dispozitiv me’yor
bilan belgilanadi.
Shartnoma bo‘yicha taraf o‘z burchlarini bajargan-
ligi uchun haq olishi yoki unga boshqa muqobil to‘lov
to‘lanishi lozim bo‘lsa, bunday shartnoma
haq evaziga
tuzilgan shartnoma
bo‘ladi.
Shartnoma tuzilgan paytidan boshlab kuchga kiradi
va taraflar uchun majburiy bo‘lib qoladi.
Agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha
muhim shartlari yuzasidan shunday hollarda talab qili-
nadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartno-
ma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni
o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv
ham, basharti qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish
muomalasi odatlaridan boshqacha tartib kelib chiq-
masa, shunday shaklda tuziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |