Microsoft Word 13-атэ-лотин-маъруза doc


Avtomobillarga TXK texnologik jarayonlarini tashkil qilish



Download 0,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/126
Sana16.01.2022
Hajmi0,81 Mb.
#375754
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126
Bog'liq
Microsoft Word 13-àòý-ëîòèí-ìàúðóçà doc

2.Avtomobillarga TXK texnologik jarayonlarini tashkil qilish.
 TXK texnologik 
jarayoni va uni tashkil qilish ish rejalarini o'z vaqtida bajarish uchun kerak bo'lgan ishchi 
postlari va joylarning soni bilan aniqlanadi. 
TXK  ishlarini  bajarilishi  va  taqsimlanishi  uchun  kerak  bo'lgan  ishchi  postlari, 
ularning  soniga  va  tashkil  etilishiga  asosan,  universal  va  maxsus    turlarga  bo'linadi.  Bu 
ishchi postlari o'z navbatida, boshi berk va boshi ochiq bo'lishi mumkin. qulayligiga qarab 
ketma-ket yoki parallel joylashadi. 
Maxsus postlarning ketma-ketlikda joylashishi oqimli qatorni tashkil etadi. 


 
80 
Universal  postlarda  TXK  ni  tashkil  qilish.  Bu  usulda,  TXK  dagi  barcha  ishlar  bir 
postda  bir  guruh  maxsuslashgan  yoki  universal  ishchilar  yordamida  amalga  oshiriladi. 
Texnologik jarayonni boshi berk yoki boshi ochiq ishchi postlarida tashkil qilinadi. Boshi 
berk postlar asosan 1-TXK va 2-TXK da, boshi ochiq postlar esa KXK da qo'llaniladi. 
Bu usulni kamchiligi avtomobillarni postlarga qo'yish va olishda vaqtning ko'proq 
ketishi,  atrof-muhitni  ifloslanishi  va  universal  ishchilar  ishlaganda,  ko'proq  ish  haqi 
to'lanishidan iborat. 
TXK ni maxsus postlarda tashkil qilish. TXK ni maxsus postlarda bajarishni tashkil 
qilish,  TXK  dagi  barcha  ishlarni  maxsus  postlarga  bo'lib  yuborish  va  shu  postlarda 
maxsus  mutaxasislikka  ega  bo'lgan  ishchilarni  ishlashidan  iboratdir.  Bu  vaqtda  har  bir 
post o'ziga yarasha uskuna va jihozlar bilan ta'minlanadi, hamda barcha ishlar oqimli yoki 
operatsion-post usulida tashkil etiladi. 
Oqimli  usulda  postlar  ketma-ket  yoki  yonma-yon  joylashishi  mumkin.  Bu  usulda 
asosiy shartlardan biri avtomobilni har bir postda bir xil vaqtdan bo'lishi kerakligidir. Bu 
esa  har  bir  postdagi  ish  hajmiga  va  ishchilar  soniga  bog'liq  bo'lib,  quyidagi  talab 
bajarilishi kerak: 
=
ўр
0
P
t
 t 
=
 const 
    bu yerda
:     t
o
 - har bir postda bajariladigan ish hajmi, ishchi soat 
Ro'r- har bir postdagi o'rtacha ishchilar soni,ishchi 
t - avtomobillarni postda bo'lish vaqti,soat 
 
Bunday  postlarning yig'indisi oqimli qatorni tashkil etadi. TXK jarayonini bunday 
tashkil  qilish  usulida,  avtomobilni  postdan  postga  o'tish  vaqti  kamayadi,  egallanadigan 
ishlab chiqarish maydoning yuzasi kamayadi va konveyr qo'llash imkoniyati tug'iladi. 
Bu  usulning  kamchiligi  postlarda  bajariladigan  ish  hajmini  o'zgartirish  mumkin 
emasligi  va  qo'shimcha  ishchilarni  ushlab  turish  (ish  hajmining  oshishini  inobatga  olib) 
mumkin  emasligidadir.  Oqimli  qatorlar  to'xtovsiz  oqimli  qator  va  to'xtab-to'xtab 
harakatlanuvchi oqimli qator kabi turlarga bo'linadi. 
To'xtovsiz  oqimli  qatorda  TXK,  avtomobil  postdan-postga  to'xtovsiz  harakatlanib 
turishida  amalga  oshiriladi.  Bu  usul  asosan  KX  da  qo'llaniladi.  Bunda  konveyr  tezligi 
Vk
=
0,8-1,5 m
/
min, avtomobillar orasidagi masofa U
=
1,2-4 m ni tashkil etadi. 
To'xtab-to'xtab  harakatlanuvchi  oqimli  qator  deb,  avtomobilga  TXK  da 
konveyrning  to'xtab  turishi  va  postdan-postga  o'tishida  harakatlanishi  tushiniladi.  Bu 
usulni  KXK  da  qo'llab  bo'lmaydi,  chunki  KXK  da  mexanizatsiyalanish  va 
avtomatlashtirilgan moslamalar qo'llaniladi hamda bu yerda tezligi 10 - 15 m
/
min bo'lgan 
konveyrlar  qo'llaniladi.  Ishchi  posti  uzunligi    Li.p 
=
  La 
+
  U,  m  ga,  ya'ni  La-avtomobil 
uzunligining va ikki avtomobil orasidagi masofaning(U) yig'indisiga teng bo'ladi. 
Operatsion post usulida, TXK dagi ish hajmi bir necha maxsus postlarga agregat va 
mexanizm  turlari  bo'yicha  bo'lib  yuboriladi  (1-oldi  ko'prik,  2-orqa  ko'prik,  3-  uzatmalar 
qutisi va h.k.). 


 
81 
Bu  usulda  TXK  boshi  berk  postlarda  bajariladi  va  har  bir  postda  avtomobillarni 
turish  vaqti  bir  xil  bo'lishi  kerak.  Avtomobillarni  har  qanday  postga  qo'yish  mumkinligi 
ishlarini  tez  va  sifatli  bajarishga  imkon  yaratadi,  ammo  avtomobilning  postdan-postga 
o'tish  vaqti  ko'pligi  tufayli,  atrof-muhitni  ifloslantirishni  ko'paytiradi.  Bu  usulda, 
avtomobillarga  TXK  ishlari  bir  necha  bo'laklarga  bo'linib,  bir  necha  kunda  o'tkazilishi 
maqsadga muvofiq bo'ladi. 
TXK  usulini  tanlash  tartibi  -  TXK  texnologik  jarayonini  tashkil  etish  usulini 
tanlash,  avtomobillar  soni  va  turiga,  TXK  ga  ajratilgan vaqtga, ba'zi bir operatsiyalar va 
TXK jarayonlar ish hajmiga va avtomobil liniyada ishlash vaqtiga bog'liq bo'ladi. 
Hozirgi vaqtda, har bir smenada avtomobillarga TXK lar soniga va ularning turiga 
qarab usul tanlanadi (1-TXK lar soni 11-13 ta, 2-TXK lar soni 3 va undan ortiq bo'lganda 
oqimli qator, kam bo'lsa, universal postlar qabul qilinadi). 
 

Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish