Qiyosiy-tarixiy metod - XIX asr boshida taklif etilgan bu metodning vazifasi qarindosh bo‘lgan
tillardagi qonuniyatlarni aniqlashdan iborat. Bu metod yordamida eng qadimiy qarindosh tillardagi so‘zlar va
ularning shakllarini tiklash uchun harakat qilingan (Tillarning geneologik tasnifiga qarang). Masalan, "ikki"
so‘zi lotincha duo, grekcha duo, uels tilida dau, inglizcha tvo, islandcha tveir, datcha tvee shaklida bo‘ladi.
Tarixiy metodni ko‘pincha qiyosiy tarixiy metoddan farqlaydilar. Bizningcha bu ikki metodni
birlashtirish mumkin. CHunki tarixiy metod ham timing har bir sathidagi o‘zgarish-larni o‘rganadi. Bu
ayniqsa so‘zlar va ularning shakllarini ichki tiklashda ko‘rinadi. Tarixiy tilshunoslikda ichki tiklash metodi
yordamida so‘z va ularning shakllaridagi fonetik va semantik o‘xshashliklari aniqlanadi va ular bir o‘zakdan
paydo bo‘lganli-gi taxmin qilinadi.
Tavsif qilish metodi tildagi turli hodisa va ma`lumotlarni, uning sathi va birliklarini izohlab beradi.
Bu metod yordamida turli tillarning fonetika va stilistikasi sharhlab beriladi.
Qiyosiy metod - tillarning qarindoshligini hisobga olmay, ulardagi o‘xshashlik (uni "izomorfizm"
deyiladi) va farqlanish-larni (uni "allomorfizm" deyiladi) aniqlaydi. Bu metodning asosiy vazifasi ikki va
undan ortiq tillarning sistema va strukturasini turli til bosqichlari bo‘yicha qiyoslashdir. Ba`zan bu metodni
qiyosiy-tipologik, cho
ғ
ishtirma, kontrastiv, konfronta-tiv nomlari bilan ataydilar. Aslida qiyosiy metod
tillarni tipologik o‘rganish metodining bir qismi hisoblanadi. Tillar tipologiyasi o‘nlab va yuzlab tillarni
qiyoslaydi, qiyosiy-tipologik metod ikki yoki uch tilni qiyoslash bilan chegaralanadi.
Qiyosiy tilshunoslik tillarni tipologik o‘rganishdan farqlanib, bir yo‘la nazariy va amahy
(lingvodidaktik) vazifalarni qamrab oladi [YUsupov U.K. Teoreticheskie osnov
ғ
sopostavitel’noy lingvistiki.
Tashkent, Fan, 2007, s. 13]. Tillarni qiyoslashda ulardagi kichik sistemada qanday o‘xshashlik va farqlar
borligini tashqi jihatdan (unli va undoshlar soni, kelishiklar soni kabi) farqlarini topib, so‘ngra ulardagi ichki
o‘xshash va farqli belgilar aniqlanadi. Odatda ikki tilni qiyoslashni mantiqiy jihatdan binar qiyoslasb deb
ham yuritila-di. Tillarni qiyoslashda yaxshiroq o‘rganilgan tilni etalon (andoza) qilib olib, unga to‘
ғ
ri
keluvchi xususiyatlarni ikkinchi tilda topib tahlil qilinadi. Ba`zan esa biror tipologik belgini qiyoslanayotgan
tillarda aniqlashga harakat qilinadi [Arakin V.D. Sravnitel’naya tipologiya angliyskogo i russkogo yaz
ғ
kov.
L.: 1979, s.]. Qiyoslash metodi nazariy va amaliy jihatdan juda foydali bo‘lib, u xorijiy tillarni o‘rganishning
lisoniy asoslarini yaratishda katta ahami-yatga ega.
Oppozitsiya - qarama-qarshi qo‘yish, zidlov metodi tildagi birliklarning paradigmatik tasnifi uchun
qo‘llaniladi. Tildagi barcha birliklar bir-birlariga qarama-qarshi bo‘lib, o‘zaro so‘z, morfema, so‘z birliklari,
turli grammatik konstruktsiyalarni va gaplarni farqlaydi. Oppozitsiya metodi yordamida tildagi birliklar
o‘rtasidagi turli qarama-qarshiliklarning umumiy turlarini aniqlash mumkin (bir o‘lchovli - a: b; ko‘p
o‘lchovli- a: b:c:d: kabi). Bu zidlovlarning a`zolari o‘rtasidagi munosa-batlarni proportsional va
vakkalangan. privativ (+, - belgisi bo‘yicha), po
ғ
onali (gradual) (masalan, |i-a|o‘rtada |e|ni "sakrab" o‘tiladi,
yoki qaratqich kelishigi bilan chiqish kelishi-gi oppozitsiyasi o‘rtasidagi boshqa kelishiklarni tushirib
qoldirishga asoslangan), teng huquqli (ekvipolent) oppozitsiya (masalan, jp-t||t-k|bir hil belgili: portlovchi,
jarangsiz) sifatida qaraladi [Bu oppozitsiyalar lisoniy va mantiqiy jihatdan asoslangan. Qarang: Trubehkoy
N. S. Osnovi fonologii. M.: I960, s. 31-84.].
Do'stlaringiz bilan baham: |