94
Yosh davrlari, yosh bosqichlari, ontogenez, filogenez, psixik taraqqiyot,
ijtimoiy muhit, ta‟lim-tarbiya, psixika, evolyusiya guruh, jamoa, erkak, ayol, yosh
o‟sishi, metod.
9.1. Yosh va pedagogik psixologiya fani predmeti
1.Yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti to‘g‘risida fikr yuritilayotganda
inson yoshining turli yosh bosqichlarida kechishi, yosh o‘sishiga va psixik
taraqqiyotga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillar, turli ta‘sirlar tufayli turlicha tarzda ro‘y
beradigan psixik rivojlanish xarakteristikasi nazarda tutiladi. Demak, yosh davrlari
psixologiyasi fanining mavzu baxsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar,
o‘quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning (ontogenezda) tug‘ilgandan yoshining
oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o‘zaro
munosabati qonuniyatlarini tahlil qilishdan iboratdir. Yosh davrlari psixologiyasi
insonda turli psixik jarayonlar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlarini, uning
har xil faoliyatini, erkak va ayolning jins tafovvutlarini, shuningdek inson
shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqiq qiladi.
Jamiyat a‘zosi sifatida kamol topayotgan bolada ijtimoiy muhit sharoitlari
va o‘z tabiatining muayyan hususiyatlari evaziga bilish jarayonlari, o‘ziga xos
xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi rivojlanib boradi. Bu jarayon alohida individ
hayotida ma‘lum ketma-ketlikda, muayyan qonuniyatlar asosida ro‘y beradi. SHu
tufayli yosh davrlari psixologiyasi fani predmeti xususida gap borganda turli
yoshdagi insonlar psixik rivojlanishining xususiyatlari, o‘ziga xos omillari,
mezonlari va mexanizmlari nazarda tutiladi. Demak, ijtimoiy hayotda,
TA‘LIM-tarbiya jarayonida, guruh va jamoalarda, ishlab chiqarishda hamda
oilaviy munosabatlarda yosh davrlari psixologiyasi alohida o‘rin tutadi. Inson
shaxsining tarkib topishi va bilish jarayonlarining rivojlanishi muammosini
psixikaning rivojlanishi qonuniyatlarini xisobga olmay turib oqilona hal etib
bo‘lmaydi. Shuning uchun xozirgi ijtimoiy, siyosiy hamda kommunikativ
omillarning roli kun sayin ortib borayotgan kunda «inson omili» masalasi dolzarb
mavzuga aylangan. Shaxsning barcha imkoniyatlarini to‘la to‘kis ro‘yobga
chiqarish, ularning o‘zlarini namoyon etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib
berish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual, ma‘naviy va moddiy jihatdan
o‘sishini kafolatlash zamonaviy ta‘lim-tarbiyaning bosh mezoni bo‘lishi lozim.
Pedagogik psixologiya boshqa psixologiya fanlari qatori
Do'stlaringiz bilan baham: