24
tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi
hamda xalq deputatlari shahar Kengashi tomonidan tasdiqlanadi.Tumanlarga
bo‘ysunadigan shaharlarning hokimlari tuman hokimi
tomonidan tayinlanadi
va lavozimidan ozod qilinadi hamda xalq deputatlari tuman Kengashi
tomonidan tasdiqlanadi.Vakillik organlari tuzilmaydigan shahar tarkibidagi
tumanlarda va tumanga bo‘ysunuvchi shaharlarda ham hokimiyatlar ta’sis
etildi, ularning apparati – hokimiyat tashkil etildi. Viloyat hokimlari va
Toshkent shahar hokimi O‘zbekiston Prezidentining
shu joylardagi vakili
hisoblanadi.
Mahalliy davlat hokimiyat organlari sud hokimiyati organlari,
prokuratura,
ichki ishlar organlari, adliya singari huquqni muhofaza qilish organlari bilan
o‘zaro hamkorlikda ish olib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: