2. Sintaktik munosabatlarning turlari. Sintaktik munosabatlar dastlab ikki turga bo‘linadi:
predikativ va nopredikativ
Predikativ bo‘linish gap qurilishi asosi (grammatika markazi/ komponentlari (ega va
kesim)ning sintaktik munosabatidir. Bular orqali gap hosil qilinadi. Misol: Men ishga kecha
chiqdim. (shaxs va sonda moslashayapti).
Nopredikativ bo
ғ
lanish bunday xususiyatga ega emas. Teng bo
ғ
lanish (teng sintaktik
munosabatda bo‘lish, so‘zlar shuningdek, qo‘shma gaplarning predikativ komponentlari orasidagi
biri ikkinchisiga bo‘ysinmagan, teng aloqasini ko‘rsatuvchi munosabat:o‘qituvchi va o‘quvchi,
qo‘n
ғ
iroq chalindi va dars boshlandi va ergash bo
ғ
lanish (bunda biri hokim va ikkinchisi tobe
bo‘lgan so‘zlar o‘zaro aloqaga kirishadi: Salimni ko‘rdim) nopredikativ bo
ғ
lanishning bir turlaridir.
Tenglashish munosabati asosan, teng bo
ғ
lovchilar va sanash intonatsiyasi orqali ifodalanadi.
Ikkinchisida esa tobe bo‘lgan so‘z hokim so‘zni aniqlaydi, to‘ldiradi va hokazo.
Tobelanish munosabatini ifodalovchi vositalar, asosan affikslar, ko‘makchilar, flektsiya,
so‘z tartibi va intonatsiyadir.
Sintaktik munosabatining ergashish usuli uch xil: moslashuv, bitishuv , boshqaruv.
Tobe so‘zning hokim so‘z shakliga mos holda bo‘lishi moslashuv dir. Mas., shaxs va sonda -
SHamol maysalar orasida lola chamanlarini silkiydi. Qaratqich-qaralmish: Ustozning vasiyatlariga
sodiq qolamiz
Tobe so‘zning hokim so‘z talab qilgan formani olish boshqaruv dir: Oltin o‘tda bilinadi.
Boshqaruvchi vazifasini fe`l bajaradi.
So‘z birikmasining bitishuv turida hokim va tobe so‘z o‘zaro so‘z tartibi yoki ohang
yordamida munosabatga kirishadi: Keksa bo
ғ
bon, kichkina maydon kabi.
Sintaktik munosabatlar grammatik vositalar orqali ifodalanadi. Ular quyidagilar: affikslar,
yordamchi so‘zlar, so‘z tartibi va intonatsiya.
Affikslar yoki so‘z formalari sintaktik aloqani ifodalashda keng qo‘llaniladigan vositadir.
Turkiy tillarda-suffikslar, hind-evropa tillarida - flektsiya: Xoroshaya pogoda, alie rozi.
41
YOrdamchi so‘zlar grammatik vosita sifatida barcha tillarda mavjud.
Morfologik ko‘rsatkichlar bo‘lmaganda so‘z tartibi sintaktik munosabatlarni ko‘rsatuvchi
asosiy vosita rolini o‘ynaydi.
Intonatsiya ham sintaktik munosabat ifodalaydigan vositadir. Intonatsiyani tashkil etgan
komponentlar: logik ur
ғ
u, pauza, ritm, milodika turli tillarda turli darajada sintaktik vosita sifatida
ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |