3-Mavzu. O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati. Reja


o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana16.01.2022
Hajmi0,55 Mb.
#372821
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-Mavzu.O‘zbekiston Respublikasining tashkil topishi va uning tarixiy ahamiyati.

o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi

 uchun kurash kuchayib bordi. Aytish mumkinki, biz 

kim  o‘zbeklarning  milliy  istiqlol  uchun  kurashi  bu  davrda  ona  tilimizning  jamiyatdagi  o‘rnini 

tiklash  va  qadrlash  uchun  kurashishdan  boshlandi.  Bu  kurashchilar  safida  chindan  ham  o‘z 

xalqiga  sidqi  dildan  xizmat  qilishga  otlanganlar  ham,  o‘z  shaxsiy  manfaatlarini  ko‘zlab 

maydonga  tushganlar  ham  borligini  keyingi  voqealar,  kimning  aslida  kimligini  tarixning  o‘zi 

ayon qildi-qo‘ydi.  

3. O‘zbekistonning mustaqillikka zrishganidan so‘ng kun tartibida jahon andozalariga mos 

keladigan  davlat  qurish,  siyosiy  ijtimoiy  va  iqtisodiy  sohada  tub  islohotlarni  amalga  oshirish, 

ularni qonun bilan mustahkamlaydigan huquqiy tizimni vujudga keltirish vazifasi turadi. CHunki 

sobiq  sotsialistik  tuzumga  xos  ijtimoiy  munosabatlar  va  jarayonlar  endilikda 

respublikada  barpo  qilinajak  yangi  jamiyat  manfaatlariga  mos  kelmas  edi.  Mulkchilik, 

mulkka  egalik  va  uni  boshqarish, ishlab chiqarish omillari, bozor mexanizmi, davlatning 

ijtimoiy-iqtisodiy  hayotini  normal  izga  solishga  ana  shunday  jiddiy  yangilanishlarni 

taqozo etardi. 

SHuni  aytish  kerakki,  jahonda  ijtimoiy-iqt isodi y  rivojlanishni ng  ham  

maml akatbop  tamoyillari  hamma  uchun  tavsiya  etish  lozim  bo‘lgan  tayyor  andozalari 

xech  qachon  bo‘lmaydi.  SHu  bilan  birga  rivojlanishning  madaniy,  ma’rifiy  tarixiy 

jihatdan  asrlar  mobaynida  shakllangan  an’analari  mavjud  bo‘lgan  O‘zbekistonday  qadimiy 

makonda ham o‘ziga xos yo‘l tanlash  uchun ancha-muncha izlanishlar qilish zarur bo‘ldi. 

Biroq  vaqtni  boy  bermay,  tezkorlik  bilan  ish  to‘tish  lozim  edi.  SHuning  uchun  ham 

Mustaqil O‘zbekiston tug‘ilgan kuniyoq oyoqqa turishga o‘zi yurishga majbur edi. 

O‘zbekiston  o‘z  mustaqilligini  qo‘lga  kiritgan  dastlabki  paytda  mamlakat 

ichkarisida  bo‘lgani  kabi  uning  tashqarisida  ham  unga  ishonmaydigan,  shubha  bilan 

qaraydiganlar  bor  edi.  Hatto  sobiq  markazdagi  ayrim  karomatgo‘ylar  O‘zbekistonga 

nisbatan  «o‘zlaringni  mustaqil  boshqarishga,  mustaqil  davlat  qurishga  qodir  emassizlar», 

«Sizlar  uchun  biz  fikrlaymiz,  nazariya  yaratamiz,  sizlar  esa  bajarasizlar,  xolos»  deb 

shovinistlarcha  g‘arazgo‘ylik  qilar  edi.  Mamlakat  i chkari si dagi   a yri m   t oi fal ar 

o‘rt asi da  esa  «End i O‘z bekist on  qanday  yo ‘l dan  boradi? »  «Qanday  jamiyat 

quradi?»  «Markazsiz  yashay  oladimi?»,  «Respublikada  ijtimoiy-siyosiy  barqarorlik 

ta’minlanadimi?»-qabilidagi  savollar  vujudga  kelgan  edi.  Unga  har  kim  o‘zicha  javob 

qidirar edi. 

Tabiyki, ana shunday ziddiyatli va murakkab bir paytda  O‘zbekiston uchun o‘ziga xos 

istiqlol  va  taraqqiyot  yo‘lini  tanlash,  yangi  jamiyat  barpo  qilish  uchun  o‘z  andozasini 

ishlab  chiqish  g‘oyat  dolzarb  va  ahamiyatli  edi.  O‘zbekistonda  o‘z  navbatida  bunday 

vazifani  uddalash  O‘zbekistondagi  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy  vaziyat,  odamlar 

o‘rtasida  tarkib  topgan  munosabatlar,  ularning  dunyoqarashi,  jumladan,  diniy  e’tiqodi, 

ruhiyati  va  hulq-atvor  normalari  shuni  taqozo  etar  edi  Ayni  paytda,  O‘zbekistonning  o‘z 

iqtisodiy-ijtimoiy  rivojlanish  andozasini  ishlab  chiqishda  rivojlangan  mamlakatlarning 

ko‘p  asrlik  tajribasini  o‘rganish,  ularning  foydali  qismini  o‘zlashtirish  bilan  birga 

O‘zbekiston  xalqining  turmush  tarzi  va  an’analariga  ham  tayanish  lozim  edi.  SHuning 

uchun  ham  mustaqillikning  dastlabki  kunlardanoq  jahon  va  o‘zimizning  amaliyotimizdan 




olingan  barcha  unumli  tajribani  rad  etmagan  holda  o‘z  ijtimoiy-iqtisodiy  va  siyosiy-huquqiy 

taraqqiyot yo‘lini tanlab olishga kirishdi. 

Albatta  mamlakat  uchun  hayot-mamot  bosqichi  bo‘lgan  bir  paytda  uning  yangi  jamiyatga 

o‘tishi bilan bog‘liq vazifalarni bajarish davlat rahbaridagi yangi sharoitga mos muhim boshqaruv 

tizimini ishlab chiqishni, jamiyatning  iqtisodiy asosini vujudga keltirishni taqozo qiladi. Aholining 

barcha  toifalarini  yagona  maqsad  atrofida  birlashtiruvchi  g‘oyalar  tizimini  yaratishni  talab  etadi 

O‘zbekistonning  o‘ziga  hos  taraqqiyot  yo‘li  ana  shu  tarzda  shakllandi.  Mamlakat  istiqlolining 

tashabbuskori  va  rahnamosi  sifatida  I.Karimov  mustaqillikning  dastlabki  davrida  o‘zining 

qat’iy, ilmiy jihatdan asosli, hayotiy jihatdan yashovchan  xulosalarini o‘rtaga tashladi. Hali sobiq 

ittifoq  mavjud  bo‘lgan  bir  paytda  u  respublika  rahbarligiga  kelgan  vaqtdan  boshlab 

respublikaning ijtimoiy-siyosiy xayotida jiddiy ravishda yangilanishni, tub o‘zgarishlarni boshlab 

yuborgan edi  

I.Karimov  umumxalq  ovoz  berish  yo‘li  bilan  mamlakat prezidenti etib saylanganidanoq 

o‘zining  butun  amaliy  faoliyatida  xalq  va  vatan  manfaati  asosida  ish  tutdi. U Oliy  Kengashning 

1992  yil  4-yanvarda  bo‘lib  o‘tgan  navbatdan  tashqari  IX  sessiyasida  shunday  degan  edi;  «Menga 

qanday  yuksak  ma’suliyat  yuklanganini  his  qilgan  holda  xalqning  munosib  turmush 

kechirishi 

uchun 


qanday 

yo‘llar 


tanlaganimiz 

haqida 


ba’zi 

fikrlar 


bilan 

o‘rtoqlashmoqchiman. Xalq iqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun qat’iy harakatlar qilishni 

kutayapdi. O‘tmish qoldiqlari xalq elkasiga og‘ir yuk bo‘lib qolgan. Eng muhim vazifalardan 

biri  xalqning  baxtli  hayotini  ta’minlashdir.  Prezident  shiddat  bilan  kirib  kelayotgan  bozor 

iqtisodiyoti zarbalariga  bardosh beruvchi qatlamni  o‘z homiyligiga olish kerak.  Bular ko‘p 

bolali kam ta’minlangan oilalar, nogironlar.  

Bundan  keyin  ham  biz  uchun  shu  tamoyil  qat’iy  bo‘lib,  qo laveradi» Prezident 

Oliy  Kengashning  mazkur  sessiyasida  Dastur  ahamiyatiga  molik  bo‘lgan  nutqida  davlat 

siyosatining  strategiyasini  aniq-ravshan  ko‘rsatib  berdi .  Iqtis odi y  barqarorli kni, 

millatl araro  tinchlikni  ta’minlash,  totuvlik  va  osoyishtalikni  saql as h,  fuqarol arga 

erki nli k  beris h,  j ami yat da  ma’naviy  yangilanish  uchun  barcha  sharoitlar  yaratish 

lozimligini, yosh avlod tarbiyasiga katta e’tibor berish kerakligini, huquqiy davlatda qonun 

ustuvor bo‘lishini alohida ta’kidladi. 

Jumladan, o‘z fikrini davom ettirar  ekan,  I.Karimov  «Huquqiy  davlatda  qurol  ham 

qalqon  ham  qonundir...  Qonun  bu  xalq  irodasi  va  muqaddasdir»,-deb  uqtirdi.  Tabiiyki, 

Prezident  nutqidagi  ushbu  qoidalar  O‘zbekiston  istiqloli  va  taraqqiyotining  asosiy 

yo‘llarini belgilab berish uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Masalaga ana shunday yondashish 

mustaqillikning  ilk  kunlaridanoq  aniq  tartib  intizomga  rioya  qilish,  qonun  ustivorligiga 

intilishi  mamlakatda  eng  murakkab  paytlarda  barqarorlikni  ta’minlashda  muhim  omil 

bo‘ldi. 


I.Karimov  O‘zbekistonning  mustaqil  taraqqiyot  yo‘lini  ishlab  chiqar  ekan, 

o‘tmishdan,  sobiq  sovet  tuzumidan meros bo‘lib qolgan tajribadan saboq chiqardi.  Ayni 

chog‘da  1990-yillar  boshlarida,  ya’ni  mustaqil  taraqqiyotning  dastlabki  yilida  amalga 

oshirilgan  ijtimoiy-iqtisodiy  islohotlarni  chuqur  tahlil  qildi.  Shu  asosda  «soxta  inqilobiy 

sakrashlarsiz, fojeali oqibatlarsiz va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, evolyusion  yo‘l bilan normal, 

madaniyatli  taraqqiyotga  o‘tish  tanlab  olingan  yo‘lning  asosiy  mazmun  va  mohiyatidir»,-

degan  x u l o s a g a   k e l d i .   U   O ‘ z b e k i s t o n n i n g  c h i n a k a m   mustaqilligini  ta’minlash 

yo‘llarini ishlab  chiqishda  avvalo Respublikani rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari va 

shart-sharoitlarini hisobga oldi. 

Ma’lumki, o‘zbek xalqi azaldan jamoa bo‘lib, uyushib  yashashga odatlangan. To‘yda 

ham, azada ham yonma-yon turib, oddiy kunlarda bir-biriga ko‘maklashgan. Kattalarni hurmat 

qilish,  oila  va  farzandlar  to‘g‘risida  g‘amxo‘rlik  ko‘rsatish,  millatidan  qat’iy  nazar 

odamlarga  xayrihohlik,  o‘zgalarga  yordam  tuyg‘usi  o‘zbek  xalqiga  tarixan  xosdir. 

Shuning  uchun  ham  I.Karimov  1992  yil  2  iyulda  O‘zbekiston  Oliy  Kengashining  X 

sessiyasida  «Istiqlol  yo‘llari  va  muammolari»  mavzusida  nutq  so‘zlar  ekan,  «Biz  ijtimoiy 

taraqqiyot va yangilanish borasida o‘z  yo‘limiz bor, deb e’lon qildik. Bozor iqtisodiyotiga 




o‘tar  ekanmiz,  milliy  tarixiy  turmush  tarzini,  xalqimiz  urf-odatlarini,  an’analarimizni, 

kishilarning  fikrlash  tarzini  hisobga  olamiz»,-dedi  va  tub  islohotlarni  amalga  oshirish 

borasida dastlabki tamoyilni belgilab berdi.  

Bu 



Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish