1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
―BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT‖ KAFEDRASI
«MOLIYAVIY HISOB»
fanidan
KURS ISHI
Mavzu: Ishlab chiqarishga sarflangan xom-ashyo va materiallar tannarxini
hisoblash usullari.
Bajardi:
52-10 guruh talabasi F. Mullajonov
Qabul qildi:
A. Ermatov
Qabul qilib olingan
sana «____»______________ 2013 y.
Farg’ona – 2013 y.
2
Reja:
I.
Kirish.
1.1.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda xom-ashyo va
materiallarning o‘rni va bu sohada hisobning vazifalari.
II.
Asosiy qisim:
2.1.
Ishlab chiqarishga sarflangan xom-ashyo va materiallar tannarxini
hisoblash usullari.
2.2.
Xom-ashyo va materiallar tannarxini hisoblash usullarini taqqoslash.
2.3.
Xom-ashyo va materiallar tannarxini hisoblash usullarini
rasmiylashtirish va hujjatlarda aks ettirish.
2.4.
Ishlab chiqarishga kiritilgan xom-ashy ova materiallar tannarxini
hisoblash ―O‘z Hanwoo Engeenering‖ O‘zbekiston – Korea qo‘shma
korxonasi misolida.
III.
Xulosa va takliflar.
3.1.
Korxonalarga tavsiya etiladigan usullar.
IV.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
V.
Ilovalar.
3
I.
Kirish.
1.1.
Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etishda xom-ashyo va
materiallarning o’rni va bu sohada hisobning vazifalari.
Ishlab chiqarishning moddiy sharoitlaridan biri mehnat buyumlari hisoblanadi.
Amalda ular materiallar deb ataladi. Asosiy vositalardan farq qilib, materiallar bir
ishlab chiqarishish jarayonida o‘zining qiymatini to`la ravishda mahsulot tannarхiga
o`tkazadi. Хom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg`i, ehtiyot qisimlar
korхona oborot mablag`larini tashkil qiladi. Oborot mablag`larining korхona uchun
umumiy miqdori yuqori tashkilotlar, ya`ni tegishli vazirlik tomonidan belgilanadi.
Materiallarning хar bir turi bo`yicha normativ miqdori korхona tomonidan mustaqil
ravishda belgilanadi. Har bir ishlab chiqarish korхonasida mahsulot ishlab
chiqarishish jarayonining to‘хtovsiz davom etib turishida belgilangan normativga
rioya qilinishi muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiyotni
erkinlashtirish
sharoitida
korxonalarda ishlab chiqarish
zahiralaridan foydalanish ustidan nazoratni kuchaytirish, ularning oqilona
sarflanishiga rioya qilish, mahsulot tannarxida moddiy xarajatlarning salmog‘ini
minimallashtirish masalalariga alohida e‘tibor beriladi. Eng avvalo, materiallarni
to‘g‘ri, tejamli sarflash korxona faoliyatini rivojlantirishda va bu orqali mamlakat
iqtisodiyotini gullab-yashnashida, aholining moddiy farovonligini oshirishda muhim
omil hisoblanadi.