Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi qo‘mitasi
(KGB)
qonuniy ravishda O‘zbekiston tasarrufiga olindi. Respublika hududida joylashgan
SSSR ichki ishlar vazirligi, Davlat Xavfsizlik qo‘mitasi, prokuraturasi, adliya organlari, ichki
qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va boshqa qo‘shilmalar partiyadan butunlay holi
qilindi.
Markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, markaz
muhim boshqaruv qobiliyatini yo‘qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o‘z holiga
tashlab qo‘yilgan bir sharoitda tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholay bilish qobiliyatiga ega
bo‘lgan O‘zbekiston prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda
O‘zbekiston mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. CHunki har bir
m i l l i y
r e s p u b l i k a n i n g
c h i n a k a m
t e n g
h u q u q l i l i gi
v a
mustaqilligi
ta’minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun haqiqiy mustaqillik
yo‘lidagi barcha to‘siqlar, olib tashlanishi, har bir respublika so‘zda emas, amalda
tenglar orasida teng bo‘lishi lozim.
Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O‘zbekistonning davlat mustaqilligi
to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini
chaqirishga qaror qildi. O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi va Markaziy
Nazorat qo‘mitasining 1991 yil 28 avgustda bo‘lib o‘tgan qo‘shma Plenumi Respublika
kompartiyasining KPSS MK bilan har qanday aloqasini to‘xtashishga, K P S S ni n g b a r cha
t a s h ki l o t l a ri d an chaqirib olishga uning o‘z vakillarini chiqarib olishga qaror qiladi.
Ana shunday vaziyatda O‘zbekiston Oliy Kengashining XII-chaqiriq navbatdan
tashqari oltinchi sessiyasi 1991 yil 31 avgust kuni o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning
mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etishini
alohida ta’kidlash lozim. Unda «O‘zbekiston Respublikasining "Davlat mustaqilligi
to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalar
kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risida birinchi Prezidentimiz
Islom Karimov ma’ruzasi tinglandi. U o‘z nutqida 1991 yil o‘rtalarida markaziy xukumat
olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 19-21 avgust kunlari Moskvada Favqulotda holat
Davlat qo‘mitasi (GKCHP) a’zolarining odamlar boshiga azob-uqubatlar solish, butun
xalqlarning ozodligini, respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo‘lganliklarini
xalqqa ro‘yi-rost bildirdi. Alg‘ov-dalg‘ovli kunlarda ham O‘zbekistonning o‘z yo‘li va
maqsadi borligi bu xalq, manfaatiga mos yo‘l ekanligi, qanday sharoit bo‘lmasin, undan
qaytmasligi aytildi.
Birinchi Prezidentimiz o‘z ma’ruzasida mustaqil davlatlar maqomiga to‘xtalib
quyidagilarni ta’kidladi: «Bo‘lajak mustaqil davlatlar erkin, mustaqil va teng huquqli bo‘lib
qolishlari, o‘zlarining milliy davlat tuzish, tashqi bozorga chiqish, o‘zi ma’qul topgan barcha
mamlakatlar bilan xalqaro munosabat o‘rnatish, diplomatik konsullik aloqalari masalalarini
mustaqil hal etishlari kerak. YAna ta’kidlab aytaman bu hech kimning buyrug‘isiz va
aralashuvisiz mustaqil amalga oshirilishi kerak. Mana shu sharoitga, sabablarga
asoslanib, xalqimiz hohish-irodasini bajo keltirib, Oliy Kengash diqqatiga faqat bir
masalani qo‘ymoqchiman: O‘zbekistonning mustaqilligi haqidagi qonunni muhokama
etish va uni qabul qilishni taklif etaman. Bu qonunda qadimiy va yangilanayotgan
diyorimizda istiqomat qilayotgan barcha kishilarning hohish-irodasi o‘z ifodasini topgan.
Xalqimizning bu ezgu hohish-irodasi biz uchun muqaddasdir.
Oliy kengash deputatlari moddama-modda muhokamadan so‘ng O‘zbekiston
Respublikasining davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildilar. O‘zbekiston
SSRning nomi O‘zbekiston respublikasi deb o‘zgartirildi. So‘ngra «O‘zbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida Oliy Kengash bayonoti» qabul qilindi.
Oliy Kengash mazkur Bayonot orqali xalqaro-huquq xujjatlarida qayd etilgan o‘z
taqdirini o‘zi belgilash huquqiga asoslanib, respublika xalqlarining taqdiri uchun butun
ma’suliyatni anglab O‘zbekistonning davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat
O‘zbekiston respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qildi.
Oliy Kengash sessiyasida «O‘zbekiston respublikasining Davlat mustaqilligini e’lon
qilish to‘g‘risida» qaror qabul qildi. Qarorda 1-sentyabrь O‘zbekiston Respublikasining
mustaqillik kuni deb" belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni
deb e’lon qilinsin, deb qat’iy belgilab qo‘yildi. O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi
haqidagi bu xujjatlar o‘zbek xalqining asriy orzusi ruyobga chiqqanligining huquqiy
ifodasi bo‘ldi.
«O‘zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonun
g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun bu muhim hujjat haqida batafsil to‘xtab
o‘tish lozim. Mazkur qonun asosida O‘zbekistonning huquqiy holati tubdan o‘zgardi.
O‘z mohiyatiga ko‘ra bu hujjat respublika uchun vaqtincha konstitutsiya rolini o‘ynaydigan
bo‘ldi. 17 moddadan iborat ushbu qonun suveren O‘zbekiston Respublikasining asosiy
belgilarini aniqlab berdi.
1-Moddada, O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarkibidagi Qoraqalpog‘iston respublikasi
bilan birga mustaqil demokratik davlat deb e’lon qilindi.
2-Moddada, O‘zbekiston Respublikasining suveren ekanligi va u respublika davlat
hokimiyatining birdan-bir sohibi ekanligi ta’kidlandi.
3-Modda, O‘zbekiston Respublikasining to‘la davlat hokimiyatiga egaligi, o‘zining
milliy davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, hokimiyat va muhim boshqaruv idoralari
tizimini mustaqil belgilashi qonunlashtirildi.
5-Modda, O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiya, uning qonunlari ustun
ekanligi va davlat idoralarining tizimi, hokimiyatni qonun chiqaruvchi, ijroya va sud
hokimiyatiga ajratish tartibi belgilandi.
8-12-14 moddalar, O‘zbekiston mustaqilligining iqtisodiy asoslari izohlab berildi.
13-14 moddalar, O‘zbekistonning tashqi siyosiy, iqtisodiy asoslari izohlab berildi.
15-moddada, O‘zbekiston Respublikasi hududida inson huquqlari umumi y
deklaratsi yaga muvofiq hol da respublika fuqaroligi joriy etildi. Fuqarolar millati,
elati, ijtimoiy kelib chiqishi, qaysi dinga mansubligidan qat’iy nazar, bir xil huquqlarga
egaligi
va
ular
Respublika
Konstitutsiyasi
qonunlari
himoyasida
bo‘lishlari
qonunlashtirildi.
16-Moddada, davlat ramzi bo‘lgan gerb, bayroq va madhiya hamda davlat tili haqida
gapiriladi.
17-moddada, O‘zbekistonning Qoraqalpog‘iston bilan munosabatlari xususida
so‘z borib, O‘zbekiston Qoraqalpog‘istonning hududiy yaxlitligini tan olishi haqida
fikr yuritiladi. Uning O‘zbekiston tarkibida ekanligi e’tirof etiladi. (Bu moddada
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston munosabatlari ikki tomonlama tenglik asosida
tarkib topishi kerakligi qonunlashtirilgan). SH uningdek, bu moddada Qoraqalpog‘iston
Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi tarkibidan tegishli qonunlar asosida chiqib ketishi
mumkinligi ham e’tirof etilgan.
Bunday qonunning qabul qilinishi mustaqillik davrida qo‘lga kiritilgan
yutuqlarning natijasi hisoblanadi. Bu esa huquqiy, iqtisodiy hamda ma’naviy-axloqi y
munosabatlar natijasi sifatida muhim ahamiyatga ega. SHuning uchun ham ushbu
qonunga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 30 sentyabrda bo‘lib o‘tgan
XII sessiyasida qabul qilingan qarori bilan konstitutsiyaviy qonun maqomi berildi.
Jumladan, unda shunday deyiladi:
1.
«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida» 1991 yil 31
avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining qonuniga konstitutsiyaviy maqom
berilsin.
2.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi konstitutsiyasi moddalariga «O‘zbekiston
Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi qonunning moddalariga zid
kelgan hollarda mazkur qonunga amal qilinsin».
SHu tariqa qonun tarzida huquqiy jihatdan rasmiylashtirilgan O‘zbekiston
mustaqilligi barcha dillarni quvonchlarga to‘ldirdi.
Oliy Kengashda Davlat ramzlari haqidagi masala ham ko‘rildi va quyidagi qaror
qabul qilindi:
SHu tariqa, xalqimizning asriy orzusi, umidlari ushaldi va ro‘yobga chiqdi. Uzoq
yillar davom etgan kurash n a t i j a l a r i d a m a m l a k a t i m i z , x a l q i m i z s i yo s i y mutelik,
asoratidan qutildi. Dunyo xaritasida yana bitta-mustaqil davlat O‘zbekiston Respublikasi
paydo bo‘ldi. O‘zbekiston tarixida yangi davr milliy istiqlol davri boshlandi. O‘zbekiston uchun
mustaqil ichki va tashqi si yos at yuritish, xal qimiz uchun o‘z taqdiri ni o‘zi belgilash,
o‘zlari uchun munosib turmush sharoiti yaratish imkoniyati vujudga keldi.
1. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan keyin davlat muhim boshqaruvining yangi,
zamonaviy va samarali tizimi shakllana boshladi. Prezidentlik Respublika boshqaruvi
mazkur tizim o‘zagini tashkil etdi. 1991 yil oxirida O‘zbekiston hayotida tom ma’noda ulkan
tarixiy voqea sodir bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining VIII sessiyasida
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida» qonun qabul qilindi. Qonunda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib yoshi 35 dan kam bo‘lmagan va yoshi 65 dan ortiq
bo‘lmagan kishi saylanish huquqiga ega bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi saylanishi mumkindeb
belgilandi.
O‘zbekiston Prezidenti 5 yil muddatga saylanadi, bir fuqaroning o‘zi ketma-ket ikki
muddatdan ortiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bo‘lishi mumkin emas, deb
belgilab qo‘yildi. 1991 yil 29 dekabrda xalq imiz uzoq yillik mustamlakachilikdan
so‘ng tom ma’nodagi mustaqillik ramzi sifatida birinchi bor umumxalq hohish-irodasi
bilan mustaqil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini sayladi. Bu tarixiy voqea juda katta
mehnat, siyosiy faolllik, milliy yaxlitlik, g‘oyalar va maqsadlar mushtarakligi mahsuli
bo‘ldi. Bu sharafli ishni Markaziy saylov komissiyasi berdi, 13-saylov okrugi va qariyib 7
mingta uchastka saylov komissiyasi amalga oshirdi.
Asosiy vazifa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini saylash haqidagi qonun
talablarini og‘ishmay amalga oshirish, bir tomondan millionlab fuqarolarga o‘z
konstitutsiyaviy
huquqidan
foydalanishga,
ikkinchi
tomondan
prez identlikka
nomzodalarga ularning saylovoldi kurashida teng sharoit yaratib berishdan iborat edi.
Saylovga tayorgarlik jarayonida Markaziy saylov komissiyasi eng avvalo saylovga
doir barcha hujjatlarni markazlashtirgan holda tayyorlash va joylarga o‘z vaqtida
etkazish choralarini ko‘rdi. Bu vazifa muvaffaqiyatli hal etildi. Xususan P rez i dent
s a yl ovi ga doi r b yul l et enl ar b ar cha saylovchilarga etadigan miqdorda 11 mln. nushada
qilib chop etildi.
Prezidentlikka nomzodlarning har birining saylovoldi dasturlari aks ettirilgan 3001 ming
nusxadan iborat plakatlari nomzodlarning 40 ming nusxada saylovchilarga murojaatnomalari
chop etildi. Markaziy saylov komissiyasi saylovoldi kompaniyasida nomzodlar uchun teng
sharoit yaratish, ularga o‘z saylovoldi dasturlarini ommaga namoyon qilishi uchun
teng imkon yaratish masalalariga Prezidentlik saylovi haqidagi qonun talablaridan kelib
chiqqan holda alohida e’tibor berildi. Umumxalq Prezident saylovi mamlakat tarixida ilk bor
o‘tayotganini saylovchilarimizda hali etarli tajriba va ko‘nikma yo‘qligini inobatga
olib, bu tadbi rni uyushqoqlik bilan ko‘tarinki ruhda o‘tkazish maqsadida faolll ar keng
ko‘lamda jalb qilindi. Saylov komissiyalari ishida 75 mingdan ziyod kishi qatnashdi.
Saylov komissiyalariga yordam tariqasida Oliy kengash va m ahal l iy ken gas hl ar
deput atl ari keng faoli yat ko‘rsatishdi.
O‘zbekiston Respublikasi saylovlari muqobillik asosida o‘tdi. Oliy lavozimga
ikki nomzod O‘zbekiston XDP va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiya
nomzodi I. Karimov va «Erk» Demokratik partiyasi vakili Saloy Madaminov
(Muhammad Solix) nomzodi qo‘yildi. Saylovlar yakuniga. Ko‘ra 86% 914 ming 136 kishi
yoki ovoz berishda qatnashganlarning 86% I.Karimov nomzodini, 1 mln. 220 ming 474 saylovchi
(12,3) Saloy Madaminov nomzodini yoqlab ovoz berdi. Markaziy saylov komissiyasi majlis
bayonlarini ko‘rib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risidagi
qonunning 35-moddasiga asosan I.Karimov 1991 yil 29 dekabrdan O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti I.Karimov o‘z vazifasini bajarishga kirishdi. O‘zbekiston Oliy Kegashining 1992
yil 4-yanvarda bo‘lgan navbatdan tashqari IX sessiyasida I.Karimov qasamyod qildi.
SHuni alohida ta’kidlash joizki, Respublikaning barcha hududlarida saylov
uyushqoqlik bilan, qonunlarga qat’iy amal qilingan holda saylovchilarning yuksak
faolligida o‘tdi. Saylov puxta tashkil e’tilgani, saylovlarning o‘tkazilishi va uning
natijalarini hisoblab chiqish uchun qonun asosida adolatli tashkil etilgani MDH
mamlakatlari, shuningdek AQSH, Turkiya va Malaziyadan hamda bir qator xalqaro
tashkilotlardan kelgan mustaqil kuzatuvchilar tomonidan e’tirof etildi. Saylovlar
natijalari o‘zbek xalqining mustaqil taraqqiyotini va rivojlanishini, yutuqlarini
I.Karimov shaxsi, uning dono si yosati, tashabbuskorligi va fidoiyligi bilan
bog‘lashning yaqqol dalili edi.
2.
Mamlakatimizda
amalga
oshirilayotgan
tub
islohotlarning
natijasida
davlatimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini jahon taraqqiyotiga qo‘shayotgan
munosib hissasini mamlakat fuqarolari ham xorijdagi siyosatdonlar va davlat arboblari ham
tan olmoqda. Tarixan g‘oyat qisqa muddatda qo‘lga kiritilgan yutuqlar mazmun-mohiyati va
ko‘lami bilan bir necha o‘n yilliklarga teng. Zotan qisqa muddatda jamiyatni tubdan o‘zgartirish,
huquqiy demokratik davlatni vujudga keltirish, turmushimizda demokratik jarayonlarni
chuqurlashtirish borasida katta ishlarni amalga oshirdi. Ana shu keng miqiyosli islohotlarni
uzluksiz davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995 yil 26 martda
Prezidentning vakolatini 1997 yildan 2000 yilgacha uzaytirish yuzasidan umumxalq
referendumini o‘tkazishga qaror qildi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, jamiyatni
takomillashtirish aholi dunyoqarashi va tushunchalarini yangi g‘oyalar bilan boyitish uzoq
muddatli jarayon.
YOki boshqacha qilib aytganda, O‘zbekistonning yang asrdagi dasturiy faoliyatidir. O‘tish
davridagidek murakkab, ziddiyatli keng miqiyosli islohatlar avj olgan bir paytda esa Davlat
muhim boshqaruvidagi izchillikning saqlab turilishi, boshlang‘ich og‘ir va xayirli ishlarni bir
me’yorda olib borish va oxiriga etkazish jamiyat hayotida ham fuqarolar hayotida ham muhim
ahamiyat kasb etadi.
Ana shu nuqtai nazardan qaraganda Oliy Majlisning mamlakatda Prezident vakolatini 2000
yilgacha cho‘zish yuzasidan umumxalq referendumini o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qarori,
shu qaror asosida o‘tkazilgan referendum katta siyosiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etdi, qolaversa
mazkur qaror va uning sharhlarida boshqa yana bir qator o‘ta muhim, xar bir fuqaro hayotiga
daxldor masalalar aniq ko‘rsatib berilgan.
Shu yerda o‘quvchilar e’tiborini rivojlangan mamlakatlarda (deylik AQSH, Germaniya,
Fransiya, Koreya va boshqalar) Prezident almashinuvi yoki saylovlari va boshqa siyosiy
xodisalar oddiy fuqarolar yoki umuman jamiyat hayotida keskin burilishlarga sabab bo‘lmaydi.
Chunki ular aniq, mukammal qonun asosida o‘zlarini o‘zlari boshqarishi hayot tarziga aylanib
qolgan, demak amaldagi qonunlar bo‘yicha faoliyatlarini davom ettiraveradilar. Prezident esa
jamiyat taraqqiyotining umumiy yo‘nali7shlarni, davlat siyosatining asosiy tamoyillarini yangi
tarixiy sharoitlarda, yangicha ehtiyojlar nuqtai nazaridan boyitib boraveradi, xolos.
O‘tish davrida esa vaziyat boshqacha, ya’ni ancha murakkab. Har qanday davlat siyosatida
endigina shakllanayotgan boshqaruv tizimini va qonunchilikning, izchillikning saqlab turilishi
tabiiy va samarali hodisa sifatida baholanadi. Qolaversa, taьbir joiz bo‘lsa xalq iborasi bilan
aytganda kechuvda otlar almashinmaydi. Chunonchi qo‘shni mamlakatlarda ro‘y berayotgan
noxush voqealar bunga misol bo‘la oladi. Masalan, ijtimoiy-siyosiy vaziyat chigal bo‘lgan
Gruziya, Ozarbayjon, Armaniston va Tojikistonda davlat rahbarlari uch marta, Ukraina,
Belorussiya, Moldova va Boltiq bo‘yi davlatlarida esa ikki-uch martadan almashdi. Rossiya
Federatsiyasidagi chigal holat esa butun xalq boshiga kulfat keltirdi. Har qanday mamlakatda
siyosiy barqarorlik mavjud bo‘lgan sharoitdagina ishlab chiqarishdagi munosabat iqtisodiy va
ijtimoiy sohalarda umuman har tomonlama barqarorlikni to‘la saqlash mumkin.
Kelajagi buyuk qilib barpo etilayotgan davlatimiz dunyoga yuz ochib, avvalo eng buyuk
va
eng
taraqqiy
topgan
davlatlar
bilan
mustahkam
aloqalar
o‘rnatib,
umumjahonssivilizatsiyasiga, davlat qurilishi sohasida ravnaq etgan boshqa xalqlar erishgan
tajribalarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanishi samarasi o‘laroq qisqa davr ichida O‘zbekiston
yonilg‘i mustaqilligiga erishdi, o‘z avtomobilsozlik sanoatiga ega bo‘ldi. Asakada
chiqarilayotgan zamonaviy engil avtomobillarimizga taqdirning to‘g‘ri keltirganini
qarangki yaqindagina "avtomabilsozlikda dunyo bo‘yicha" oldingi o‘rinlardan birini
egallab kelgan Rossiya havasmand va u eng birinchi xaridor bo‘ldi. Dunyo
aviasozlarining peshqadamlaridan bo‘lmish AQSH lik va Rossiyalik samolyotsozlar
O‘zbekistonlik hamkasblarini salohiyat bobida teng ko‘rib, o‘zaro hamkorlik qilish haqida
shartnoma imzoladilar.
Mamlakatimizda g‘alla mustaqilligi uchun kurash bormoqda. Yaqin kelgusida paxta
hosilini gektar boshiga oltmish-etmish sentnerga yetkazish uchun chora-tadbirlar
ko‘rilmoqda. Davlat qurilishi sohasida boshqa xalqlar erishgan tajribalar, ijtimoiy
qadriyatlarga ijodiy yondoshgan holda asoslanib, respublikamizda demokratik, huquqiy,
dunyoviy davlat qurayotgani xorijliklar tomonidan ham mamnuniyat bilan e’tirof
etilmoqda.O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan madaniy-ma’naviy tadbirlar vatanimiz azaldan
bashariyat taffakuri xazinasiga munosib hissa qo‘shib kelganini bugungi kunda yana bir
bor tasdiqlamoqda.
Xalqimizning ma’naviyat, adolatparvarlik, ma’rifatparvarlik kabi fazilatlari asrlar
mobaynida SHarq falsafasi va diniy ta’limoti bilan uzviy rivojlanib, o‘z navbatida bu
falsafiy-axloqiy ta’limotlarni o‘z dahosi ziyosidan bahramand etgani ma’lum. Davlatimi z
ana shu falsafaga uyg‘un holda, buyuk mutaffakir ajdodlarimizning dono fikrlariga hamohang
shakllanib tobora yuksalib borayotgani Amir Temur, M.Ulug‘bek, Imom Buxoriy, Imom
Termiziy, Ahmad Farg‘oniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshbandiy, Xoja Ahrori Valiy
va boshqa buyuk vatandoshlarimizning yubileylari, Buxoro va Xiva shaharlarining 2500
yillik yubileylari e’tiborga molik ishdir.
Ayonkim, har bir elsevar, yurtsevar va erkparvar kishi uchun ayniqsa, o‘z mamlakati
va millatining porloq va shon-shavkatli o‘tmish tarixidan ozmi-ko‘pmi xabardor bo‘lgan
ziyoli yozuvchi uchun o‘z ona-vatanida ona tilining kamsitilishiga shohid bo‘lishdan
ko‘ra og‘irroq va kuchliroq jabru-sitam bo‘lmasa kerak.
1980-yillarning oxirlariga kelib bu holat kuchayganidan kuchayib xo‘rlikka aylandi.
Buning ustiga o‘sha paytda respublikada hokimiyat tepasida turganlar milliy siyosatda,
jumladan, tilga bo‘lgan munosabatda telba-teskari ish tutib, uning yanada alanga olib ketishiga
sababchi bo‘ldilar. Natijada hayot mamotlari, ijtimoiy faoliyatlari til bilan bog‘liq bo‘lgan
adabiyot ahli va chin ixlosli adabiyot muxlislari-kitobxonlar o‘zbekistonda o‘zbek tiliga davlat
tili maqomini erilishini talab qilib chiqdilar Bunday talbning kun tartibiga quyilishiga xuddi
o‘sha kezlari Boltiq buyi respublikalarida Litva, Latviya va Eston tillariga davlat tili maqomi
berilishi haqidagi xabarlar ham turtki va dalda bo‘ldi, albatta. SHu tariqa respublikamizda
Do'stlaringiz bilan baham: |