TAQLID SO‘ZLAR
Taqlid so‘zlar ikki xil:
1.
Holatga (obrazga) taqlidni bildiruvchi so‘zlar: yalt, yarq, milt-
milt, bilq, dir-dir.
2. Tovushga taqlidni bildiruvchi so‘zlar: tars, turs, chars, gumbur-
gumbur.
Taqlidiy so‘zlar tuzilishiga ko‘ra yakka, takror, juft holda bo‘ladi
(yalt,qars-qars, chars-churs, taka-tum-tak).
Taqlid va undov so‘zlari nomlash xususiyatiga ega emas. Taqlid
so‘zlardan ot, fe’l va boshqa turkum so‘zlari yasaladi: shaq-ildoq,
hiq-ildoq, yaltira-q, yiltira-q, miltira-q.
Taqlid so‘zlar gapda asosan, aniqlovchi, hol vazifasida keladi.
Otlashganda esa quyidagi vazifalarni bajaradi: a) ega vazifasida:
Qo‘yning “ba-a”si eshtildi. Musichaning g‘uv-g‘uvi eshitildi.
b)
to‘ldiruvchi:
O‘z g‘uv-g‘uviga o‘zi shaydo bo‘lgan guzarga yaqin
qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |