154
ochilmaslik va o‘t oldirish
tizimini ishlamaslik hollarini
vujudga
keltiradi.
Ishlatish
davrida qo‘shimcha mehnat va
vaqt sarf
qilib,
muntazam
ravishda,
uzgich
kontaktlarining tutashib turish
burchagini
rostlab
turish
ehtiyoji
ham
kontakt-
tranzistorli
o‘t
oldirish
tizimining
kamchiliklariga
kiradi.
Zamonaviy avtomobillarda
keng
tatbiq
topayotgan
kontaktsiz-tranzistorli
o‘t
oldirish
tizimlari
yuqorida
keltirilgan
kamchiliklardan
holidir.
Bu
o‘t
oldirish
tizimlaridagi asosiy yangilik -
uzgich kontaktlarining yo‘qligidir. Uning vazifasini kontaktsiz datchiklar bajaradi.
Kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimlari bir-biridan asosan datchiklarning turi
va tuzilishi bilan farq qiladi.
Magnitoelektr datchik (3.23-rasm) uzgich-taqsimlagich 2 valiga o‘rnatilgan
doimiy magnit 3 va o‘zakka o‘ralgan stator chulg‘ami 4 dan iborat. Doimiy
magnit aylanganda uning magnit maydon ta’sirida stator chulg‘amida o‘zgaruv-
chan EYUK induksiyalanadi. Datchik kuchlanishining musbat yarim davri
qiymati ta’sirida tranzistor 5 ochiladi va akkumulatorlar batareyasi 8 dan o‘t
oldirish g‘altagi 6 ning birlamchi chulg‘ami hamda tranzistorning kollektor-
emitter o‘tish joyi orqali birlamchi tok I
1
o‘ta boshlaydi. Datchik kuchlanishi
manfiy bo‘lganda tranzistor yopiladi, o‘t oldirish g‘altagining birlamchi
chulg‘amidan o‘tayotgan tok zanjiri uziladi va ikkilamchi chul-g‘amda yuqori
kuchlanish induksiyalanadi. Shunday qilib, datchik magniti bir aylanganda
chulg‘am 4 da EYUK ning bitta musbat va bitta manfiy impulsi mavjud bo‘ladi va
natijada tranzistor bir marta ochilib, bir marta yopiladi, ya’ni o‘t oldirish
g‘altagida yuqori kuchlanishning bir impulsi hosil bo‘ladi. Ko‘p silindrli
dvigatellar uchun datchikning juft magnit qutblar soni, silindrlar soniga teng
bo‘lishi kerak. 3.22-rasmda 4 silindrli dvigatellar uchun mo‘ljallangan
magnitoelektr datchikning sxemasi keltirilgan.
Magnitoelektr datchik ishlashining o‘ziga xos tomonlaridan biri, stator
chulg‘amida hosil bo‘ladigan EYUK amplitudasi doimiy mag-nitni, ya’ni tirsakli
valning aylanishlar chasto-tasiga bog‘liqligidir. Aylanish chastotasi ortishi bilan
EYUK amplitudasi ham ortadi. Bu esa tranzistor ochilishi va yopilishi va demak
o‘t oldirish daqiqasi o‘zgarishiga olib keladi.
3.22-rasm. Magnitoelektr datchikli
kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish
tizimi.
156
maqsadda, o‘zidan yorug‘lik chiqaruvchi diodlar ishlatilishi fotoelektr
datchiklarni keng tatbiq qilish imkonini yaratmoqda. Masalan, o‘zimizning
mamlakatimizda chiqarilayotgan Matiz avtomobilining o‘t oldirish tizimida aynan
fotoelektr datchik o‘rnatilgan.
Mikroelektronikaning rivojlanishi tufayli kontaktsiz o‘t oldirish sistemalarida
Xoll effektiga asoslangan yarim o‘tkazgichli datchiklar ishlatila boshlandi. Xoll
elementi germaniy, kremniy va boshqa yarim o‘tkazgichlardan tayyorlangan
yupqa (
Do'stlaringiz bilan baham: