103
¨
tashkil qilish;
¨
hisobga olish;
¨
nazorat qilish (rejalarni va boshqarishga oid qarorlarni amalga
oshirilishini nazorat qilish).
5-chizma.
Ishlab chiqarish nuqtayi nazaridan iqtisodiy
tahlilning turkumlanishi.
1 va 2 funksiyalar boshqarishni texnologik bosqichlarini aks
ettiradi, ya’ni qarorlar qabul qilish jarayonini axborot va iqtisodiy tahlil
bilan ta’minlaydi. Shu bilan birga, boshqarishning boshqa funksiyalarini
amalga oshirishda ham iqtisodiy tahlilning alohida o‘rni bor. Masalan,
Iqtisodiy tahlil turlarini turkumlanishi
Boshqaruv
tizimi
bo‘yicha
Boshqaruv
obyekti
bo‘yicha
Boshqaruv
masshtabi va
darajasi
bo‘yicha
O‘zaro bog‘langan
boshqaruv
obyektlari
bo‘yicha
¨
Tezkor (operativ) tahlil;
¨
Joriy (retrospektiv) tahlil;
¨
Istiqbolli (perspektiv) tahlil.
¨
Funksional tahlil;
¨
Texnik tahlil;
¨
Iqtisodiy tahlil;
¨
Ijtimoiy tahlil;
¨
Ekologik tahlil;
¨
Funksional – iqtisodiy tahlil;
¨
Texnik- iqtisodiy tahlil;
¨
Ijtimoiy – iqtisodiy tahlil;
¨
Ekologik – iqtisodiy tahlil;
¨
Ichki-xo‘jalik tahlili;
¨
Xo‘jaliklararo tahlil;
¨
Tarmoq tahlili;
¨
Hududiy tahlil;
¨
Xalq xo‘jaligi tahlili.
104
rejalashtirish funksiyasini olaylik. Kelgusi davrga reja tuzish uchun
korxona faoliyatining o‘tgan yillarini atroflicha tahlil qilish va shu
asosda uning rivojlanish tendensiyasini aniqlab olish zarur. Rivojlanish
tendensiyasi va kelgusida iqtisodiy ko‘rsatkichlarda yuz beradigan sifat
o‘zgarishlarini ham hisobga olgan holda uning faoliyatini ifodalovchi
ko‘rsatkichlarini kelgusi qiymatlari shakllantiriladi. Xuddi shuningdek,
boshqarishning muvofiqlashtirish, tashkil qilish va nazorat funksiyalari
ham iqtisodiy tahlil bilan bevosita bog‘liq.
Ishlab chiqarishni boshqarish nuqtayi nazaridan iqtisodiy tahlil
turlarini quyidagi chizmada tasvirlash mumkin (5-chizma ).
Bundan tashqari iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiy tahlilning turlari
quyidagilarga qarab ham turkumlanadi;
1) Xalq xo‘jaligini tarmoq strukturasi (sanoat va uni tarmoqlari,
qishloq xo‘jalik, qurilish, transport, savdo, moddiy-texnika ta’minoti va
boshqalar);
2) Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish bosqichlari tahlili (ishlab
chiqarish, iste’mol, taqsimot va ayriboshlash jarayonlarini tahlili);
3) Tahlilni o‘tkazuvchi subyekti bo‘yicha, ya’ni tahlilni kim
tomonidan o‘tkazilayotganligiga qarab (iqtisodiy xizmat xodimlari,
korxonani ijtimoiy tashkilotlari, moliya, kredit organlari, auditorlik
tashkilotlari, kasaba uyushmalari, qo‘mita va ijtimoiy tashkilotlar);
4) Tahlil o‘tkazish muddati bo‘yicha (yillik, kvartallik, oylik,
dekadalik, kunlik, smenalik va bir martalik tahlil);
5) o‘rganiladigan masalalarning mazmuni va mukammalligi
bo‘yicha (xo‘jalik faoliyatini kompleks tahlili va tematik tahlili);
6) obyektni o‘rganish usuliga qarab (kompleks, tizimli tahlil,
taqqoslama, tanlanma, korrelatsion tahlil va boshqalar).
Korxonalar faoliyatini kompleks tahlil qilish ularni faqatgina
iqtisodiy faoliyatini tahlil qilmasdan, texnik, ijtimoiy, tabiiy sharoitlari
va ularni o‘zaro aloqasini ham tahlil qilib berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: