Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


Mahsulot  sotishdan  olingan  foyda  o‘zgarishiga  quyidagi  omillar



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet376/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

Mahsulot  sotishdan  olingan  foyda  o‘zgarishiga  quyidagi  omillar 

ta’sir etishi mumkin: 

v

 



Korxonaning o‘ziga bog‘liq omillar yoki ichki omillar. 

v

 



Korxonaning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan yoki tashqi omillar. 

Korxonaning o‘ziga bog‘liq bo‘lgan omillarga mahsulotlarning ish-

lab chiqarish tannarxi, hajmi, assortiment va struktura omillari kiritiladi. 

Uning  o‘ziga  bog‘liq  bo‘lmagan  yoki  tashqi  omillarga  davlat  soliq 

siyosatining o‘zgarishi, baho omili va boshqa omillar kiradi.  

Umumiy  jihatdan  olganda  faqat  korxonaning  o‘ziga  tegishli  va 

tegishli  bo‘lmagan  ta’sir  omillarini  tartiblash  qiyin.

 

Ularni  faqat  nisbiy 

jihatdan qarash mumkin.  

Mahsulot,  ish  va  xizmatlarni  sotilgan  qatorga  kiritishda  bevosita 

mulkiy egalik va ularni tasarruf etish shartidan kelib chiqiladi. Mahsulot, 

ish  va  xizmatlarni  sotishdan  olingan  yalpi  foyda  tahlilida  bevosita 

mahsulot  ishlab  chiqarishning  marjinallik  shartiga  ham  baho  berish 



 

377


mumkin. Mahsulot ishlab chiqarishning marjinallik sharti mahsulot, ish 

va xizmatlarni sotishdan olingan tushum summasidan barcha o‘zgaruv-

chan  xarajatlarni  chegirishni  xarakterlaydi.  Bunda  yangidan  yaratilgan 

qiymat faqat o‘zgaruvchan qiymatning o‘zidan iborat bo‘ladi, ya’ni kor-

xona  marjinallik  shartida  kritik  hajm  darajasida  foyda  summasiga  ega 

bo‘lmaydi.  U  faqat  ishlab  chiqarish  xarajatlarini,  o‘zgaruvchan  va  o‘z-

garmas xarajatlarni qoplash darajasidagi mahsulot hajmigagina ega bo‘-

ladi. Mahsulot ishlab chiqarishning marjinallik sharti korxona ishlab chiqa-

rish rejasi va faoliyat natijaviyligini oldindan belgilash imkonini beradi. 

Mamlakatimizda  tub  islohotlar  davriga  qadar  korxonalar  rejali 

iqtisodiyot  sharoitida  o‘zlarining  ishlab  chiqarish  moliyaviy  faoliyatini 

ma’muriy buyruqbozlik tamoyillariga tayanib yuritib keldi. 

Iqtisodiyotning  bozor  munosabatlariga  o‘tishi  korxonalarda  ishlab 

chiqarish  munosabatlarini  iqtisodiyotning  obyektiv  qonuniyatlariga 

bo‘ysungan  holda  tashkil  etishga  majbur  etadi.  Katta  salmoqqa  ega 

bo‘lgan  davlat  korxonalarini  xususiylashtirish  va  davlat  tasarrufidan 

chiqarish jarayoni jadal boshlanib, korxonalar turli  mulkchilik shakllari 

ko‘rinishida  barpo  etildi,  o‘z  navbatida  bu  davlatning  mamlakat  ishlab 

chiqarishidagi hajmi qisqarishiga, uning o‘rniga nodavlat sektori ishlab 

chiqarishi  ulushi  ortib  borishiga  olib  keldi.  Shunday  qilib,  xususiy 

sektorni  kengaytirish,  kichik  biznes  va  fermer  xo‘jaliklari  hamda 

tadbirkorlikni rivojlantirish borasida tub qurilishga erishildi. 

Kengaytirilgan  qayta  ishlab  chiqarish  ishlab  chiqarishning  doimo 

kengayishini,  uning  texnikaviy  darajasini  muntazam  ko‘tarib  turishini 

talab  etadi.  Buning  uchun  ishlab  chiqarishda  hamma  vaqt  foydaga 

erishilishi,  realizatsiya  qilinishi  va  undan  ishlab  chiqarish  ehtiyojlari 

uchun foydalanish lozim. 

Respublikamizda  «Mahsulot  (ish,  xizmat)larni  ishlab  chiqarish  va 

sotish  xarajatlari  tarkibi  hamda  moliyaviy  natijalarni  shakllantirish 

tartibi to‘g‘risida» gi Nizom qabul qilinmasdan oldin korxonalar foydasi 

quyidagi chizmadagi shakllarda hisobga olinar edi. 

Moliyaviy  faoliyatdan  olingan  daromad  va  xarajatlar  qatoriga  kor-

xonaning moliya bozoridagi faolligidan oladigan daromadlari va mulkiy 

munosatlardagi  ishtirokidan  olinadigan  daromadlar,  erkin  almashtirila-

digan  valuta  resurslarini  boshqarishdan  oladigan  daromadlari, 

korxonaning  moliyaviy  faoliyatidan  kelib  chiqadigan  turli  xarajatlar 

kiritiladi. Ularning korxona hisob foydasidagi salmog‘i so‘nggi yillarda 

tobora oshib bormoqda. 




 

378


 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   372   373   374   375   376   377   378   379   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish