A. Topshiriqni mehnat qonuniga kiritilgan yangiliklar
asosida bajaring.
B. Rahbarga qonun doirasida ish ko‘rish lozimligini is-
botlab bering.
6. Bolasi 3 yoshga to‘lgunga qadar o‘z hisobidan ta’til
olgan xodim ishga bir oy oldindan keldi va ariza berdi.
Rahbar uning o‘rnida boshqa xodim ishlashini, unga bir oy-
dan keyingina xodimni o‘z vazifasiga qo‘yishini bildirdi.
A. Kim haq?
B. Xodim o‘rniga ishga olingan shaxs bilan mehnat
munosabati qanday tugatiladi?
Topshiriqni qonun asosida bajaring.
7. 17 yoshli xodim ishdan bir soat oldin ketishini
bildirib, rahbardan ruxsat so‘radi. Rahbar hamma bilan bir
vaqtda ishdan ketish kerakligini aytdi.
A. Kim haq?
B. Voyaga yetmagan shaxs kuniga, haftasiga necha soat
ishlaydi?
8. Bob mavzulariga oid 5—10 ta test tuzib keling.
95
Do'stlaringiz bilan baham: |