52
-
uchinchi raqam (55) batareyaning
amper-soat
dagi nominal sig‘imini
ko‘rsatadi;
-
keyingi harf yoki raqamlar batareyani tuzilishi, unda ishlatilgan materiallar
haqida qo‘shimcha ma’lumot beradi. Masalan: A- umumiy qopqoqli, З- elektrolit
quyilgan va to‘la zaryadlangan, Э (T)- yaxlit qobiq ebonitdan (yoki
termoplastdan) tayyorlangan, M(P) - separator materiali miplast(yoki mipor), П-
polietilendan tayyorlangan separator-konvert, «неслуживаемая» so‘zi – «xizmat
ko‘rsatilmaydigan» batareya.
Bundan tashqari batareyaning belgisi quyidagi ma’lumotlarni ham ko‘rsatishi
kerak:
-
ishlab chiqargan korxonaning tovar belgisi;
-
«+» va «−» qutblarining belgisi;
-
tayyorlangan sanasi (ikkita raqam – oy, ikkita raqam – yil);
-
batareyaning og‘irligi (agar og‘irligi
10 kg
va undan ortiq bo‘lsa);
-
nominal sig‘imi,
amper-soat
da;
-
nominal kuchlanishi,
V
da;
-
sovuq aylantirish toki,
A
da.
Evropada ishlab chiqarilgan akkumulator batareyalari besh raqamli (DIN
bo‘yicha) yoki to‘qqiz raqamli (ETN bo‘yicha) kodlar bilan belgilanadi.
DIN va ETN bo‘yicha birinchi uchta raqam batareyaning kuchlanishi va
sig‘imi haqida ma’lumot beradi.
6 V li batareyalar uchun birinchi uchta raqam (001 dan 499 gacha) akkumu-
lyator batareyasini 20 soatlik razryadlanishidagi nominal sig‘imiga mos keladi. 12
V li batareyalarda esa sig‘imini aniqlash uchun birinchi uchta raqamdan (501 dan
799 gacha) 500 sonini ayirish kerak.
Masalan “55565” (DIN) yoki “555065042” (ETN) belgisiga ega bo‘lgan
batareyaning sig‘imi 55
amper-soat
ni tashkil qiladi. Agar 68032 yoki 68032100
bo‘lsa, mos ravishda batareyaning nominal sig‘imi 180
amper-soat
bo‘ladi va
xakozo.
DIN bo‘yicha oxirgi koddagi ikkita raqam, ETN bo‘yicha esa ikkinchi uchta
raqam batareyani yasalish varianti chiqish qisqichlarining holati, mahkamlovchi
elementlar yoki qopqoq tuzilishiga oid ma’lumotlarni beradi.
ETN bo‘yicha to‘qqiz raqamli kod bilan belgilangan oxirgi uch raqam sovuq
aylantirish tokining 0,1 qiymatini ko‘rsatadi. Masalan, yuqorida keltirilgan to‘qqiz
raqamli kodga ega bo‘lgan batareyalarda (555 065 042, 680 032 100) sovuq
aylantirish toki mos ravishda
420 A
va
1000A
ni tashkil qiladi. “562 103 064”
kodi bilan belgilangan batareyaning nominal sig‘imi 62
amper-soat
, sovuq
aylantirish toki esa
640A
ni tashkil qiladi.
Amerika batareya ishlab chiqaruvchilar o‘zlarining mahsulotlarini SAE
standarti talablari asosida belgilaydilar. Belgi batareyaning tur va o‘lchamlar
guruhi va
-18
0
C
dagi sovuq aylantirish tokini ifodalaydi. Masalan: A27500: 27-
guruh (306x173x225mm), tok
500A
.
Do'stlaringiz bilan baham: