2.2. Xom-ashyo va materiallarni hisobga olish tizimlarini va tannarxini
hisoblash usullarini taqqoslash.
TMZlarni davriy (joriy) hisobga olish
Joriy hisobga olish tizimini qo‘llashda yil davomida TMZning har birining
batafsil hisobi yuritilmaydi. Tovar-moddiy zahiralarning haqiqiy mavjudligi
inventarizatsiyasi natijalari bo‘yicha aniqlanadi. Sotilgan TMZning tannarxini
inventarizatsiya yakunlanmaguncha aniqlab bo‘lmaydi, chunki sotilgan TMZ
tannarxini hisoblash quyidagi formula bilan topiladi:
ZK+ZR=ZT-ZK1=ZR, bunda
ZK - hisobot davri boshiga bo‘lgan TMZ qoldig‘i;
ZR - kelib tushgan TMZ;
ZT – sotishga tayyor TMZ tannarxi;
ZK1 - hisobot davri oxiriga bo‘lgan TMZ tannarxi;
ZR – sotilgan TMZ tannarxi.
Joriy hisobga olish tizimini qo‘llaganda, tovar-moddiy zahiralarning balans
schyotlaridagi qoldig‘i inventarizatsiya yakunlanmaguncha boshlang‘ich darajada
qoladi. TMZning butun harakati xarajatlarning vaqtinchalik schyotlarida aks
ettiriladi, masalan, metariallarning xaridi «Tovar-moddiy zahiralar»balans schyotida
emas, balki 1510 – «Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debetida
aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida TMZ qoldiqlarining inventarizatsiyasi
natijalari bo‘yicha TMZni hisobga olish balans schyotlarining debetlanishi yoki
kreditlanishi, «Tovar-moddiy zahiralar bo‘yicha tuzatishlar» yoki «Materiallarni
xarid qilish bo‘yicha xarajatlar» schyotlari bilan o‘zaro aloqoda tuzatuvchi yozuvlar
amalga oshiriladi. Butun hisobot davri davomida sotilgan TMZning tannarxi «Tovar-
2
“Tovar moddiy zahiralar (BHMS 4)”
19
moddiy zahiralar bo‘yicha tuzatishlar» schyotining qoldig‘iga tuzatilgan,
«Materiallarni tayyorlash va xarid qilish» schyotining debeti bo‘yicha yig‘ilib
boriladi.
TMZni doimiy hisobga olish tizimini qo‘llaganda TMZning balans
schyotlarida tovar-moddiy zahiralar qabul qilinishi va chiqib ketishi batafsil aks
ettiriladi. TMZni joriy hisobga olishda qo‘llaniladigan xarajatlarning vaqtinchalik
schyotlarida bu holda qo‘llanilmaydi. Masalan, mol yetkazib beruvchilardan
tovarlarni sotib olish:
Dt 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid kilish”
Kt 5010 “Milliy valyutadagi pul mablaglari”
– nakd pulga
K-t 6010
“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga tulanadigan schyotlar
‖
– kreditga olishda.
Hozirgi vaqtda davriy hisob tizimi asosan ulgurji va chakana savdoda, xizmat
ko‘rsatadigan soxalarda, bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi, va uning ishlab
chiqarishda xomashyo va materiallarning unchalik katta bo‘lmagan turlari va oddiy
jarayonni qo‘llagan sanoat korxonalarda foydalaniladi.
Uzluksiz hisobdan farkli ravishda davriy hisobda tovarlar sotilganda ularning
xaqiqiy tannarxi muntazam ravishda hisobdan chiqarilmaydi, chunki ushbu tannarx
faqat hisobot davrining oxirida aniqlanadi.
Inventarizatsiya natijasida ―Tovarlar‖ schetiga quyidagicha o‘zgartirishlar
kiritiladi:
- agar hisobot davrining oxirida tovarlar qoldig‘i ushbu davrning boshidagi
qoldiq qiymatidan ko‘proq bo‘lsa:
Dt 2910 “Tovarlar
”
Kt 9150 “Davriy hisobda TMZ bo’yicha tuzatishlar”
- agar hisobot davrining oxirida tovarlar qoldig‘i ushbu davrning boshidagi
qoldiq qiymatidan kamroq bo‘lsa:
Dt 9150 “Davriy hisobda TMZ bo’yicha tuzatishlar”
Kt 2910 “Tovarlar
”
TMZ larni uzluksiz (doimiy) hisobga olish
TMZni uzluksiz hisobga olish tizimini qo‘llaganda TMZning balans
hisobvaraqlarida tovar-moddiy zahiralarning kelib tushishi va chiqib ketishi batafsil
20
aks ettiriladi. TMZni davriy hisobga olishda qo‘llaniladigan xarajatlarning
vaqtinchalik hisobvaraqlari bu holda qo‘llanilmaydi. Natijada butun hisobot davri
davomida: TMZning ma‘lum turlarining borligi va sotilgan zahiralarning tannarxi
ma‘lum. Sotilgan TMZning tannarxi sotilish bo‘yicha «Sotilgan mahsulot (tovar)
tannarxi» hisobvarag‘ida aks ettiriladi.
TMZ larni uzluksiz va davriy hisobga olish tizimlari orasida farqlar
Buxgalteriya hisobida uzluksiz va davriy tizimlarning asosiy farqi shuki,
uzluksiz hisob tizimiga muvofiq «Tovarlar» schyotida doimo yangi xaridlar, sotuvlar
va tovarlar bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa muomalalar aks ettiriladi. Zahiralarning
davriy hisob tizimi yuritilganda ushbu schyot tamoyil bo‘yicha ma‘lumotlar hisobot
davrining
oxirida
mavjud
tovar-moddiy
zahiralarning
inventarizatsiyasi
o‘tkazilmaguncha, boshlang‘ich holida qoladi. Natijada davriy hisob tizimi sharoitida
ishlatiladigan «Tovarlarning xaridi», «Sotib olingan tovarlarning qaytarib berilishi va
narxining pasaytirilishi», «Xaridorlardan chegirmalar» va «Tovarlarni sotib olish
bo‘yicha transport xarajatlari» kabi schyotlar zahiralarni uzluksiz hisobga olish tizimi
sharoitida ishlatilmaydi.
Uzluksiz hisob tizimi qo‘llanilganda yilning oxirida "Tovarlar"
hisobvaraqlaridagi qoldiqni tuzatish va "Yakuniy daromad (zarar)" hisobvarag‘ining
debeti va krediti bo‘yicha tegishli o‘tkazmalarni berish zaruriyati bo‘lmaydi, chunki
tovarlar harakati doimo "Tovarlar" hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Xuddi shu sababli
hisob registrlarida hisobot davrining oxiriga qoldiqni aniqlash talab etilmaydi.
Faqatgina "Sotilgan mahsulotning tannarxi" hisobvarag‘ining qoldig‘ini "Yakuniy
daromad (zarar)" hisobvarag‘iga ko‘chirish kerak bo‘ladi.
Ishlab chiqarishga kiritilgan xom-ashyo va materiallar tannarxini aniqlash usullarini
taqqoslash.
Korxona faoliyatining moliyaviy ko‗rsatkichlari ishlab chiqarish zahiralarini
baholash usullaridan qaysinisi tanlanganiga ham bog‗liq. Tovar-moddiy zahiralar yil
davomida har xil baholarda sotib olinganligi sababli, ularning to‗g‗ri
baholanganligini aniqlash asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ishlab chiqarish
zahiralarining yakuniy qiymatini maxsus baholash usullari yordamida tartibga solish
21
mumkin. Tekshiruv usuli korxonada tovar-moddiy zahiralarni hisobdan o‗chirishning
qaysi uslubi (har xil moddiy boyliklar uchun ular xilma-xil bo‗lishlari mumkin)
qo‗llanilishiga bog‗liq.
Agar korxonaning hisob siyosatida tovar-moddiy boyliklarni baholashning FIFO
metodi belgilangan bo‗lsa, u holda ular oy boshiga mavjud bo‗lgan zahiralar
qoldig‗ining tannarxini hisobga olgan holda, birinchi sotib olingan zahiralar bahosida
ishlab chiqarishga sarflanishi lozim. Balansda esa moddiy boyliklarning qoldiqlari
so‗ngi sotib olingan, ya‘ni qimmatroq xarid baholari bo‗yicha ko‗rsatilishi lozim.
Agar zahiralar o‗rtacha tannarx (AVECO usuli) bo‗yicha baholansa, o‗rtacha
bahoning hisob-kitob qilinganligini aniqlashi zarur.
Korxona zahiralarni so‘nggi xarid narxlarida (LIFO) baholash usuli qo‘llanilsa,
TMZ lar oxirgi sotib olinganlari bahosida ishlab chiqarishga kritiladi.
Endi bu uch usuldan foydalanishning natijalaini o‘zaro taqqoslab, baho bersak.
Bunda biz yuqori bo‘limlarda foydalangan misolimizning natijalaridan foydalanamiz:
6-jadval
№
Holatlar
TMZ tannarxini hisoblash usullari
FIFO
AVECO
LIFO
1 Boshiga qoldiq
0
0
0
2 Xaridlar
1 072 100
1 072 100
1 072 100
3 Sarflar
453 760
454 720
456 960
4 Oxiriga qoldiq
618 340
617 380
615 140
Do'stlaringiz bilan baham: |