12.8. Fond qaytimini oshirish imkoniyatlari
Fond qaytimini oshirish imkoniyatlarini umumlashtirish tahlil etish
bosqichining yakuni hisoblanadi. Unda tahlil etish natijlaridan kelib
chiqqan holda korxonada asosiy vositalar samaradorligini oshirishning
yo‘nalishlari belgilanadi.
Asosiy vositalarning samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirish-
ning quyidagi yo‘nalishlarini korxona uchun tavsiya sifatida keltirib
o‘tish mumkin.
Tashkiliy yo‘nalishlar bo‘yicha:
• asosiy vositalarning faqat korxonaga ish beradigan qisminigina olish;
• asosiy vositalarning ortiqcha qismini ushlab turmaslik;
• eskirgan asosiy vositalarni va ma‘naviy talabga javob bermaydigan
asosiy vositalarni hisobdan chiqarish;
• asosiy vositalarni farqlash va tarkiblashni qayta o‘zgartirish;
• asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning eng maqbul
shakllarini belgilash va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |