To‘liq gap va to‘liqsiz gap
To‘liq gapda bosh va ikkinchi darajali bo‘laklar to‘liq holda
ishtirok etadi. To‘liqsiz gap esa nutq vaziyatidan ma’lum bo‘lgan,
ayrim bo‘laklari, tushirilgan gapdir.
-Siddiqjon nimalar haqida so‘zladi?
-Maktab tajriba uchastkasi haqida.
Birinchi gap to‘liq gap, ikkinchi gap to‘liqsiz gapdir. Ikkinchi
gapda ega va kesim tushirilgan. To‘liqsiz gaplar suhbatda, so‘zlashuv
nutqida va badiiy asarlarda ko‘p qo‘llanadi. Xalq maqollarining
ba’zilari to‘liqsiz gap shaklida bo‘ladi: Yaxshidan ot qoladi,
yomondan dod.
Do'stlaringiz bilan baham: |