G‘. N. Mahmudov


Oddiy tuzilishga ega bo‘lgan akkumulator  batareyalari



Download 9,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/314
Sana16.01.2022
Hajmi9,8 Mb.
#375894
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   314
Bog'liq
2 5319092721493742197

          Oddiy tuzilishga ega bo‘lgan akkumulator  batareyalari 
 
 
Akkumulator  batareyasi  bitta  ko‘p  bo‘limli  yaxlit  qobiqqa  yig‘iladi  (1.35-
rasm).  Yaxlit  qobiq  (12)  kislotaga  chidamli,  mexanik  mustaxkamligi  va 
izolyatsiya xususiyatlari yuqori bo‘lgan materiallardan tayyorlanadi. 
Yaxlit  qobiq    bo‘linmasiga  joylashtirilgan  va  qopqoq  bilan  yopilgan 
plastinalar bloki nominal kuchlanishi 2 V bo‘lgan akkumulator elementini tashkil 
qiladi.  Akkumulator  elementlar  aro  qo‘rg‘oshin  ulagichlar  yordamda  batareyaga 
birlashtiriladi.  Qopqoqlar  alohida  bo‘lgan  akkumulatorlarda  ulagichlar 
tashqaridan,  ya’ni  qopqoqlarni  ustidan  o‘tadi.  Akkumulatorlarni  ketma-ket  ulab 
batareya  hosil  qilish  uchun  ulagichning  bir  uchi  musbat  plastinalar  yarim 
blokining  bortiga  kavsharlanadi,  ikkinchi  uchi  esa  keyingi  bo‘linmada 
joylashtirilgan  manfiy  plastina  yarim  blokining  bortiga  kavsharlanadi  va  xakozo. 
Ikkita  eng  chekkadagi  akkumulatorning  bornlariga  qutb  chiqish  joylari  va  
kavsharlanadi.  Musbat    va  manfiy    chiqish  joylarining  diametri  har  hil  qilib 
ishlangan  bo‘lib,  bu  akkumulatorlarni  avtomobilning  tok  tarmog‘iga  to‘g‘ri 
ulanishini ta’minlaydi.  
Ko‘p  yillar  davomida  yaxlit  qobiq  yasash  uchun  ebonit  ishlatildi.  Ebonit 
kislotaga  chidamli  va  yaxshi  izolyator,  lekin  uning  zarur  mexanik 
mustahkamligini  ta’minlash  uchun  devorchalarining  qalinligi  9...12  mm  bo‘lishi 
kerak. Bu batareyaning  vaznini  ortib ketishiga olib keladi. Bundan tashqari, atrof 
muhitning  harorati  pasayishi  bilan  ebonit  juda  ham  mo‘rt  bo‘lib  qoladi.  SHu 
sababli  hozirgi  vaqtda  yaxlit  qobiqlar  termoplast  (to‘ldirilgan  polietilen), 


 
54 
polipropilen va polistorol kabi materiallardan tayyorlanmoqda. Bu materiallarning 
yuqori  mustahkamligi  yaxlit  qobiq  devorchalarining  qalinligini  1,5…3,5  mm 
gacha  va batareyaning og‘irligini esa 5 barobar kamaytirish imkoniyatini beradi. 
Plastmassadan  tayyorlangan  yaxli  qobiqning    yetarli  darajada  tiniqligi 
batareyadagi elektrolit sathini bemalol tashqaridan nazorat qilish imkonini beradi.  
 
Yaxlit  qobiqning  bir-biridan  ajratilgan  bo‘linmalarida  bir  blokga  yig‘ilgan 
plastinalar (2,3) va separatorlar (1) joylashtiriladi. Oddiy separatorli batareyalarda 
har  bir  bo‘linmaning  pastki  qismida  musbat  va  manfiy  plastinalar  tayanadigan 
to‘rtta  qovurg‘a  (13)o‘rnatilgan  bo‘lib,  ularning  orasida  hosil  bo‘lgan  bo‘shliqda 
batareyaning  ishlash  jarayonida  plastinalardagi  aktiv  massadan  uqalanib 
tushadigan  cho‘kma  yig‘iladi  va  plastinalar  aro    qisqa  tutashuv  bo‘lishidan 
saqlaydi.  
 
Yaxlit  qobiqning  bir-biridan  ajratilgan  bo‘linmalarida  bir  blokga  yig‘ilgan 
plastinalar (2,3) va separatorlar (1) joylashtiriladi. Oddiy separatorli batareyalarda 
har  bir  bo‘linmaning  pastki  qismida  musbat  va  manfiy  plastinalar  tayanadigan 
to‘rtta  qovurg‘a  (13)o‘rnatilgan  bo‘lib,  ularning  orasida  hosil  bo‘lgan  bo‘shliqda 
batareyaning  ishlash  jarayonida  plastinalardagi  aktiv  massadan  uqalanib 
tushadigan  cho‘kma  yig‘iladi  va  plastinalar  aro    qisqa  tutashuv  bo‘lishidan 
saqlaydi.  
 
Elektrolit  sathini  yoki  zichligini  o‘lchash  jarayonida  plastinalar  hamda 
separatorning  yuqori  qismini    yemirilishdan  saqlash  maqsadida  ular  ustiga 
1-35 rasm. Oddiy tuzilishga ega bo‘lgan akkumulator batareyasi  
1-separator,    2-  musbat  plastinalar,    3  -  manfiy  plastinalar,  4  -  baretka,  5  -  saqlovchi 
to‘siq,  6  -  ko‘prikcha,  7  -  qopqoq,  8  -  elektrolit  va    distillangan  suv  quyish  tuynugi,   9  – 
elementlar  aro  ulagich,    10  -  tiqin,  11  -  qutb  qulog‘i,  12  –  yaxlit  qobiq,  13  -  tayanch 
qovurg‘asi. 
 


 
55 
kislotaga  chidamli  plastmassadan  tayyorlangan  g‘alvirsimon  saqlovchi  to‘siq  (5) 
o‘rnatiladi.  
 
Ebonit  yoki  plastmassadan  tayyorlangan  qopqoq  (7)  akkumulatorlarning 
alohida  bo‘linmalarini  yopadigan  qilib  tayyorlanadi.  Alohida  qopqoqning  atrofi 
kislotaga  chidamli  maxsus  bitumli  mastika  bilan  zichlashtiriladi.  Har  bir 
qopqoqning  (1.36-rasm)  uchta  doirasimon  tuynugi  bo‘lib,  ikkita  chekkasidagi 
plastina yarim bloklarining qutb quloqchalarini (2) chiqarish uchun mo‘ljallangan 
bo‘lsa  o‘rtadagi  rezbali  tuynuk  (3)  akkumulatorga  elektrolit,  distillangan  suv 
quyish,  elektrolit  sathi  va  zichligini  o‘lchash  uchun  xizmat  qiladi.  Plastina  yarim 
bloklarining  qutb  quloqchalarini  kavsharlash  va  tegishli  germetik  zichligini 
ta’minlash maqsadida qopqoqning ikki chekkadagi tuynugiga qo‘rg‘oshin halqalar 
(1) preslanib joylashtiriladi. 
 
Akkumulatorlarning  rezbali  tiqinlari  (1.37-rasm)  ebonitdan,  polietilendan, 
polistirol yoki fenolitdan tayyorlanadi. Ish jarayonida akkumulatorlar ichida hosil 
bo‘ladigan  gazlarni  tashqariga  chiqishi  uchun  tiqinlarda  maxsus  shamollatish 
tuynugi  qo‘yiladi.  Avtomobil  harakatlanganda  elektrolit  chayqalib  shamollatish 
tuynugi orqali sachramasligi uchun tiqinning pastki qismida to‘siq (4) o‘rnatiladi. 
Yangi konstruksiyaga ega bo‘lgan tiqinlarda to‘siq gulbarg shaklida (6) ishlangan. 
Akkumulator  qopqoqi  bilan  tiqin  orasidagi  zichlik  rezina  halqa  3  yoki 
zichlashtiruvchi quyim 5 yordamida ta’minlanadi.  
 
Yangi,  elektrolit  quyilmaydigan  akkumulatorlarda  plastinalarni  oksidlanib 
1.36-rasm. Akkumulator qopqog‘i 
1-  qo‘rg‘oshin  vtulka,  2-qutb  qulog‘i-
ning 
chiqish 
joyi, 
3-elektrolit, 
distillangan suv quyish tuynugi  
1.37-rasm. Akkumulator tiqinlari: 
a-rezina  halqali  va  o‘rnatilgan  qaytargichli  tiqin;  b-
gulbargsimon qaytargich va rezina halqasiz tiqin; 1-qobiq; 2-
plastmassa  quyilma;  3-  rezina  halqa;  4-qaytargich;  5-
zichlashtiruchi quyim; 6-gulbargsimon qaytargich  
1.38-rasm  Akkumulator elementlarini o‘zaro ulash uslublari 


 
56 
qolishini oldini olish uchun tiqinlarning shamollatish tuynugi plastmassa quyilma 
(2)  bilan  yopilgan  bo‘ladi.  Akkumulatorga  elektrolit  quyilganda  keyin  ushbu 
quyilma qirqib tashlanishi va shamollatish tuynugi ochib qo‘yilishi zarur. 
Akkumulator  elementlari,  turli  tuzilishga  ega  bo‘lgan  elementlararo 
ulagichlar  yordamida  batareyaga  birlashtiriladi.  Qopqoqlari  alohida    bo‘lgan  
akkumulatorlarda  ulagichlar  tashqaridan  o‘tadi  (1.38-rasm,a).  Umumiy  qopqoqli 
akkumulatorlarda  ulagichlar  elementlararo  to‘siqlar  ustidan  (1.38-  rasm  ,b)  yoki 
bevosita    to‘siq  orqali    (1.38-  rasm  ,  c)  o‘tkaziladi.  Bu  ko‘rinishdagi,  ya’ni 
kaltalashtirilgan elementlararo  ulagichlar, akkumulyatorlarning  ichki  qarshiligini 
,  qo‘rg‘oshin  sarfini  va,  demak,  akkumulator  batareyasining  umumiy  vaznini 
kamaytirish imkonini beradi. 
 

Download 9,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish