Ma’muriy-huquqiy munosabatlarda qatnashish
uchun fuqaro ma’muriy-huquqiy layoqatga va muoma-
la la yoqatiga ega bo
‘
lishi kerak.
Ma’muriy-huquqiy layoqat
– bu ma’muriy-huqu
-
qiy tusdagi huquq va majburiyatga ega bo‘lish qobili -
yatidir. U odam dunyoga kelgan paytda paydo bo‘lib,
umrining oxirigacha davom etadi.
Ma’muriy muomala layoqatiga ega bo‘lish – bu o‘z
xatti-harakatlari bilan ma’lum huquqni egallash va
davlat boshqaruvi sohasida o‘ziga yuklangan majburi -
yatlarni bajarish qobiliyatidir. Muomala layoqati, odat-
da, fuqaro 18 yoshga to‘lganda paydo bo‘ladi. Lekin
ayrim hollarda u erta ham paydo bo‘lishi mumkin.
Masalan, 16 yoshga yetgan shaxslar ma’muriy
huquqbuzarlik subyektlari bo‘lishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |