3
KIRISH
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yangi yil arafasida
2016 yil 30 dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyondalari
bilan uchrashdi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida fan va
ishlab chiqarish hamkorligini mustahkamlash, ta`lim tizimini rivojlantirish,
innovatsion iqtisodiyot taraqqiyotiga alohida e`tibor qaratilganini ta`kidladi.
“Mamlakatimiz va jamiyatimizning zamon talablari darajasida
rivojlanishini ilm-fansiz tasavvur qilish qiyin. Ilm-fan taraqqiyotida
fundamental tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Aynan ular orqali yangi
bilimlar o'zlashtiriladi va nazariyalar shakllantiriladi, kelgusi amaliy tadqiqotlar
va innovatsion ishlanmalar uchun mustahkam asos yaratiladi” deya takidladi
yurtboshimiz.[1]
Bugungi zamon barcha sohalar qatorida ilm-fanni ham yangi bosqichga
ko'tarishni talab qilmoqda. Chunki, jamiyat oldida turgan dolzarb masalalarni
ilm-fansiz yechish qiyin. Ilm-fanni va olimlarni har tomonlama qo'llab
quvvatlash davlatimizning ustuvor vazifalaridan ekanligini takidlab o’tdilar.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotimizning barcha sohalari
taraqqiyotida ilm-fanning o'rni, ahamiyati g'oyat katta ekanligi, bu borada
davlatimiz birinchi galda Fanlar akademiyasi va olimlarga suyanishini, fan va
ishlab chiqarish hamkorligi bugun nihoyatda dolzarb ekanligini alohida
ta`kidladi.
Yurtboshimizning yuqoridagi fikrlariga mos holda bosim ostida ishlov
berish ham hozirgi kunda sanoatning muhim tarmoqlaridan biridir. Metallarga
bosim bilan ishlash usullari metalarning plastikligiga asoslangan. Ma’lumki turli
metallarning plastikligi har xil bo’lib, u metallning ichki tuzilishiga, kimyoviy
tarkibiga, strukturasiga va boshqa ko’rsatkichlariga bog’liq. Deformatsiya tezligi
ortganda zarur kuch ham ortishi lozim. Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinib
turibdiki tayyorlanmaning plastiklik darajasiga ko’ra, metallarni eng maqbul
rejimlarda ishlash texnik-iqtisodiy talablarga to’la javob beradi.[2]
4
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 15 dekabrdagi PQ-1442-son
«2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirish
istiqbollari to‘g‘risida»gi Qarori, 2011 yil 29 iyuldagi PF-1590-son «Tayyor
maxsulotlarni, tashkil qiluvchi buyumlarni va materiallarni ishlab chiqarishning
lokallashtirilishini
2011-2013
yillarda
sanoat
kooperatsiyasi
asosida
chuqurlashtirish chora-tadbirlari» Farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishga
va olingan natijalarni amaliyotga keng qo‘llashda ushbu dissertatsiya tadqiqoti
muayyan darajada xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: