tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e ’tibor beriladi. Ana shu
maqsadda bir qator tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Ayni vaqtida, respublikada, o'quvchilarning t a ’lim muassasalaridan
uzoqlashtirmaslik maqsadida q o ‘shimcha t a ’lim muassasalari faoliyat
olib bormoqda. Qo'shimcha t a ’lim muassasalarida o ‘quvchilar xususiy
fanlar hamda xorijiy tillami mukammal o ‘zlashtirishlari, texnik va badiiy
y o‘nalishlar bo'yicha bilim olishlari, amaliy faoliyat k o ‘nikm a va
malakalariga ega bo‘lishlari mumkin. Q o ‘shimcha ta ’lim muassasalarida
tashkil etilayotgan turli y o ‘nalish va mavzulardagi uchravshuvlar,
ko‘rgazmalar, ko‘riklar, suhbatlar o ‘quvchilarning tafakkurini
boyitishda,
ularda mustahkam xarakter va irodani tarkib toptirishda m uhim o ‘rin
tutmoqda.
Tarbiva jarayonining yana bir xususiyati — bu uning vaxlit holda
tizimli tashkil etilishidir. Yaxlitlik shundan iboratki, tarbiya jarayonining
maqsadi, mazmuni va metodlarini birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasini
amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga m a ’lumki, shaxs m a ’naviy-
axloqiy sifatlarni navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o ‘zlashtira
boradi, shu bois pedagogik t a ’sir ham yaxlitlik, tizimlilik xarakteriga
ega b o ‘lishi lozim.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir q a to r m uhim
pedagogik talablarga amal qilish, o ‘qituvchi va o ‘quvchilar o ‘rtasidagi
hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi.
Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki
tom onlam a aloqa xususivatiga ega boMib, unda bolaning o ‘zi ham faol
ishtirok etadi.
Ikki to m onlam a aloqa ikki y o 'n a lish d a , y a ’ni, o ‘qitu v c h in in g
o ‘quvchiga ko‘rsatadigan t a ’siri ( to ‘g‘ri aloqa) h a m d a o ‘quvchining
o ‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi.
Tarbiyaning pedagogik texnologiya nazariyasi g ‘oyasiga muvofiq,
endilikda o ‘quvchi tarbiya jarayonining obyektigina b o ‘lib qolm asdan,
subyekti sifatida ham faoliyat k o ‘rsatadi. Shuning u c h u n o ‘qituvchi
o'quvchining ichki imkoniyatlari, unga nisbatan b o ‘layotgan tashqi
t a ’sirlar va axborot manbalarini inobatga olishi zarur. Agarda m azkur
talab unutilsa, shaxsni tarbiyalash qiyinlashadi yoki b a rc h a urinishlar
samarasiz yakun topadi. M ana sh undan tarbiya jara y o n in in g yana bir
xususiyati — tarbiyada qaram a-qarshilikning mavjudligi kelib chiqadi.
Ushbu qaram a-qarshiliklaro‘quvchilarga o ‘z tu shunchalariga muvofiq
paydo boMgan dastlabki sifatlar o ‘rtasida yoki o ‘quvchilaiga q o ‘yiladigan
www.ziyouz.com kutubxonasi
talablar bilan ularni bajarish imkoniyatlari o ‘rtasidagi ziddiyatlarning
kelib chiqishi uchun zamin yaratadi.
U n d a n tashqari bu qarama-qarshiliklar ko‘pincha bolaning ongi
b ila n x u lq i b ir-b iriga m u v o fiq b o ‘lm a slig id a n , o ‘q itu v c h i va
tarbiyachilarning o'quvchilar yosh, psixologik, fiziologik xususiyatlari
(fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik
jihatdan sog‘lomligi)ni yaxshi bilmasliklari oqibatida kelib chiqadi.
Dem ak, tarbiya jarayoni o ‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon
etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: