Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet248/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

 
 
20-MODUL. XALQARO VALYUTA 
MUNOSABATLARI VA ULARNI TARTIBGA SOLISH 
MASALALARI 
 
20.1.  Xalqaro  valyuta  munosabatlari  va  ularni  yuzaga  kelish 
asoslari. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari.  
20.2.  Jahon  valyuta  tizimi  va  uning  elementlari.  Valyuta 
munosabatlarini tartibga solish tizimi. 
20.3. Valyuta munosabatlari tushunchasining mazmuni. erkin 
almashinadigan valyutalar. Xalqaro zaxira valyutalar. 
20.4.  Valyuta  kursi  rejimlari.  Milliy  valyuta  tizimi  va  uning 
elementlari. Jahon valyuta tizimi va uning elementlari. 
 
 
20.1. Xalqaro valyuta munosabatlari va ularni yuzaga kelish 
asoslari. Milliy valyuta tizimi va uning elementlari.  
 
Xalqaro  valyuta  munosabatlari-bu  valyutalarning  davlatlararo 
harakatlanishi natijasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlardir. 
Valyuta  davlatlararo  harakatlanishi  uchun  u  xalqaro  to`lov  vositasi 
vazifasini  bajara  olishi  va  xalqaro  valyuta  bozorlarida  oldi-sotdi 
qilinishi kerak. Xalqaro valyuta operatsiyalarining asosiy qismi (80 % 
dan  ortiq)xalqaro  rezerv  valyuta  maqomiga  ega  bo`lgan  etakchi 
valyutalar  orqali  amalga  oshiriladi.  Bu  maqomni  Xalqaro  Valyuta 
Fondi(XVF) beradi. Hozirgacha 5 ta valyuta rezerv maqomga ega.  
XVF  valyutaga  Xalqaro  rezerv  maqomni  berish  uchun  4  ta 
omilni hisobga oladi: 
1. Bu valyuta XVF da emitent davlat katta rezerv pozitsiyasiga 
ega bo`lishi kerak.  


320 
 
2. Bu valyuta xalqaro bozorlarda kotirovka(oldi-sotdi) qilinishi 
kerak.  
3. 
Dunyo 
mamlakatlarining 
xorijiy 
valyutalardagi 
zahiralarining bir qismi mana shu valyutada shakillantirilishi kerak. 
4. XVF bu valyutada kreditlar berishi kerak. 
 
Xalqaro valyuta  munosabatlarining asosi bo`lib quydagilar 
hisoblanadi: 
1. eksport-import operatsiyalarining mavjudligi. 
2.Investitsiyalarning 
davlatlararo 
oqimining 
mavjudligi. 
To`g’ridan  to`g’ri  investitsiyalar-  bunda  xorijiy  investitsiyalar  yangi 
ob`ektlarni  qurish  yoki  texnikalarni  sotib  olish  uchun  jalb  qilinadi. 
Portfelli 
investitsiyalar-bunda 
xorijiy 
investitsiyalar 
qimmatli 
qog’ozlarni sotish yo`li bilan jalb qilinadi.  
3. Xalqaro kreditlarning mavjudligi. 
4. Davlatlararo pul o`tkazmalarining mavjudligi. 
5. Davlatlararo siyosiy va madaniy aloqalarning mavjudligi. 
Milliy  valyuta  tizimi  bu  mamlakatda  valyuta  munosabatlarini 
tashkil  qilishning  davlat-huquqiy  shaklidir.  Milliy  valyuta  tizimi 
quydagi elementlardan tashkil topgan: 
1. Milly valyuta nomi (USD, UZS, eURO) 
2.Milly  valyuta  almashuv  kursining  rejimi.  Amalyotda  3  xil 
kurs  rejimi  mavjud:  1)  erkin  suzish  rejimi-bunda  milly  valyutaning 
kursi  xorijiy  valyutaga  bo`lgan  talab  va  taklifga  qarab  erkin 
shakillanadi. Markaziy Bank milly valyuta kursining ma`lum darajada 
tebranishi  uchun  javob  bermaydi.  2)Qat`iy  belgilangan  kurs  rejimi-
bunda  milly  valyuta  kursi  xorijiy  valyutaga  yoki  valyuta  savatiga 
nisbatan  ma`lum  nisbatlarda  belgilab  qo`yiladi.  Markaziy  Bank  ana 
shu  kursni  ushlab  turishi  uchun  javobgar  hisoblanadi.  3) 
Boshqariladigan suzish rejimi-bu mamlakatlar valyuta qonunchiligida 
erkin  suzish  rejimi  yozilgan  bo`ladi  lekin  Markaziy  Bank  milliy 
valyuta  kursiga  ta`sir  qilish  uchun  tez-tez  valyuta  intervensiyasini 
o`tkazadi.  Valyuta  intervensiyasi-bu  milly  valyuta  kursining 
kutilmaganda  yuzaga  keladigan  tebranishlariga  barham  berish  uchun 
Markaziy  Bank  tomonidan  xorijiy  valyutaning  sotilishi  yoki  sotib 
olinishi. 
3.Mamlakat  valyutaviy  cheklashlarining  mavjudligi  yoki 
yo`qligi.  O`zbekiston  08.10.2003  da  XVF  nizomining  8-moddasi 
bo`yicha  majburiyatlarni  qabul  qildi.  SHu  tariqa  joriy  valyuta 


321 
 
operatsiyalari  bo`yicha  cheklovlar  bekor  qilindi.  Lekin,  O`zbekiston 
kapitallar  va  kreditlarning  harakati  bo`yicha  valyutaviy  cheklovlar 
mavjud.  
4. Milly valyuta kursi  
5.Milly  valyuta  pariteti.  Bu  milliy  valyuta  qiymating  xorijiy 
valyuta  qiymatiga  nisbatidir.  Valyuta  pariteti  milly  va  xorijiy 
valyutaning harid qobilyatini taqqoslash yo`li bilan aniqlanadi.  
6.Mamlakatning  xalqaro  valyutaviy  to`lovga  qobilligi.  1)Agar 
mamlakat  3  oylik  importni  to`lashga  etadigan  oltin  zahiralariga  ega 
bo`lsa  u  xalqaro  valyutaviy  to`lovga  qobil  hisoblanadi.  2)  oltin 
zahiralari  +  xorijiy  valyutadagi  zahiralar  /  1yillik  tovar  importi  X 
100%.  Agar  bu  50%  va  undan  yuqori  bo`lsa  mamlakat  xalqaro 
valyutaviy to`lovga qobil bo`ladi.  
7. Milly valyuta bozorining mavjudligi. 
8. Milliy oltin bozorining rejimi. 
9. Mamlakat xalqaro hisob-kitoblarni amalga oshirish tartibi.  
10.  Valyuta  munosabatlarini  tartibga  soluvchi  va  nazorat 
qiluvchi  davlat  organlari.  O`zbekistonda  Markaziy  Bank  Valyutani 
tartibga  soluchi  organ  hisoblanadi.  4ta  valyutani  nazorat  qiluvchi 
organ mavjud: 
 1. Markaziy Bank 
 2. Moliya Vazirligi 
 3. Davlat Bojhona Qo`mitasi 
 4. Davlat Soliq Q`omitsi 
Davlatlararo  valyuta  munosabatlarini  XVF  tartibga  soladi. 
Bundan  ko`zlangan  asosiy  maqsad  xalqaro  valyuta  tizimida  uzluksiz 
faoliyat 
ko`rsatishni 
ta`minlash 
orqali 
xalqaro 
iqtisodiy 
munosabatlarni rivojlanishiga ko`maklashish hisoblanadi. 
Valyuta munosabatlarining ba`zi bir elementlari qadimiy Rimda 
veksellar  asosida  va  bir  mamlakat  savdogarining  pulini  ikkinchi  bir 
mamlakat  savdogariga  almashtirib  berish  zaminida  vujudga  kelgan. 
Valyuta  munosabatlarining  rivojlanishining  keyingi  bosqichi  qadimiy 
London  va  boshqa  G’arbiy  evropa  mamlakatlarida  o`tkaziladigan 
tratta  operatsiyalarining  rivojlanishi  hisoblanadi.  Ishlab  chiqarish 
kuchlarining  rivojlanishi,  jahon  bozorining  barpo  bo`lishi,  xalqaro 
mehnat  taqsimotining  chuqurlashuvi  va  jahon  xo`jalik  tizimining 
rivojlanishi 
xalqaro 
valyuta 
munosabatlari 
rivojlanishining 
asosidir.Valyuta munosabatlari xalqaro iqtisodiy munosabatlarning bir 


322 
 
bo`lagi  hisoblanib,  uning  holati  milliy  va  jahon  iqtisodiyotining 
rivojlanish  darajasiga,  siyosiy  ahvolga,  mamlakatning  iqtisodiy 
potentsialiga,  uning  jahondagi  o`rniga  va  boshqa  omillarga  bog’liq 
bo`ladi.  
Valyuta  tizimi  davlatlararo  bitim  yoki  milliy  qonunlarga 
muvofiq  valyuta  munosabatlarini  tashkil  qilish  va  boshqarish 
shakllarini  o`z  ichiga  oladi.  Valyuta  tizimining  quyidagi  turlari 
mavjud.  Bular  –  milliy,  jahon  va  xalqaro  (mintaqaviy)  valyuta 
tizimlaridir. 
Sanoati 
rivojlangan 
davlatlar 
iqtisodiyotlari 
o`rtasidagi 
integratsiyaning chuqurlashuvi sharoitida valyuta tizimi jahon xo`jalik 
aloqalarida  muhim  va  mustaqil  o`rin  tuta  boshlayapti.  Valyuta  tizimi 
mamlakatning  iqtisodiy  holatiga  bevosita  ta`sir  etadi  (ya`ni  ishlab 
chiqarish omillari, sur`atlariga, narxga, ish haqiga va boshqalarga). 
Milliy,  jahon  va  xalqaro  (mintaqaviy)  valyuta  tizimlari 
tushunchalari birbiridan farqlanadi. 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish