13.8. Pul oqimlarini prognozlash
Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida korxonalar faoliyatini to‘g‘ri
va optimal boshqarish birmuncha murakkab jarayon. Jumladan,
korxonaning pul mablag‘lari va pulga tenglashtirilgan qiymatliklari
oqimini ratsional boshqarish korxonalar faoliyatining davomiyligini
hamda uzluksizligini ta’minlaydi. Ya’ni pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri
tashkil etish hamda ularni doimiy ravishda tahlil qilib turish korxona
faoliyatining moliyaviy imkoniyatlarini kengaytiradi. So‘nggi yillarda
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlari rivojlanishining
xarakterli tomonlaridan biri unda moliyaviy bozorni va uning barcha
jabhalarining tez sur’atlar bilan rivojlanayotganligi hisoblanadi.
Xuddi shuningdek, moliya bozorining asosiy unsurlaridan biri -bu
pul mablag‘lari bo‘lib, uning hisobini yuritishda buxgalteriya hisobining
«hisoblashish» yoki «kassali» usullarining qaysi biri qo‘llanilsa korxona
uchun iqtisodiy samarasi yuqori bo‘lishligini o‘rganish muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustida tasdiqlangan
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi» qonuni, 1999-yil 5-fevraldagi
«Mahsulot (ish, xizmat) lar tannarxiga kiritiladigan, mahsulot (ish,
xizmat) larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda
moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi» Nizom va
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda korxonaning sotish jarayonlaridan
ko‘rgan moliyaviy natijalarini aniqlashda yuqoridagi usullarni qay biri
qo‘llanilishi to‘g‘risida aniq fikrlar bildirilmagan. Unda bu usullarning
qaysi birini qo‘llash korxona hisob siyosatiga bog‘liq ekanligi aytib
o‘tilgan, xolos.
506
Korxonalarda pul mablag‘lari oqimini ratsional boshqarish uchun
korxonaning kelgusidagi pul mablag‘lari oqimini prognozlash (basho-
ratlash) muhim hisoblanadi. Bunda korxonaning moliyaviy menejeri
tomonidan pul mablag‘larining kirimi va chiqimiga oid bor bo‘lgan
manbalari yig‘ilishi hamda o‘rganilishi lozim. Odatda ko‘pchilik ko‘r-
satkichlarni katta aniqlik darajasida bashoratlash birmuncha murakkab
jarayondir. Ayrim hollarda rejalashtirilgan davrdagi pul mablag‘lari
budjetining tashkil topishi, bashorat qilingan pul mablag‘lari oqimiga
mos keladi.
Korxonalar kelgusida foydasini maksimal darajaga yetkazib, o‘z
faoliyatini ratsional ravishda yuritish uchun har qanday sharoitda ham
pul oqimini bashorat qilishning optimal usullarini tanlashi lozim. Bunda
korxona moliyaviy menejeridan iqtisodiy strategiyani to‘g‘ri tanlay
bilishni, pul oqimlari hisobini aniq va to‘g‘ri yuritishni talab etadi.
Bizning nazarimizda korxonaning moliyaviy menejeri korxona pul
oqimlarini prognoz qilishda bir qancha bosqichlarni bosib o‘tishi lozim.
Bu bosqichlar qo‘yidagilardan iborat bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |