Ilmiylik tamoyiliga asoslanishi
. Dastur ilmiy jihatdan tekshirilgan,
ishonchli dalillar, kuzatishlar, manbalar va materiallar asosida tuziladi.
O‘quv dasturlari ishlab chiqishda “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi” asosida respublikada joriy etilgan uzluksiz ta’lim tizimining
ta’lim turlari (o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, bakalavriat,
magistratura) o‘rtasidagi uzviylik va uzluksizlikni ta’minlash, fanlarda
mavzular
ketma-ketligiga,
oddiydan
murakkabga,
xususiydan
umumiylikka o‘tib borishga, ta’lim turlari bo‘yicha mavzular
takrorlanmasligiga alohida e’tibor qaratish kerak.
Dastur fan, texnika, texnologiyaning so‘nggi yutuqlari, ta’lim
tizimining rivojlanishi, jahon tendensiyasini hisobga olishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |