44
bilan miloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak.
As the driving force behind the social
development of the human person needs
the influence of objective factors, the
ordinary people, the biological and
physical (material) needs, the higher
(spiritual) needs opportunities to meet
their needs, as well as a set of relations
between the states.Needs or create
reasons for this activity. People looking
for means and resources to meet their
own needs. There are options to meet
the needs of people happy. Otherwise,
he will be unhappy to learn that the
driving force.If moral education, and
social development. Moral education
and faulty human social breakdown and
social benefit (theft, extremism, lies,
fraud, etc.) face. Moral education to
meet the needs of people looking for
ways to communicate with people and
to improve the quality of social.
These mutual influences aimed at
the efficient use of power leading
educational interaction to be successful
in the.
Odam ijtimoiy rivojlanishini harakatga
keltiruvchi kuch deb, kishi ehtiyojlari ta’sirida yuz
beradigan ob’ektiv omillarni, odamlarning oddiy,
biologik va jismoniy (moddiy) ehtiyojlaridan boshlab,
oliy (ma’naviy va ruhiy) ehtiyojlariga qadar bo’lgan
ehtiyojlar majmui hamda ularni qondirish
imkoniyatlari orasidagi munosabatlarga aytiladi.
Ehtiyojlar u yoki bu faoliyatning sabablarini
vujudga keltiradi. O’zining ehtiyojlarini qondirish
uchun kishi vosita va manbalar qidiradi. Ehtiyojni
qondirish imkoniyatlari mavjud bo’lganda, kishi o’zini
baxtiyor his etadi. Aks holda, o’zini baxtsiz deb bilib,
unda harakatlantiruvchi kuch paydo bo’ladi.
Agar odamning axloqiy tarbiyasi to’g’ri bo’lsa,
u ijtimoiy rivojlanadi. Axloqiy tarbiyasi nosoz
odamning ijtimoiy sifatlari nuray boshlaydi va ijtimoiy
illat (o’g’rilik, nashavandlik, yolg’on so’z, firibgarlik
va hokazo) larga duchor bo’ladi. Axloqiy tarbiyasi
yaxshi odam ehtiyojini qondirishning to’g’ri yo’llarini
izlaydi hamda odamlar bilan muloqotda bo’lib, yaxshi
ijtimoiy sifatlari takomillashib boradi.
Bunday o’zaro ta’sirlardan paydo bo’lgan
kuchdan samarali foydalanish uchun yo’naltirilgan
tarbiyaviy ta’sirning muvaffaqiyatli bo’lishi yetakchi
o’rinni egallaydi.
8
0‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo’lgan qo‘pollik, adolatsizlik, qo‘rqitish,
haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo’lgan jazolash usullarini qo’llash va boshqa ular
shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so‘zlar ishlatish o‘quvchilar qalbini umuman
tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‘yishi, yoki 0‘qituvchining obro‘siga putur etkazishi mumkin.
0‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar, ko‘pincha, dars va darsdan tashqari
jarayonlarda sodir bo’ladi. Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilarning pedagogik takt sirlarini
bilmasligi, tajribasizligi pand beradi.
0‘qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik
faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va
tarbiyaviy soatlarda 0‘quvchilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida pedagogik
mahoratning asosi bo’lmish pedagogik taktga ega bo’lish o'qituvchi uchun juda zarurdir.
0‘qituvchining o‘quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo‘shilib keta olishi nihoyatda qiyin
jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita o‘quvchilar orasida olib boriladi. O'zaro
raunosabatlami ishonch va do‘stlik tuyg‘ulari bilan mustahkamlab borish о‘qituvchidan jiddiy
psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Buning uchun o‘qituvchi avvalo, turli xarakterdagi
o‘quvchilardan iborat bo‘lgan, sinf jamaoasida tez-tez o‘zgarib turadigan pedagogik vaziyatlarga
darhol o‘z munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U 0‘quvchilar xatti-
harakatini to‘g‘ri idrok etishi, vaziyatlami oldindan ko‘ra bilishi, tarbiyaviy metodlarni o‘z o‘rnida
qollashi, o‘quvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, milliy an’ana va turmush tarzimizdan kelib
chiqqan muruvvat va himmat, odamiylik va mehr-oqibat tuyg‘ularini ko‘rsata olishi shart. Bu
vazifalar 0‘qituvchining zimmasiga yuklanadigan va u rioya qilishi lozim bolgan
Do'stlaringiz bilan baham: