4-MAVZU: YaDRO TUZILIShI VA HUJAYRANING BO‘LINIShI
MAVZUNING MASQADI
. Yadro va hujayraning bo‘linishini o‘rganish.
K
Е
RAKLI JIHOZLAR:
mikroskop, lantset, pintset, pipetka, filtr qog‘oz,
buyum va qoplag‘ich oynalar, suv, glitserin, sudan III eritmasi, osmiy kislotasi,
piyoz ildizi va doimiy preparatlar.
UMUMIY TUShUNShA.
O‘simliklar hujayrasi ko‘payish xususiyatiga
ega. Ular uch xil: oddiy, ya'ni amitoz, murakkab; ya'ni mitoz(karikinetik) va reduk-
tsion, ya'ni meyoz yo‘l bilan bo‘linadi.
Oddiy bo‘linishda (amitoz), hujayra ikki tamonga tortilib bo‘linadi, ba'zan
esa hujayraning o‘zi ikkiga ajraladi. Bu xildagi bo‘linish hodisasini kasallangan
hujayralarda, suvo‘tlarida va boshqa tuban o‘simliklarning ko‘p yadroli hujay-
ralarida ko‘rish mumkin.
Mitoz
bo‘linish o‘simliklarning o‘suvchi qismida muntazam amalga
oshadi. Hujayra bo‘linishidan oldin hamma vaqt yadro bo‘linadi. Yadro membrana
bilan o‘ralgan bo‘lib, tuzilishi protoplazmaga qaraganda zichroq bo‘ladi. Yadron-
ing bo‘linishi uning kattalashuvidan boshlanadi. Yadro po‘sti yo‘qolib ketadi va
yadro o‘zining qiyofasini o‘zgartiradi. Bunda ingichka xromatin (bo‘yoq bilan
bo‘yaladigan) iplar uzun-uzun holda joylashadi. So‘ngra xromatin iplar xromaso-
malarga aylanadi, yo‘g‘onlashadi va qayrilgan shaklni oladi. Yadro ichidagi yadro-
chalar asta sekin yo‘q bo‘lib ketadi, shu payitda hujayra qutiblaridan yadroga
tomon juda ingichka axromatin (bo‘yoq bilan bo‘yalmaydigan) iplar tortiladi, bu
iplar ikkita qolpoqcha shakliga kiradi. Bu yadro bo‘linishidagi dastlabki-profaza
deb ataladi. Uzunasiga bo‘linib hosil bo‘lgan xromosomalar hujayraning o‘rta
(ekvatorial)qismiga yadro plastinkasi yoki yulduzchasi shaklida joylashib oladi.
Axromatin iplari qutblarga qarab tortilib urchuq shaklini oladi, yadro bo‘linishdagi
bu fazani -metafaza deyiladi. So‘ngra xromosomalarning ajralish jarayoni bosh-
lanadi. Bunda xromosomaning bir qismi hujayraning bir qutibiga, ikkinchisi qara-
ma-qarshi tomondagi qutubga o‘tadi. Xromosomalarning bu xildagi ajralishida
undagi axromatin iplari muhim rol o‘ynaydi. Yadro bo‘linishidagi bu fazani anafa-
za deyiladi. Anafaza jarayoni oxirida urchuqning o‘rta qismida yangi hujayra po‘sti
paydo bo‘la boshlaydi. Hujayra qutublariga to‘plangan xromosomalar dastlab
qo‘shaloq yulduzga o‘xshab turadi, so‘ngra asta sekin ikkita yangi hujayraga ayla-
nadi, bularda yadrochalar ham paydo bo‘ladi. Yadro paydo bo‘lishining bu fazasini
telofaza deyiladi.
Ildiz hujayralarining kariokinetik (mitoz) bo‘linishini kuzatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |