olti oygacha muhlat
berishga haqli.
Sud agar er bilan xotinning bundan buyon birgalik-
da yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q
deb topsa, ularni
nikohdan ajratadi
.
Nikohdan fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd
etish organlarida ajratilganda fuqarolik holati dalolatno-
malarini qayd etish organida nikohdan ajratilganlik
ro‘yxatga olingan kundan, nikohdan sudda ajratilganda
esa sudning hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgan kun-
dan boshlab nikoh tugatiladi.
Ajrashganlar o‘rtasida
mulkiy
va
nomulkiy
nizolar vu-
judga keladi.
Mulkiy nizolar
er-xotinning birga olgan
mulkiga, turar joyiga, hadya mulklariga, omonat
kassasi da pul va boshqa mulklariga qaratilgan bo‘lib,
o‘zaro kelisha olmasa, sud hal qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |