O`zb tarix 11 узб indd


VI BOB.  MUSTAQILLIK YILLARIDA ILM-FAN



Download 17,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/143
Sana16.01.2022
Hajmi17,62 Mb.
#374076
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143
Bog'liq
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

VI BOB.
 MUSTAQILLIK YILLARIDA ILM-FAN  
VA SPORTNING RIVOJLANISHI 
12-mavzu.
 O‘zbekistonda ilm-fan
Mustaqillikning dastlabki yillarida ilm-fan
.  Yuzaga  kelgan  yangi 
tarixiy  shart-sharoit  ilm-fan  sohasini  tub  islohot  qilishni  taqozo  etdi.  Zero, 
dolzarb  ilmiy-texnik  muammolar  hal  qilinishi  respublikaning  rivojlanishini 
ta’minlar edi. 
Avvalo,  Prezidentning  1992-yil  martdagi  farmoni  bilan  ilmiy  kadrlar 
tayyorlanishini tashkil etuvchi vakolatli organ – Oliy attestatsiya komissiyasi 
(OAK) tashkil etildi. 
Prezidentning  1992-yil  iyuldagi  «Ilm-fanni  davlat  yo‘li  bilan  qo‘llab-
quvvatlash  va  innovatsiya  faoliyatini  rivojlantirish  to‘g‘risida»gi  farmoni 
asosida respublika olimlari xorijiy mamlakatlarga tajriba oshirishga 
yuborilishi  yo‘lga  qo‘yildi.  Ilmiy  natijalarni  ichki  va  tashqi  bozorga  olib 
chiqish  bilan  shug‘ullanuvchi  Respublika  ilmiy  ishlanmalarni  innovatsiya 
tijorat markazi Fanlar akademiyasi tarkibida tashkil etildi.
1997-yil  Xorazm  Ma’mun  akademiyasi  qayta  tiklanib,  Fanlar  akade-
miyasining mintaqaviy bo‘linmasi sifatida tashkil etildi.
2000-yili  Fanlar  akademiyasi  Sharqshunoslik  institutining  qo‘lyozmalar 
fondi dunyoning eng boy qo‘lyozmalar xazinasidan biri sifatida YUNESKO 
madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi.
Prezidentning 2006-yil avgustdagi 
«Fan  va  texnologiyalar  rivojlanishi-
ning  muvofiqlashtirish  va  boshqarishni 
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘- 
risida»gi  qaroriga  muvofiq  Vazirlar
 
Mahkamasi huzurida Fan va texnolo- 
giyalarni 
rivojlantirishni 
muvofiq-
 
lashtirish  qo‘mitasi  tashkil  etildi
 
(bugungi  kunda  vazirlik).  Qo‘mitaga
 
fan va texnologiyalarni rivojlantirish-
ning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab 
chiqish,  akademik  va  oliy  ta’lim 
Innovatsion g‘oyalar, texnologiya-
 
lar va loyihalar Respublika  
yarmarkasi


82
muassasalari fani integratsiyalashuviga, ilmiy sohadagi xalqaro hamkorlikni 
rivojlantirishga ko‘maklashish kabi vazifalar belgilab qo‘yildi.
2008-yildan buyon Toshkentda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar 
va  loyihalar  yarmarkasi  o‘tkazib  kelinmoqda.  2008–2015-yillar 
davomida o‘tkazilgan I – VIII yarmarkalar doirasida jami 4000 dan ortiq 
ishlanmalar taqdim etildi. 2008-yildan buyon umumiy qiymati 113 mlrd. 
so‘mdan ortiq bo‘lgan 3000 dan ziyod shartnomalar tuzildi. 
O‘zbekiston  olimlari  demokratik  va  huquqiy  jamiyatning  ma’naviy-
ma’rifiy  va  madaniy  rivojlanishini  tadqiq  qilish,  innovatsion 
iqtisodiyotni  shakllantirish,  energetika  va  energiya  xomashyoni 
tejash, axborotlashtirish va axborot-kommunikatsiya, kimyo, bio va 
nanotexnologiyalarni rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, ekologiya va atrof-
muhitni  muhofaza  qilish,  tibbiyot,  farma-kologiya,  geologiya,  geofizika, 
seysmologiya bo‘yicha ma’lum yutuqlarga erishib kelmoqda.  
Arxeologiya  fani  sohasida  ham  ma’lum  siljishlar  bo‘ldi.  Jumladan, 
2002-yildan  «O‘zbekistonda  arxeologik  tadqiqotlar»  yillik  to‘plamlari 
nashr etilib, ularda respublikamiz hududida olib borilayotgan arxeologik 
tadqiqotlarning umumlashma ilmiy xulosalari berib boriladi. 2010-yildan 
esa «O‘zbekiston Arxeologiyasi» ilmiy jurnali chop etila boshlandi.   
Fanning  boshqa  yo‘nalishlaridagi  olimlar  ham  yirik  natijalarni  qo‘lga
 
kiritishmoqda.  Fanlar  akademiyasi  O‘simlik  moddalari  kimyosi  instituti 
tomonidan  tayyorlangan  10  jildlik  «Tabiiy  birikmalar  (O‘simlik  zaxira-
 
lari,  tuzilishi  va  xossalari)»  nomli  noyob  ma’lumotnoma  ingliz  tilida
 
Londonda  chop  etildi.  Bu  ilm-fan  sohasida  xalqaro  hamkorlik 
rivojlanayot-ganidan ham dalolat beradi. 
Mustaqillikning dastlabki yillari birgina Fanlar akademiyasining ilmiy 
mahsulot eksporti 8,2 martaga ko‘paydi.

Download 17,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish