Psixolingvistika - psixologiya va tilshunoslik o‘rtasidagi bo
ғ
lanishlar asosida hosil bo‘lgan sohadir.
"Psixolingvistika" termini 1946-yilda birinchi marta AQSHda N.Pronko tomonidan uning maqolasida
qo‘llangan va keyincha 1953-yilda Indiana Universitetida o‘tkazilgan ilmiy anjumanda keng qo‘llangan.
Hozirgi davrda psixolingvistika sohasida jahonning turli mamlakatlarida qo‘llanilayotgan nazariya va
metodlar mavjud.
Psixolingvistika nutqning hosil bo‘lish va eshitib his etish jihatlanni nutq faoliyatining jamiyat va
shaxsning rivojlanishi bilan bo
ғ
liq ravishda murakkab sistema va straktura sifatida ilmiy tadqiq etadi.
Psixolingvistikaning asosiy o‘rganish mavzusi nutqning hosil bo‘lishi, uning ongli eshitib his qilinishi va
bolalar nutqining shakllanishidir [Belyanin V.P. Psixolingvistika. M.: Flinta, 2003, s. 11].
Psixolingvistikaning xorijda-gi taqlimotiga ko‘ra boshqacha taqrif ham mavjud. "Psixolingvistika til
va nutqning inson ongidagi tabiati va strukturasiga ko‘ra ko‘zgusi" deb ta]rif beradi T.Skove [Scovel T.
Psyholinguistics. Oxford Univ. Press, 1998, p.4]. Psixolingvistika so‘zlovchi va eshituvchining
psixologiyasi, uning sharoitga bo
ғ
liqligi oddiy va ehtirosga berilgan holati, matnning struk-turasi bilan
munosibati, turli nutq buzilishi bilan bo
ғ
liq kasalliklar (afaziya)ni ilmiy o‘rganadi.
Lingvokulturologiya - til va madaniyat, o‘zaro madaniy aloqa masalalarini ilmiy tadqiq etadi,
chunki: "Til madaniyat bilan juda zich bo
ғ
langan, u madaniyatga etib boradi, unda rivojlanadi va uni
ifodalaydi" [Maslova V.A. Lingvokul’turologiya. 2-izdanie. M.: Akademiya, 2004, s. 9]3. Bu soha faqat
madaniyat bilan emas, balki u orqali turli milliy urf-odatlar, diniy hodisalar, mil-liy kontseptlar, dunyoning
til orqali ongli his qilish vositalarini o‘rganadi. Dunyoning til xaritasi umuman ularning insonlar ongidagi
mantiqiy ifodasi bilan mos keladi. Bu masalani keng va chuqur ilmiy o‘rganish lingvokulturologiya va
lingvokog-nitologiya bilan bo
ғ
liqdir.
Etnolingvistika - tilshunoslik, etnografiya va sotsiologiya bilan bo
ғ
liq bo‘lib, tilning etnos (xalqning
kelib chiqishi) bilan aloqasi va uning jamiyatdagi o‘rnini o‘rganadi. etnolingvistikada til vositalari va
kategoriyalarining etnik va ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishda qo‘llanishi o‘rganiladi. Bu soha: - xalq va
elatlarning kelib chiqishi (etnogenez va etnik tarix); - xalqlarning moddiy va madaniy tarixini (narsalar,
odatlar, tushunchalar, belgilar, ramzlar va h.k.); - xalq tafakkuri tarixining shakllanishi; - til siyosati; - tilning
tarqalish jarayoni va boshqalarni o‘rganadi [Gerd A.S. Vvedenie v etnolingvistiku. Izd. Sankt-
Peterburgskogo Universiteta. 2005, s. 7].
Antropolingvistika - yozuviga ega bo‘lmagan tillarni o‘rganish sohasidir. SHu bilan birga u
etnolingvistika va sotsiolingvistika bilan bo
ғ
liq bo‘lib, tilning inson madaniyati va ishonchiga doir andozalar
(modellar) yordamida o‘rganadi.
Antropolingvistika nutq jamoasini ijtimoiy, diniy, hududiy va qarindoshlik guruhlari sifatida
farqlashda lisoniy xususiyatlarning o‘zgarishlarini o‘rganadi. Bunda turli ijtimoliy sharoit, kundalik muloqot,
urf-odat, nutq madaniyati va savod kabilar eqtiborga olinadi.
Paralingvislika - (grekcha para - atrof, lingvistika - fan, ya`ni "lingvistika tevaragidagi fan"
ma`nosini anglatadi) tilni boshqarib borishda qo‘llanuvchi vositalarni o‘rganadi. U uchga bo‘linadi: 1)
Kinesika, ya`ni imo-ishora, mimika, inson organizmidagi biror muravatni qimirlatish vositasida biror
tushunchani ifodalash; 2) Fonatsiya - inson ovozidagi o‘zgarishlar, masalan, bo‘
ғ
izni qisish, "oh", "uh",
"voh" kabi turli ehtiroslarni ovoz yordamida ifodalash;
3) Paragrafemika - yozuvda shaxsiy belgilar yordamida turli tushunchalarni bildirish. Paralingvistik
vositalar turli tillarda so‘zlashuvchi xalqlar tomonidan har xil ifodalanadi. O
ғ
zaki va yozma nutqda
ifodalanadigan turli paralingvistik vositalar doim bir-biriga to‘
ғ
ri kelmaydi. Masalan, qosh va ko‘zning
60
vositasida ifodalanadigan tushunchalar tildagi so‘zlar va gaplardan ko‘ra kuchliroq mazmunni bera olishi
mumkin. Paralingvistik vositalar milliy, shaxsiy, diniy, psixologik, etnik, urf-odat va madaniyat bilan bo
ғ
liq.
2. Tilshunoslik metodlari. Tilshunoslikda metodologiya, metod va metodika tu-shuncha va
terminlari farqlanadi. Metodologiya - (grekcha methodos - bilish yo‘llari, ilmi) qanday nazariya va prinsiplar
asosida ilmiy tadqiq qilish poydevorini yaratishdir.
Metod - har bir fan uchun xususiy va barcha fanlar uchun umumiy bo‘lgan (masalan, qiyoslash
metodi), manbaqlarni to‘plash va tasnif qilish, ulardagi eng asosiy xususiyatlarni o‘rganish uchun tildagi
barcha birliklar, sathlar va rivojlanish jarayonlarini, o‘zgarishlarni bilish va aniqlash uchun qo‘l7 lanadigan
uslub va yo‘llar majmuidir. Metodika - ilmiy metod natijasida aniqlanganlarni amalda tadbiq etishdir. SHu
mazmunda xorijiy tillarga o‘rgatish ham o‘z metodikasiga ega. Ularni interaktiv metodika, tarjima vositasida
tilga o‘rgatish metodikasi va hakozalar deb ataladi.
Endi tilning turli bosqichlarini o‘rganishda qo‘llanadigan metodlarni izohlab chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |