Farg‘ona turistik salohiyati



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
Sana16.01.2022
Hajmi0,52 Mb.
#376924
Bog'liq
Farg‘ona turistik salohiyati



Farg‘ona turistik 

salohiyati


Qadimdan yuksak madaniyati va ilm-fani, me'moriy 

obidalari bilan ko'pchilikni hayratga solib kelgan 

yurtimiz istiqlol sharofati bilan zamonaviy sayyohlik 

markaziga aylanmoqda. Mamlakatimiz hududida 

turli davr va sivilizatsiyaga daxldor to'rt mingdan 

ortiq qadimiy me'morlik va san'at yodgorliklari 

mavjud. Ulardan 140 tasi YuNESKO tomonidan 

muhofazaga olingan tarixiy ob'yektlar ro'yxatiga 

kiritilgan. Aynan boy madaniy-tarixiy merosimiz, 

mangulikka daxldor ko'hna shaharlarimizdagi 

noyob me'moriy obidalar O'zbekistonning xalqaro 

sayyohlik bozoridagi yuksak salohiyatidan dalolat 

beradi. Farg'ona viloyatida ham mazkur 

yo'nalishda muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.




Farg'ona deganda, avvalambor, O'zbekistonimizning gavhari 

bo'lgan go'zal diyor ko'z o'ngimizda namoyon bo'ladi. Istiqlol 

yillarida bu maskan yanada chiroy ochdi. Ahmad Farg'oniy, 

Burhoniddin Marg'inoniy kabi allomalarimizning hamda 

Marg'ilon shahrining yubileylari jahon miqyosida nishonlanishi 

xorijliklarning bu zaminga bo'lgan qiziqishini yanada orttirib, 

sayyohlik salohiyati yuksalishiga xizmat qilmoqda.

Ayni paytda Farg'onaga tashrif buyurayotgan mehmonlar 



uchun Marg'ilon, Qo'qon va Farg'ona shaharlari hamda Quva 

tumani bo'ylab sayyohlik yo'nalishlari tashkil qilinmoqda. 

Yangi sayyohlik yo'nalishlari – Marg'ilonda Burhoniddin 

Marg'inoniy, Said Ahmad Eshon majmualari, Pirsiddiq Hazrat 

chillaxonasi va maqbarasi, Uvaysiy uy-muzeyi, hunarmandlar 

ustaxonalari, Qo'qon shahridagi O'rda saroyi va unda 

joylashgan O'lkani o'rganish muzeyi, Jom'e, Kamolqozi 

masjidlari, Norbo'tabiy majmuasi, Dahmai Shohon va 

Madalixon tarixiy yodgorliklari, Farg'ona shahri hamda 

Quvadagi Ahmad Farg'oniy majmualari bo'ylab 

uyushtirilayotgan ekskursiyalar sayyohlarda katta taassurot 

qoldirmoqda. Milliy hunarmandlik mahsulotlari 

ko'rgazmasining tashkil etilishi ham yangi imkoniyatlarga yo'l 

ochmoqda.





Buyuk astronom, matematik va geograf Abul Abbos Ahmad ibn Muhammad 

ibn Kasir al-Farg'oniy 797-865-yillarda yashab ijod qilgan. Yevropada Al-

Fraganus nomi bilan shuhrat qozongan. Olim astronomiya, matematika va 

geografiya fanlariga oid ko'plab ilmiy asarlar yozib qoldirgan. U Damashqdagi 

rasadxonada osmon jismlari harakati va o'rnini aniqlash, yangicha zij 

(astronomik jadval) yaratish ishlariga rahbarlik qilgan hamda 832-833-yillarda 

Suriya shimolidagi Sinjor dashtida Tadmur va ar-Raqqa oralig'ida er meridiani bir 

darajasining uzunligini aniqlashda qatnashgan. Farg'oniy "Miqyosi Nil”, ya'ni suv 

sathini o'lchaydigan asbob yaratgan.

Bizning davrimizgacha Ahmad Farg'oniyning sakkizta asari etib kelgan, ular 



orasida "Samoviy harakatlar va umumiy ilmi nujum kitobi” dunyo olimlari 

tomonidan hozir ham keng o'rganilmoqda. Olimning "Astronomiya asoslari” 

asari o'n ikkinchi asrdayoq lotin va ivrit tillariga tarjima qilinib, keyinchalik Italiya, 

Germaniya, Frantsiya, Gollandiya va AQSh kabi ko'plab mamlakatlarda qayta-

qayta chop etilgani uning ahamiyatidan dalolat beradi. Allomaning Yerning 

sharsimon ekani borasidagi qarashlarini oradan 800 yil o'tib isbotlagan mashhur 

sayyoh Xristofor Kolumb "Yer meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-

Farg'oniy hisoblarining to'g'riligiga to'la ishonch hosil qildim”, deb yozgan. O'n 

oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga bobokalonimiz nomi berilgan. Misrda, 

Nil daryosining Roda orolida 2007-yili Ahmad Farg'oniyga haykal o'rnatilgani 

barchamizga g'urur-iftixor bag'ishladi. Bularning barchasi dunyo tamadduniga 

ulkan hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizga bo'lgan yuksak ehtiromning amaliy 

ifodasidir. YuNESKO qaroriga muvofiq 1998-yilda Ahmad Farg'oniy tavalludining 

1200 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. Bu buyuk ajdodimizning jahon 

sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan ulkan hissasi, xalqimiz ilmiy salohiyatining yana bir 

e'tirofi bo'ldi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan alloma tug'ilib 

o'sgan Quva shahri va viloyat markazida qomusiy olimga haykal o'rnatildi.



Viloyatda bugungi kunda 15 sayyohlik firmasi faoliyat ko'rsatayotgan 

bo'lib, yaqin kunlarda yana ikkita ana shunday yangi firma ish boshlash 

arafasida turibdi. Rishton kulolchilik an'analariga sayyohlarning qiziqishi 

yildan-yilga ortmoqda. Bu erda tadbirkor G'anisher Nazirov tashabbusi 

bilan sayyohlarni qabul qilish va xizmat ko'rsatish maqsadida kulolchilik 

milliy an'analarini, tarixini o'zida mujassamlashtirgan muzey, 

mehmonxona majmuasi bunyod etilmoqda.

Viloyatimizda chet ellik sayyohlarni jalb etish, ularga zamonaviy xizmat 



ko'rsatish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. 2015-yilga 

qadar turizm sohasini yanada rivojlantirish, xususan, sayyohlik xizmatlari 

ko'lamini kengaytirishga oid ishlab chiqilgan maxsus dastur asosida 

viloyatda turizm litsenziyasiga ega bo'lgan 12 mehmonxona faoliyat 

ko'rsatmoqda. Joriy yilda ularning safiga "Ziyorat”, "Do'stlik”, "Ezgulik 

Orastasi” va "Farg'ona” mehmonxonalari ham qo'shildi.

Yurtimizning nafaqat madaniyati, balki totli, sarxil mevalari, o'ziga xos 



tabiat manzarasi ham ko'pchilikning e'tiborini tortadi. Dastur asosida 

Toshloq tumanida "Akmal – 75” fermer xo'jaligi ko'li, Beshariq 

tumanidagi "Shodoqoziq” va "Sarikalish” fermer xo'jaliklari ko'li qayta 

ta'mirlandi. Sayyohlar baliq ovi orqali hordiq chiqarishi uchun barcha 

qulayliklar yaratildi. Qo'qon o'rmonchilik xo'jaligi hududida esa tabiat 

bilan yaqindan tanishish, ona zaminning bebaho ne'matlaridan 

bahramand bo'lish imkoniyati yaratilgan.

Ayni kunlarda viloyatning sayyohlik salohiyatini yanada rivojlantirish 



borasida ko'plab ishlar olib borilmoqda. Jumladan, xorijiy turistik 

tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari vakillari uchun "Mega-info-

tur” tanishtiruv tadbirlari tashkil etilmoqda.



O'zbekiston o'zining betakror va xushmanzara tabiati, qadimiy va boy madaniy merosi bilan xorijlik 

sayyohlarni o'ziga maftun etib kelmoqda. Bu yurtimizda ekoturizmni yanada rivojlantirish imkoniyatini 

beradi. Farg'ona viloyatida ham ekoturizmni rivojlantirish borasida keng ko'lamli ishlar amalga 

oshirilmoqda. Sayyohlarning tabiat qo'ynida maroqli hordiq chiqarishi, go'zallikdan bahra olishi, 

nabotot va hayvonot olamining nodir namunalari bilan tanishishi uchun qulay sharoitlar yaratilgan.



Go'zal va betakror tabiat, noyob o'simlik va hayvonot 

dunyosi, diqqatga sazovor tarixiy-madaniy obidalar 

ekoturizmni jadal rivojlantirishda muhim omil bo'lmoqda. 

Ekoturizmni rivojlantirishda muhofaza etiladigan tabiiy 

hududlar, tabiiy va tarixiy, me'moriy va arxeologik 

yodgorliklarni hisobga olish, ularni muhofaza qilish alohida 

ahamiyatga ega. Bu borada viloyatda ishlab chiqilgan 

maxsus rejaga ko'ra, 100 dan ortiq hudud va ob'ekt tanlab 

olinib, cho'l, adir va tog' mintaqalarining o'ziga xos 

geohududlari o'rganildi. "Sirdaryo daryosi to'qayzorlari” 

sayyohlik yo'nalishi shulardan biridir. Daryoning chap 

sohilidagi 58 kilometrga cho'zilgan to'qayzorlarni o'z ichiga 

olgan mazkur yo'nalish rang-barang o'simlik va hayvonot 

dunyosi bilan ajralib turadi. O'z navbatida, bu hududda 

muhofaza qilinadigan o'rmonlar, Sariqamish ovchilik, 

Beshariq va Dang'ara baliqchilik xo'jaliklari, Gumxona, 

Qayroqqum kabi tabiat yodgorliklari mavjud. Sirdaryo sohili 

va uning orollaridagi o'rmonlar, tabiiy o'rmonlarni qayta 

tiklash, dorivor o'simliklarni ko'paytirish jarayonlari bilan 

yaqindan tanishish xorijlik sayyohlarga o'zgacha zavq 

bag'ishlaydi. Hududda asalarichilikni rivojlantirish, o'rmonlar 

va suv havzalaridagi hayvonot dunyosini asrash, noyob 

baliq turlarini ko'paytirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. 





Jumladan, qirg'ovul, to'ng'iz, Buxoro bug'usi, qamish mushugi, 

olaqo'zon, bo'rsiq, bahra baliq, kurak burun, mo'yli baliqlarni 

ko'paytirish uchun tabiiy sharoitlar yaratildi. "Markaziy Farg'ona” 

tabiat yodgorligining umumiy maydoni 142,5 gektar bo'lib, uning 122 

gektarini o'rmonlar bilan qoplangan do'ng-marza qumlar, 14 

gektarini qamish, oqbosh, yulg'un o'sadigan pastqamliklar, 6,5 

gektarini sho'rxok yerlar egallagan. Hududda "Qizil kitob”ga kiritilgan 

Farg'ona chipor kaltakesagi, Shtraux qurbaqaboshi, echkiemar, 

tustovuq, to'ng'iz, o'qilon va ko'rmailonlar muhofazaga olingan. Bu 

erdagi boy o'simlik va hayvonot olamidan ilmiy, o'quv-ma'rifiy, estetik 

va turizm maqsadlarida unumli foydalanish mumkin. Viloyatning 

tabiiy suv havzalari bilan bog'liq yodgorliklari, adir 

geokomplekslaridagi ekoturistik ob'yekt va hududlar ham o'ziga xos. 

O'zbekiston tumanida 21 buloq, Uchko'prik va Rishton tumanlarida 2 

buloq, Oltiariq tumanida asriy qayrag'och va sharq chinori, Quva 

tumanidagi Akbarobod qumlari singari sayyohlik ob'yektlari davlat 

muhofazasiga olingan. Beshariq, O'zbekiston, Rishton, Oltiariq, Quva 

va Farg'ona tumanlaridagi adir va tekisliklarda bog'lar barpo etildi. 

Zilha qumlari, Sariqo'rg'on tepaligi, Kitkontepa, Saurbuloq, Yomonjar 

jarlari, qadimiy pistazorlar, Oqbilol g'ori kabi tabiat yodgorliklari 

ekoturistik ob'ektlar ro'yxatini yanada kengaytiradi. Ekoturizm 

nafaqat daromad manbai, balki aholi bandligini ta'minlash va 

turmush darajasini yuksaltirish, asl tabiat ne'matlarini asrash va 

muhofaza qilishda eng samarali vositadir. Viloyat hokimligi 

tomonidan hududda turizm sohasini yanada rivojlantirish va turizm 

xizmatlari eksportini oshirishni ta'minlashga qaratilgan 2016-2017-

yillarga mo'ljallangan tadbirlar dasturi ishlab chiqilgan. Mazkur hujjat 

ijrosi doirasida ekoturizm rivojini xalqaro tajribalar asosida yangi 

bosqichga ko'tarish ishlari izchil olib borilayotir 




E’TIBORINGIZ 



UCHUN RAHMAT

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish