Muallifdan



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/180
Sana16.01.2022
Hajmi1,3 Mb.
#374631
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   180
Bog'liq
Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish

 
18-§.
 
LEKSIKOLOGIYA 
 
Leksikologiya  so‘z  va  uning  lug‘aviy  ma’nosi  haqidagi  bo‘lim. 
So‘z va uning lug‘aviy ma’nosi bilan bog‘liq hodisalar: o‘z ma’no va 
ko‘chma ma’no, bir ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, so‘zning shakl va 
ma’no  munosabatiga  ko‘ra  turlari  (sinonim,  omonim,  antonim, 
paronim)  leksikologiyada  o‘rganiladi.  So‘z  lug‘aviy  ma’no  va 
grammatik ma’noga ega bo‘ladi. So‘zning ob’ektiv borliqdagi narsa, 
belgi,  harakat  kabilar  haqidagi  ma’lumoti 
leksik  (lug‘aviy
)  ma’no 
deyiladi.  Lug‘aviy  ma’no  so‘z  anglatgan  tushunchadir.  Grammatik 
ma’no  grammatik  shakllar  (qo‘shimchalar)  orqali  ifodalangan 
ma’nodir.  Masalan,  qalam:  a)  lug‘aviy  ma’nosi-o‘quv  quroli;  b) 
grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot, birlikda, turlanmagan. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
89 
89
 
So‘zning lug‘aviy ma’nosini leksikologiya, grammatik ma’nosini 
morfologiya o‘rganadi. 
Lug‘aviy  ma’no  anglatuvchi  til  birliklari  lug‘aviy  birliklar 
deyiladi. Lug‘aviy birliklar 3 xil: 1) so‘z 2) ibora 3) termin (atama).  
Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi; 
yordamchi so‘zlar esa faqat grammatik ma’no bildiradi. 
So‘z  ma’nosi  ma’lum  xususiyatlarga  ko‘ra  ko‘chadi.  Lug‘aviy 
ma’noning asosiy taraqqiyot yo‘llari (ko‘chish usullari) quyidagicha: 
m
etafora, 
metonimiya, 
sinekdoxa, 
funksiyadoshlik 
(vazifadoshlik), kinoya. 
Metafora
  -  “o‘xshashlik”  asosidagi  ma’no  ko‘chishi.  Bunda 
ma’no  ko‘chishi  o‘xshashlik  asosida  ro‘y  beradi.  Metafora  ikki 
usulda  amalga  oshadi:  a)  ma’no  o‘xshashlik  asosida  ko‘chadi:  oltin 
kuz,  kumush  choyshab,  fan  cho‘qqilari,  litsey  qaldirg‘ochlari...b) 
metafora  -dek,  -day,  kabi,  singari,  yanglig‘,  xuddi,  go‘yo  so‘zlari 
yordamida  hosil  qilinadi,  masalan:  shishadek  osmon,  Adashgan  it 
kabi Furqat, xuddi sherdek. 
Metonimiya
  -  “aloqadorlik”  asosidagi  ma’no  ko‘chishidir.  Bunda 
narsa-buyum  o‘ziga  aloqador  boshqa  nom  bilan  ataladi.  Masalan: 
Qishloq  chetida  samovar  ochildi  (samovar-choyxona);  Osmonga 
tikildi  million  juft  ko‘zlar  (ko‘z-odam);  Fuzuliyni  oldim  qo‘limga 
(Fuzuliyni-kitobini). 
Sinekdoxa 
- butunning nomi bilan qismini atash, qismning nomini 
atash.  masalan:  Besh  qo‘l  barobar  emas  (qo‘l-barmoq);  O‘n  qo‘li 
hunar  (qo‘l  barmoq)..  Besh  qo‘lini  og‘ziga  tiqdi  (qo‘l  barmoq);  Shu 
bitta tuyoq bilan olti bolani boqdim (tuyoq-sigir); Tirnoqqa zor o‘tdi 
(tirnoq-farzand.  
Vazifadoshlik  (funksiyadoshlik
) - vazifa asosida ma’no ko‘chishi. 
Bunda  so‘z ma’nosi vazifaga ko‘ra ko‘chadi. Masalan:  o‘q qadimda 
kamon  o‘qi  ma’nosida  qo‘llangan.  Hozirda  miltiq  o‘qi,  pistolet  o‘qi 
ma’nolarida  qo‘llanadi; 
kotib,  pero,  qalam 
so‘zlarida  ham  vazifaga 
ko‘ra ma’no ko‘chishi ro‘y bergan. 


Xolmanova Z. Tilshunoslikka kirish 
 
www.ziyouz.com
 kutubxonasi 
90 
90
 
Kinoya
-qochiriq,  kesatiq  ma’nolarida  aytilgan  o‘zgalar  “gapi”, 
“so‘zi”.  Kinoya  bilan  aytilgan  so‘z  qo‘shtirnoqqa  olinadi.  Kinoya 
bilan aytilgan so‘z teskari ma’noda tushuniladi. 
Salima “a’lochi” qiz (ikkichi). 
So‘z  ma’nosi  ko‘chishi  natijasida  o‘z  va  ko‘chma  ma’no  hosil 
bo‘ladi.  So‘zning  nutq  tarkibi  (gap)dan  tashqarida  ifodalaydigan 
ma’nosi  o‘z  ma’no  (asosiy  ma’no,  bosh  ma’no)  deyiladi.  So‘zning 
nutq  tarkibidagi  boshqa  so‘zlar  yordamida  ifodalagan  ma’nosi 
ko‘chma ma’no hisoblanadi. 
 

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish