamaytirishga erishdik. Bu davrda mulk,
korxonalar, tadbirkorlik tashkiliy- iqtisodiy faoliyat, banklar va bank faoliyati,
mulkni davlat tasarrufidan chikarish va xususiylashtirish, kooperasiya, xo’jalik
jamiyatlari va birlashmalari to’g’risida, monopol faoliyatni cheklash;
korxonalar, birlashmalar va tashkilotlardan soliq olish, birjalar va birja faoliyati,
bankrotlik to’g’risida, xorijiy sarmoyalar va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatini
kafolatlash to’g’risida, yer xakida, ijara korxonalari, lizing to’g’risida
1
Каримов И.А. Жаҳон молиявий иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида
уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. Т.: Ўзбекистон, 2009 йил.
13
(14.04.1999y), 1998 yil 14 noyabrdagi O’.R-si Prezidentining ―Xo’jalik
subyektlari faoliyatini tekshirishni tartibga solish to’g’risida‖gi Farmoni 1998
yil 24 dekabrdagi ―Xo’jalik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat
kilish to’g’risida‖gi O’zbekiston Respublikasi ―Xo’jalik yurituvchi subyektlar
faoliyatining shartnomaviy huquqiy bazasi to’g’risida‖ gi 1998 yil 29 avgust
Qonuni; ―Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida‖ gi
O’zbekiston Respublikasining (2000 yil 25 may) Qonuni hamda ―Tadbirkorlik
faoliyati erkinligining kafolatlari to’g’risida‖ gi O’zbekiston Respublikasining
yangi tahrirdagi (2012 yil 3 may) qonun-hujjatlari tashkil qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksi (I kismi 1995 yil 21
dekabrda, II kismi 1996 29 avgust g’ 163-1, g’ 256-1), O’zbekiston Respublikasi
Konstitusiyasi hisoblanadi. Bulardan tashkari isloxotning huquqiy asosini
shakllantirish jarayonini ta’minlovchi bir kancha O’zbekiston Respublikasi
Prezidenti farmonlari va xukumat karorlari qabul qilindi.
Bular: ―Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish va
xisobga ko’yish tizimini takomillashtirish to’g’risida‖ gi 2001 yil 22 avgustdagi
347 t.r. O’z.R-si Vazirlar Maxkamasining Karori;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Tadbirkorlik subyektlarini
tekshirishni yanada qisqartirish va uning tizimini takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida‖gi Farmoni
1
(O’zbekiston Respublikasi qonun qujjatlari
to’plami, 2005 y., 40-son, 303-modda; 2008 y., 20-21-son, 170-modda; 2010 y.,
1-2-son, 1-modda, 17-son, 130-modda
)
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Iqtisodiyotning real sektori
korxonalarini ko’llab-kuvvatlash, ularning barkaror ishlashini ta’minlash va
eksport saloxiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to’grisida‖gi Farmoni
2
.
1
O’zbekiston Respublikasi qonun qujjatlari to’plami, 2005 y., 40-son, 303-modda;
2008 y., 20-21-son, 170-modda; 2010 y., 1-2-son, 1-modda, 17-son, 130-modda
)
2
(Ўзбекистон Республикаси конун хужжатлари тўплами, 2008 й., 49-сон, 477-
модда; 2010 й., 1-2-сон, 1-модда; 2010 й., 17-сон, 130-модда)
14
(O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to’plami, 2008 y., 49-son, 477-
modda; 2010 y., 1-2-son, 1-modda; 2010 y., 17-son, 130-modda)
Tijorat banklari tomonidan ―O’z faoliyatini yuridik shaxs bo’lmagan
holda amalga oshiruvchi yakka tadbirkorlarni va dehqon xo’jaliklarini milliy va
xorijiy valyutada mikrokreditlash tartibi‖( 29 fevral 2000 yil )
• ―Kichik korxonalar, dehqon va fermer xo’jaliklarini mablag’ bilan
ta’minlash, ularga bojxona imtiyozlar berish, bank xizmatlari va boshka
xizmatlar
ko’rsatish bo’yicha ko’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida‖
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 10 sentyabr 2001 yilda Karor
kabul kildi. Bundan maksad kichik va o’rta biznes dehqon va fermer xo’jaliklari
tashkil etishni rag’batlantirishni kuchaytirish hamda bundan buyon jadal
rivojlantirish, ularning moliyaviy, moddiy-texnika va xom ashyo resurslari
olishini kengaytirishdir.
1998 yil 27 maydagi Vazirlar Maxkamasining ―Kichik va o’rta
biznesni rivojlantirishni rag’batlantirish xakida‖ gi karori esa, ―Kichik va o’rta
tadbirkorlikni
joylarini
tashkil
etish
va
faoliyat
ko’rsatishini
murakkablashtiruvchi muassasa hujjatlarining nashr etilishi, xukumat tomonidan
ko’zda tutilmagan hujjatlar xususida rasmiy talab yuborib murojat etish man
etilgan‖, - deb ko’rsatilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ―Tadbirkorlik
faoliyatini tashkil etish uchun ro’yxatdan o’tkazish tartibotlari tizimini tubdan
takomillashtirish to’g’risida‖ gi 20.08.2003 yil 357 – sonli qarori1qabul qilindi.
Ushbu qarorda tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay shart-
sharoitlar yaratish, rasmiylashtirishning bosqichma-bosqich ro’yxatdan o’tkazish
prinsipiga o’tish va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishdagi byurokratik
to’siqlarni olib tashlash maqsadida Vazirlar Maxkamasi quyidagi tartiblarni
belgiladi. Unda, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini rasmiylashtirish va davlat
ro’yxatidan o’tkazishda:
birinchidan, rozilik beruvchi tashkilotlar soni keskin qisqartirilishi;
15
ikkinchidan, barcha kelishib olish tartibotlari tadbirkorlik subyektlarini
amaldagi qonun hujjatlariga rioya qilgan holda ro’yxatdan o’tkazadigan faqat
bitta tashkilot doirasida amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Tuman (shaxar) xokimliklari xuzurida Tadbirkorlik subyektlarini
ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyalari (keyingi o’rinlarda Inspeksiya deb ataladi)
tashkil etilsin.
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaxarlar
va
tumanlar
xokimliklarida
quyidagilar
yangi
tashkil
etilayotgan
Inspeksiyalarning asosiy vazifalari etib belgilandi:
tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishni mo’ljallayotgan ariza
beruvchining hujjatlarini qabul qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
xollarda hujjatlarni va zarur bo’lgan asoslarni ekspertizadan o’tkazish;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish maqsadida muxandislik
kommunikasiyalariga (gaz bilan ta’minlash, energiya bilan ta’minlash, suv bilan
ta’minlash, kanalizasiya, issiqlik bilan ta’minlash, telefon aloqasi tarmoqlari)
ulanish, turar-joylarni noturar-joy toifasiga o’tkazish, obyektlarni qurish va
rekonstruksiya qilishga texnik shartlarni belgilangan tartibda rasmiylashtirish
uchun, shuningdek muxr va shtamp tayyorlashga ruxsatnoma olish uchun
ularning vakolatlari doirasida majburiy tartibda kelishiladigan va ruxsat
olinadigan tegishli tashkilotlarni aniqlash;
yuqorida ko’rsatilgan ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni
xisobga olgan holda tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish,
reyestrni yuritish, shuningdek ularni soliq va statistika organlarida xisobga
qo’yish;
ariza beruvchiga barcha ruxsat beruvchi hujjatlar bilan uning
tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risida
guvoxnoma berish.
Quyidagilar tadbirkorlik subyektlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish,
xisobga qo’yish va ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi
to’g’risidagi Nizomga muvofiq;
16
Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish inspeksiyalarining
namunaviy tuzilmasi ham tasdiqlandi. Unda Qoraqalpog’iston Respublikasi
Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar xokimliklari Davlat mulki
qo’mitasining xududiy organlari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirish uchun obyektlar qurilishi uchun yer uchastkalarining, tadbirkorlar
talabini xisobga olgan holda muntazam ravishda kim oshdi savdolariga
qo’yishni amaliyotda qo’llash belgilandi.
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi
Davlat mulki qo’mitasi va Iqtisodiyot vazirligi bilan birgalikda shaxar va tuman
xokimliklari xuzuridagi Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan o’tkazish
inspeksiyalari to’g’risidagi namunaviy nizom ishlab chiqildi, ro’yxatdan
o’tkazish va ruxsat berish hujjatlarini rasmiylashtirishning belgilangan tartibiga
so’zsiz rioya qilinishi ustidan zarur nazorat o’rnatildi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi, Tovar ishlab
chiqaruvchilar va tadbirkorlar palatasi, "O’zteleradio" kompaniyasi, O’zbekiston
aloqa va axborotlashtirish agentligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shaxar xokimliklari ushbu qaror qoidalarini
respublikadagi barcha tadbirkorlar keng qatlamlariga yetkazish bo’yicha
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqdi va amalga oshirdi.
17
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 20 avgustdagi 357-son qaroriga
2-ILOVA
Shaxarlar va tumanlar xokimliklari xuzuridagi
Tadbirkorlik subyektlarini ro’yxatdan
o’tkazish inspeksiyasining namunaviy
TUZILMASI
Inspeksiya boshligi
Davlat
ro’yxatidan
o’tkazish va xisobga qo’yish
bo’limi (mutaxassis)
(1 kishidan - 3 kishigacha)
Ruxsat
beruvchi
hujjatlarni
rasmiylashtirish
bo’limi (sektori)
(2 kishidan - 5 kishigacha)
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Ta’lim muassasalarining
bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi ko’shimcha chora-
tadbirlar to’grisida‖gi 2010 yil 28 iyul, PF-4232-son Farmoni
1
qabul qilindi.
Ushbu hujjatning mazmunida «Barkamol avlod yili» Davlat dasturiga muvofik
hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni yanada
ragbatlantirish, yoshlarni, avvalambor kasb-xunar kollejlari, akademik liseylar
va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb
etish uchun kulay shart-sharoitlar yaratish maksadida mikrofirmalar va kichik
1
Ўзбекистон Республикаси конун хужжатлари тўплами, 2010 й., 30-сон, 251-
модда.
18
korxonalar tomonidan respublikaning kasb-xunar kollejlari, akademik liseylari
va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari bilan mexnat shartnomalari tuzilganda,
band xodimlarning o’rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan
cheklangan normativdan ko’pi bilan 20 foiz oshirilgan xollarda, mikrofirmalar
va kichik korxonalar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar
ularda saqlanib koldirildi.
Bunda xodimlar sonining oshirilishiga O’zbekiston Respublikasi kasb-
xunar kollejlari, akademik liseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining
o’kishni yakunlagan kunidan boshlab 3 yildan ortik vaqt o’tmagan takdirdagina
yo’l ko’yiladi.
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot vazirligi, Adliya
vazirligi, Davlat soliq ko’mitasi hamda boshka manfaatdor vazirliklar va
idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur Farmondan
kelib chikadigan o’zgartish va ko’shimchalar to’grisida Vazirlar Maxkamasiga
takliflar kiritish topshirildi.
Bu xil qonunlarning ko’plari sanoat korxonalari, ishlab chikarish
faoliyati bilan shug’ullanadigan firmalar va xo’jaliklarga tegishlidir.
O’zbekiston respublikasida korxonalar faoliyatiga bog’lik bo’lgan
boshka qonunlar: tovar - pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshkarilayotgan
bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo
etish, ular faoliyatining, ularning kayta tashkil etish va tugatishning umumiy
huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini belgilab beradi.
Qonun foyda olishni ko’zlab ish olib boradigan korxonalarning
mustakilligini ta’minlashga karatilgan
bo’lib, ularning huquqlari va
mas’uliyatini belgilaydi, boshka korxonalar va tashkilotlar, davlat boshkaruv
idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi.
Bu davrdagi qonun chikarish jarayoni konstitusiyaviy jixatdan
asoslangan ikki muxim prinsip: turli shakldagi (shu jumladan xususiy) mulk
erkinligi va tengligi prinsipi hamda iqtisodiy faoliyat erkinligi prinsipi asosida
rivojlandi.
19
Bozor munosabatlari talablariga javob beraoladigan xissadorlik
kompaniyalari, uyushmalar, birjalar, kimmatbaxo kog’ozlarni xisobga oladigan
va saklaydigan depozitoriy, savdo uylari singari bozor infrastrukturasi obyektlari
barpo etilgan. Bu qonunlar tashki iqtisodiy faoliyatni sezilarli darajada
kengaytirish imkonini berdi, xorijiy sarmoyalar uchun imtiyozli sharoit yaratdi,
o’rta va yirik korxonalarni davlat tassarufidan chikarish, va xususiylashtirish,
yopik turdagi aksionerlik jamiyatlarini ochik turlagi jamiyatlarga aylantirish
jarayonini boshlab berdi. 2002 yilda Respublika iqtisodiyotini investisiyalash
xajmi yalpi ichki maxsulotga nisbatan 24,5 % yni tashkil etdi. Kapital
mablag’lar tarkibida xorijiy investisiyaning xissasi ko’paydi va jami
investisiyalarning 30 % ga yoki 1 milliard AQSh dollariga to’g’ri keladi.
2001 yil iqtisodiyotimizga jalb etilgan xorijiy investisiyalarning
umumiy xajmidan fakat 13,4 % gina bevosita amalga oshirilgan.
Lekin xorijiy investisiyalarni jalb etish xali ancha sust bormoqda. 2002
yilgacha respublikaning 31 ta tumanida xorijiy investisiyalar ishtirokida birorta
ham korxona tashkil etilmagan. 2001 yil mamlakatimizda yetishtirilgan paxta
tolasini kayta ishlovchi eng zamonaviy uskuna va texnologiyalar bilan
jixozlangan «O’obul-Farg’ona», «Chinoz to’kimachi» kabi yangi ko’shma
korxonalar ishga tushirilgan.
Yukorida aytilganlarga misol tarikasida Buyuk Britaniya va
O’zbekiston bilan hamkorlikda yaratiglgan tamaki maxsuloti ishlab chikaruvchi
«UzBAT» korxonasini, «AYSEL» turk kurilishi kompaniyasini keltirishimiz
mumkin. Bu kompaniya «Interkontenental» mexmonxonasini, O’zbekiston
respublikasi milliy banki binosini kurib foydalanishga topshirdilar. O’zbekiston
turk bankini; xorijiy va O’zbekiston korxonalariga, tashkilotlariga xizmat
ko’rsatuvchi Gollandiyaning ABN-AMRO milliy bankini yaratilishi; chet el
investisiyalarini moliyalashtirish uchun yaratilgan O’zbekiston Respublikasi
xususiylashtirish banki; Yaponiyaning SAKURA LTD-xorijiy bankini;
Fransiyaning SOSYeTE JENERAL; Xindistonning milliy banki turli xildagi
20
Rossiya banklari; Cof xorijiy kapitalga asoslangan «Toshkent» markaziy Osiyo
rekonstruksiya kilish va rivojlantirish banki kabilar shular jumlasidandir.
O’o’shma korxonalardan Janubiy Kareya bilan hamkorlikda
«UzDEU» korxonasi va unda yangi modeldagi «Matiz» avtomobilni ishlab
chikarishni yo’lga ko’yilishi, «UzDEU elektroniks», Buxorodagi neftni kayta
ishlash ko’shma korxonasi yaratilishi misol bo’la oladi. Italiya bilan -
«Uzitalmotor» xissadorlik jamiyati va boshkalarni misol kilib keltirsak bo’ladi.
Hozir O’zbekistonda 1500 dan ortik xorijiy sarmoyalar bilan
ishlaydigan korxonalar faoliyat ko’rsatmokda. Masalan, AQSh bilan yaratilgan
200ta korxona; Germaniya bilan 150 tadan ortik; Janubiy Koreya bilan 100tadan
ortik korxonalar ro’yxatdan o’tgan.
Lekin ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat hamon ancha murakkab ekanini ham
e’tirof etish lozim. Masalan, xali xalk xo’jaligi soxalarida mulkchilikning yangi
shakli karor topishi talab darajasida chinakamiga ta’minlanmayapti. Ishlab
chikarish sur’atining pasayishi ko’p tarmoqlarda davom etmoqda,
sarmoyalarning yetarli emasligi iqtisodiyotni yaxshilab kayta kurishga to’sik
bo’lmoqda.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, mamlakatimizda tadbirkorlikni
rivojlantirish uchun tegishli me’yoriy huquqiy asos yaratilgan. Birok amaldagi
qonunlarning chukur taxlili ularni takomillashtirish va yangi xayotning o’zi
talab kilayotgan huquqiy hujjatlar bilan to’ldirish zarurligini ko’rsatmokda.
Afsuski, amaldagi ba’zi huquqiy hujjatlarimiz turlicha talkin kilininshi mumkin.
Bu esa ayrim idoralar va maxalliy xokimiyat organlari tomonidan tadbirkorlar
manfaatlariga ziyon yetkazuvchi hujjat va karorlar kabul kilinishiga yo’l ochib
bermokda.
Shuni ta’kidlash kerakki ba’zi me’yoriy hujjatlar tadbirkorlik
subyektlari manfaatlarini emas balki ayrim idoralar manfaatlarini nazarda tutgan
holda ishlab chiqilgan.
21
Masalan, binolarni ijaraga olish uchun tegishli shartnomalar fakat bir
yil muddatga tuziladi. Natijada tadbirkor shartnoma keyingi yil uchun
uzaytiriladimi-yo’kmi—bilmaydi.
Buning ustiga, ijaraga beruvchilar o’zining monopoliya huquqidan
foydalanib, bunday shartnomalarni kichik korxonalar uchun oldindan nokulay,
xatto aytish mumkinki, ularni nochor axvolga solib ko’yadigan shartlar asosida
tuzishga majbur kiladi. Prezidentimiz I.Karimov ko’rsatishicha:
Adliya vazirligi, davlat mulki ko’mitasi barcha manfaatdor idora va
tuzilmalar bilan birgalikda amaldagi Qonun hujjatlarini, ayniksa, me’yoriy
hujjatlarni kaytadan jiddiy inventarizasiya kilishlari, kichik va o’rta biznes
subyektlarining xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga g’ov-to’sik bo’layotgan
koida va nizomlarni aniklab, ularni bartaraf etishlari zarur. Ko’plab tadbirkorlar
ayniksa endigina ish boshlayotgan ishbilarmonlar, tabiiyki, tadbirkorlik
faoliyatini tashkil etish asoslari, uning yuridik va iqtisodiy shart-sharoitlari
tushunarli tarzda bayon etilgan huquqiy hujjatlar to’plamlariga extiyoj sezadi.
Ular ana shunday ko’llanma va ma’lumotnomalar chop etilib, keng
tarkatilmagani tufayli kiyichiliklarga duch kelmokda.
O’zbekiston Respublikasida tadbirkorliknining huquqiy asosi sifatida
O’zbekiston respublikasining ―Xususiy korxona to’јrisida‖gi
1
11.12.2003 yil №
558-ii sonli qonunini ham e’tirof etish mumkin.
Ushbu qonunning mazmunida xususiy korxonani tuzish tartibi, xususiy
korxona mulkdor tomonidan tuziladi, mulkdor unga tegishli mol-mulk beradi va
uning ustavini tasdiqlaydi. Xususiy korxona, agar uning ustavida boshqacha
qoida belgilangan bo’lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi. Boshqa yuridik
shaxslarni ta’sis etish xususiy korxonaning vakolatxonalari va filiallari, xususiy
korxona qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning
muassisi bo’lishga yoki ularning ustav fondida o’zgacha tarzda ishtirok etishga,
vakolatxonalar ochishga va filiallar tuzishga xaqli. Xususiy korxonaning ustavi,
1
"Ўзбекистон Республикаси қонун хужжатлари тўплами", 2004 йил, 3-сон,
28-модда
22
xususiy korxonaning ta’sis hujjati uning ustavidir. Xususiy korxonaning
ustavida quyidagilar ko’rsatilishi lozimligi:
korxonaning firma nomi;
uning joylashgan yeri va pochta manzili to’јrisidagi ma’lumotlar;
asosiy faoliyat turlarining ro’yxati;
mulkdorning familiyasi, ismi, otasining ismi va yashash joyi;
ustav fondining miqdori.
Xususiy korxonaning ustavi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan
boshqa qoidalarni ham o’z ichiga olishi mumkin.
Xususiy korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish, xususiy korxona
davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomiga ega
bo’ladi.
Xususiy korxonani davlat ro’yxatidan o’tkazish qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xususiy korxonaning ustav fondi,
xususiy korxonaning ustav fondi bo’linmasdir va uni mulkdorning o’zi
belgilaydi.
Pul, qimmatli qog’ozlar, pul bilan baxolanadigan boshqa mol-mulk
yoki mulkiy xuquqlar yoxud boshqa shaxsga beriladigan o’zga xuquqlar xususiy
korxonaning ustav fondiga qo’shiladigan xissa bo’lishi mumkin. Mulkdor
xususiy korxonaning ustav fondiga o’zi kiritadigan mol-mulkni mustaqil
baxolaydi.
Agar xususiy korxonaning ustav fondi shakllantirilayotganda mulkdor
o’z oila a’zolarining umumiy (ulushli yoki birgalikdagi) mulki xisoblangan mol-
mulkni korxonaga berayotgan bo’lsa, ushbu mol-mulkning barcha
mulkdorlaridan notarial tasdiqlangan rozilik olish talab etiladi.
Xususiy korxonaning ustav fondini ko’paytirish va kamaytirish-
xususiy korxonaning ustav fondini ko’paytirish va kamaytirish mulkdorning
qaroriga ko’ra xususiy korxonaning ustaviga o’zgartishlar kiritish yo’li bilan
amalga oshiriladi.
23
Agar ikkinchi moliya yilining va shundan keyingi xar bir moliya
yilining yakunida xususiy korxona sof aktivlarining qiymati uning ustav
fondidan kam ekanligi ma’lum bo’lib qolsa, xususiy korxona o’z ustav fondini
o’zining sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan miqdorda kamaytirishi shart.
Xususiy korxona sof aktivlarining qiymati qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda aniqlanadi.
Xususiy korxona faoliyati erkinligining kafolatlari- xususiy korxona
mol-mulkining nasionalizasiya va rekvizisiya qilinishiga yo’l qo’yilmasligi,
xususiy korxona faoliyatining erkinligi, xususiy korxonalarga tatbiq etiladigan
imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar, xususiy korxonaga soliq solishning
o’zigaxos xususiyatlari, xususiy korxona faoliyatini tekshirish cheklanganligi,
xususiy korxonaning mol-mulki nasionalizasiya qilinmaydi, qonunda nazarda
tutilgan xollar bundan mustasno.
Xususiy korxonaning mol-mulki rekvizisiya qilinmaydi, xususiy
korxonaning mulkdoriga rekvizisiya qilinayotgan mol-mulkning bozor
qiymatiga muodil kompensasiyasi to’lanadigan tabiiy ofatlar, avariyalar,
epidemiyalar, epizootiyalar va favqulodda tusdagi boshqa xolatlar bundan
mustasno. Xususiy korxona faoliyatining erkinligi xususiy korxona qonun
hujjatlariga muvofiq xar qanday faoliyat turlarini amalga oshiradi. Xususiy
korxona bitimlar tuzishda erkindir.
Xususiy korxonalarga tatbiq etiladigan imtiyozlar, preferensiyalar va
kafolatlar xususiy korxonalarga tadbirkorlik subyektlari uchun qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, preferensiyalar va kafolatlar tatbiq
etiladi.
Xususiy korxonaga soliq solishning o’ziga xos xususiyatlari qonun
hujjatlari bilan belgilanadigan tartibda xususiy korxonalar uchun davlat
byudjetiga va davlat maqsadli jamg’armalariga soliqlar hamda boshqa majburiy
to’lovlarning doimiy stavkalari belgilanadi.
24
Xususiy korxonaning foydasi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar
to’langanidan so’ng korxona mulkdorining tasarrufiga o’tadi hamda unga soliq
solinmaydi. Xususiy korxona faoliyatini tekshirish cheklanganligi.
Xususiy korxona faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar
tomonidan ko’pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga
oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan xollar bundan mustasno.
Xususiy korxonalarning - kichik tadbirkorlik subyektlarining moliya-
xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko’pi bilan to’rt yilda bir marta, boshqa
xususiy korxonalarning moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar esa ko’pi
bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Yangi tashkil qilingan xususiy korxonalarning - kichik tadbirkorlik
subyektlarining moliya-xo’jalik faoliyati ular davlat ro’yxatidan o’tkazilgan
paytdan e’tiboran ikki yil mobaynida rejali tekshiruvlardan o’tkazilishi mumkin
emas.
Shuningdek, ushbu qonunda xususiy korxonalarning birlashishi,
xususiy korxonani boshqa shaxsga o’tkazish, xususiy korxonani qayta tashkil
etish va tugatish, nizolarni xal etish, xususiy korxona to’g’risidagi qonun
hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik, xususiy korxonalarning birlashishi
xususiy korxonalar o’z xuquq va manfaatlarini ximoya qilish maqsadida
qonunga muvofiq assosiasiyalarga (uyushmalarga) va boshqa birlashmalarga
birlashishlari mumkin. Xususiy korxonani boshqa shaxsga o’tkazish, xususiy
korxona mulkdori xususiy korxonani mol-mulk majmuasi sifatida sotishga,
xadya qilishga, vasiyat qilib qoldirishga yoki uni o’zgacha usulda boshqa
shaxsga o’tkazishga xaqli.
Xususiy korxona boshqa shaxsga berilgan taqdirda o’zining firma
nomidan, tovar belgilaridan, xizmat ko’rsatish belgilaridan hamda mazkur
xususiy korxona va uning maxsulotini, u bajarayotgan ishlarni yoki
ko’rsatayotgan xizmatlarni individuallashtiruvchi o’zga vositalardan foydalanish
xuquqlari, agar qonun hujjatlarida yoxud shartnomada boshqacha qoida nazarda
tutilgan bo’lmasa, yangi mulkdorga o’tadi.
25
Xususiy korxonani qayta tashkil etish va tugatish- xususiy korxona
uning mulkdori yoki sudning qaroriga ko’ra, qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin. Nizolarni xal etish-
xususiy korxonalarning tuzilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi
soxasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xal etiladi. Xususiy
korxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik - xususiy
korxona to’g’risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar
belgilangan tartibda javobgar bo’ladilar.
Tadbirkorlik faoliyatining yana bir muhim subyekti dehqon xo’jaligi
bo’lib, ushbu subyekt ,,Dehqon xo’jaligi to’g’risida―gi O’zRning qonuni bilan
tartibga solinadi
1
. Ushbu qonunning 1-moddasida dehqon xo’jaligini tashkil
etish maqsadi uning vujudga kelish asoslari hamda uning faoliyat shakllari
belgilangan. Mazkur qonunga asosan dehqon xo’jaligi oilaviy mayda tovar
ishlab chiqarish xo’jaligi bo’lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnatidan, meros
qilib qoldiriladigan umrbod egalik asosida oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer
uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtiradi shu bilan birga ularni
mustaqil tasarruf etish huquqiga ega bo’ladi.
1
Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси. 1998. 5-6 сон.
88 модда
26
Do'stlaringiz bilan baham: |