Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


 Korxonaning moddiy resurslar bilan



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet239/602
Sana16.01.2022
Hajmi2,53 Mb.
#374401
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   602
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

 

7.4. Korxonaning moddiy resurslar bilan  

ta’minlanganligi tahlili 

 

Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlarini natijasi hamda 



samaradorligi  ularning  material  resurslari  bilan  ta’minlanganligiga 

bevosita  bog‘liqdir.  Korxonalarda  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarni 

hajmi, sifati ulardagi material resurslarining talab darajasida bo‘lishligini 

obyektiv ravishda taqozo etadi. Resurslar universalligi, yangiligi hamda 

arzonligi nuqtayi nazaridan zamon talabiga ham mos kelishi lozim, ya’ni 

korxonalarning material resurslariga bo‘lgan talabini aniqlashda me’yo-

riy hujjat va me’yoriy ma’lumotlardan foydalanish lozim. Sanoat korxo-

nalarida  biznes-rejada  ko‘rsatilgan  mahsulotlar  miqdorini  ishlab  chiqa-

rish  uchun  zarur  bo‘lgan  material  resurslarining  miqdori  va  qiymati 

aniqlanadi,  ya’ni  qancha  stanoklar  qancha  mashinalar,  mexanizmlar, 

shuningdek,  boshqa  moddiy  resurslar  bo‘yicha  alohida-alohida  hisob-

kitoblar qilinadi. 

Korxonalarning o‘zlarida mavjud bo‘lgan material resurslarining yil 



 

245


boshiga  bo‘lgan  miqdori  yillik  inventarizatsiya  natijasida  aniqlanadi. 

Ularda  mavjud  bo‘lgan  material  resurslar  korxona  ishlab  chiqarishini 

davomiyligini ta’minlash uchun yetarli bo‘lmagan holarda korxonalarni 

zarur  bo‘lgan  material  resurslari  bilan  ta’minlash  uchun  shartnomalar 

tuziladi. Bu masalalar yuqoridagi savolda batafsil yoritilgan. 

Sotib  olinayotgan  material  resurslarini  oqimi  natijasida  korxo-

nalarga  material  resurslari  bilan  ta’minlanganlik  darajasi  ortib  boradi. 

Sanoat korxonalarining material resurslari bilan ta’minlanganligi hamda 

mehnatni  ular  bilan  qurollanganligini  ikkinchi  savolda  keltirilgan 

ko‘rsatkichlar  yordamida  aniqlanadi.  Masalan,  korxona  ixtiyorida  yil 

boshiga  100  mln  so‘mlik  material  resurslarining  mavjudligi  balansda 

ko‘rsatilgan.  Korxona  uchun  esa  ishlab  chiqarishni  bir  me’yorda 

rivojlantirish uchun rejaga muvofiq 170 mln so‘mlik material resurslari 

zarurligi  aniqlangan,  demak,  korxona  uchun  ularga  bo‘lgan  talab  to‘liq 

qondirilayotgani yo‘q. Bu masalani hal etish uchun korxona qo‘shimcha 

70  mln  so‘mga  material  resurslarini  sotib  olishni  yoki  qarzga,  ijaraga 

olishni  rejalashtiradi.  U  shu  masala  bo‘yicha  tuzilgan  shartnomalarda 

o‘z  aksini  topadi.  Korxona  moddiy  texnika  ta’minotini  hal  etilishi 

natijasida yil davomida 50 mln so‘mlik material resurslari sotib olingan. 

Shunda  korxonaning  material  resurslar  bilan  ta’minlanganlik  darajasi 

88,2 % ni tashkil etgan bo‘ladi (100+150)/170. Keltirilgan ma’lumotlar-

dan  ko‘rinib  turibdiki,  korxona  material  resurslari  bilan  to‘liq 

ta’minlanmagan, ya’ni ularning miqdori 11,8 % ga kam bo‘lgan. Bu hol 

korxona ishlab chiqarish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 

Korxonaning material resurslari bilan ta’minlanganligini tahlil etish 

natijasida ular bilan to‘liq ta’minlanmaganlik faktlari aniqlansa, u holda 

uni  kelib  chiqish  sabablari  o‘rganiladi.  Shuning  bilan  birgalikda  ushbu 

salbiy  natijalarni  bartaraf  etish  imkoniyatlari  va  chora  tadbirlari 

belgilanadi.  

Korxonada  ishlab  chiqarilgan  mahsulotlarning  o‘rtacha  xarajatlari 

ya’ni  tannarxlari  –  ko‘p  jihatdan  xomashyo  va  materiallardan  samarali 

foydalanish ko‘rsatkichlariga bog‘liq. 

Material  resurslar  miqdorini  rejalashtirilgan  hajmda  tayyorlash 

mahsulot  ishlab  chiqarish  rejasini  bajarish  uchun  imkoniyat  yaratadi. 

Material  resurslardan  tejab-tergab  foydalanilmasa  hamda  ularning 

amaliyotdagi  foydalanilishi  belgilangan  me’yorlarga  nisbatan  ortiqcha 

bo‘lsa,  u  holda  keltirilgan  materiallar  mahsulot  ishlab  chiqarish 

davomiyligi rejasini bajarish uchun yetarli bo‘lmaydi. 




 

246


Material  resurslardan  foydalanishni  tahlil  etishdan  maqsad  ishlab 

chiqarish  jarayonida  ulardan  foydalanishda  ortiqcha  sarf-xarajatlarga 

yo‘l  qo‘yilgan  bo‘lsa,  bu  holda  mahsulot  hajmi  qanchaga  kam  yara-

tilganligi  yoki  moddiy  resurslardan  samarali  foydalanish  natijasida 

qancha qo‘shimcha  mahsulot barpo  etilganligi aniqlanadi. 


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   602




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish