ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida har bir xo‘jalik
yurituvchi subyektning oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi bu – foyda olish-
dir. Foyda ijtimoiy ishlab chiqarishni hamma bosqichlarining iqtisodiy
kategoriyasidir. Foyda iqtisodiy kategoriya va moliyaviy yakun sifatida
o‘zining eng yuqori ahamiyatiga bozor munosabatlari rivojlangan
davrida ko‘tariladi. Foydani shakllantirish, uni realizatsiya qilish bu –
kengaytirilgan qayta ishlab chiqarishning, qiymat qonunining va xo‘jalik
hisobining obyektiv talabidir.
Kengaytirilgan qayta ishlab chiqarish ishlab chiqarishning doimo
kengayishini, uning texnikaviy darajasini muntazam ko‘tarib turishni
talab etadi. Buning uchun ishlab chiqarishda hamma vaqt foydaga
erishilishi, realizatsiya qilinishi va undan ishlab chiqarish ehtiyojlari
uchun foydalanish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va
boshqa faoliyatlarning natijasi sifatida foyda olish asosiy maqsad
hisoblanadi. Foyda olishni ko‘paytirish jamiyat manfaatiga ham mos
keladi, chunki, iqtisodiy faoliyatning yuqori foydaliligi individual
foydaning ko‘payishi bilan mamlakat milliy daromadining ortishiga olib
keladi. Aytish mumkinki, foyda miqdori va uning darajasi bozor
ishtirokchilari, ayniqsa, investorlarni harakatga keltiruvchi kuchdir.
Bozor ishtirokchisining manfaatdorligi foyda miqdori bilan belgilanadi.
Korxonalar, tashkilotlar hamda tadbirkorlar qaysi tarmoq va faoliyat
foydani ko‘proq keltiradigan bo‘lsa, sarmoyani shu yerga joylashtirib,
barcha imkoniyatlarini ishga solib shu faoliyatni rivojlantirish,
rentabellik darajasini oshirib, ko‘proq foyda olishga intiladilar. Agar
362
mazkur sohada kapital o‘zini oqlamasa, foyda keltirmasa va bozorda o‘z
o‘rnini topa olmasa investorlar kapitalni bu tarmoq yoki faoliyat turidan
olib, boshqa yanada daromadliroq bo‘lgan tarmoqqa yo‘naltiradilar.
Bozor ishtirokchilari, shu jumladan tadbirkorlarning manfaati xalq
iste’moli tufayligina ro‘yobga chiqadi. Ishlab chiqarilayotgan tovarlar,
mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar va bajarilayotgan ishlarga talab
bo‘lsagina ular iste’molga yo‘l oladi, boshqacha qilib aytganda, sotiladi.
Demak, talabsiz foyda yuzaga kelmaydi. Bozor qonuniyatining maz-
muni ham shundan iborat va bozor sharoitida daromad olish, foyda
qilishning boshqacha usuli bo‘lishi mumkin emas. Foyda mexaniz-
mining ta’siri ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar faoliyatini iste’mol-
chi manfaatiga qaratadi, chunki shu yo‘l orqaligina foyda olishni biladi.
Foyda
(daromad) iqtisodiy harakatning zaruriy sharti, maqsadi
sifatida qaraladi. Jahon amaliyotida foyda, deyilganda ko‘pincha, biznes
samaradorligining tadbir vositasi sifatida qaraladi. Foyda bu daromadlar
va xarajatlar farqlanishidagi yuqori o‘zgaruvchanlikdir. Ular orasidagi
quyi o‘zgaruvchanlik esa zararni ifodalaydi.
Daromadlar va xarajatlar moliyaviy natijlarni xarakterlovchi foydani
o‘lchashga daxldor bo‘lgan elementlar hisoblanadi. Daromadlar va
xarajatlarni, ya’ni foydani aniqlash va o‘lchash – korxona o‘z moliyaviy
hisobotini tayyorlashda foydalaniladigan kapital konsepsiyasi hamda
kapitalning saqlanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Daromadlar va xarajatalar elementlari quyidagicha aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |