19.3. Kreditlashni tashkil qilish printsiplari. Kredit tizimining
turlari: markazlashgan kredit tizimi; bozor kredit tizimi; o`tish
davri kredit tizimi.
Biror mamlakat iqtisodiyotida yuz berayotgan tangliklar, no-
mutonosibiklarning bir uchi bank tizimi holati va tijorat banklarning
foaliyatiga borib taqaladi. Ayniqsa, o`tish davrini boshdan
kechirayotgan
davlatlarda
yuz
bergan
va
yuz
berayotgan
inqirozlarning bosh omillari sifatida banklarning sinishi va bankrotligi
sanaladi. Rossiyada 1995 yil va 1998 yilda sodir bo`lgan
inqirozlarning tahlili shuni ko`rsatadiki, aholining banklarga
ishonchining yo`qolishi, siyosiy omillar va moliyaviy piramidalarning
tushkunligi holatlari banklarning to`lovga qobiliyatini yo`qqa
chiqaradi. SHunday ekan, tijorat banklarning likvidligi va to`lovga
qobiliyatini tahlil etish davomida bunga ta`sir etuvchi omillarni
aniqlash lozim. CHunki likvidlik va to`lovga qobiliyatlilik murakkab
iqtisodiy tushunchalar sanaladi va yuzaki baholaganda tahlil samarasi
past bo`lish mumkin.
Banklar faoliyatiga ta`sir qiluvchi omillar turlicha tasniflanadi.
Odatda, ular ichki va tashqi omillarga ajratilib o`rganiladi. Tijorat
banklarning likvidligi va to`lov qobiliyatini belgilaydigan ichki
omillar qatoriga quyidagilar kiradi:
– bankning mustahkam kapital bazasi;
– aktivlar sifati;
– depozitlar sifati;
– tashqi manbalarga qaramlik darajasi;
– aktivlar va passivlarning muddatlari bo`yicha mutanosibligi;
– malakali menejment;
– bankning imidji.
Bankning mustahkam kapital bazasi xususiy kapitalining mutlaq
qiymatini ifoda etib, aktivlar bo`yicha tavakkalchiliklarning himoya
manbasi hamda omonatchilar va depozitchilar mablag’larining
309
kafolati hamdir. Bankning xususiy kapitali nizom fondi va boshqa
maqsadli fondlardan iborat bo`lib, moliyaviy barqarorlik uchun ham
asosdir. SHunday qilib, bankning xususiy kapitali qancha katta bo`lsa,
likvidlilik ham shuncha yuqori bo`ladi.
Aktivlar sifati asosan to`rt xil mezon asosida aniqlanadi:
likvidlilik, tavakkalchilik darajasi, daromadlilik va diversifikatsiya
bo`yicha. Aktivlarning likvidligi shu aktivlarning pul shakliga o`tish
layoqatidir. Likvidlik xizmatidan aktivlar bir necha guruhlarga
ajraladi. Birinchi guruhga yuqori likvidli aktivlar – kassa va vakillik
hisobvarag’idagi mablag’lar hamda davlatning qimmatli qog’ozlarini
kiritish mumkin. Ikkinchi guruhga qisqa muddatli ssudalar, banklararo
kreditlar, faktoring operatsiyalari va aktsionerlik jamiyatlarning tijoriy
qimmatli qog’ozlari tashkil etadi.Uzoq muddatli investitsiyalar,
qo`yilmalar va lizing operatsiyalari uchinchi guruh likvid aktivlarni
tashkil etadi. Nihoyat, to`rtinchi guruh likvid aktivlar muddati
uzaytirilgan ssudalar, bino va inshootlardan iborat. Tavakkalchilik
darajasi bo`yicha ham aktivlar to`rt guruxga ajratiladi va mos holda
0,20, 50, 100% lik tavakkalchilik darajasiga ega aktivlardan iborat.
SHuni ta`kidlash lozimki, tavakkalchilik darajasi qanchalik
yuqori bo`lsa, likvidlik shunchalik past bo`ladi. Aktivlarning
daromadliligi aktivlarning ishchanligi va samaradorligini namoyon
etadi. Daromadlik bo`yicha aktivlar daromad keltiruvchi va daromad
keltirmaydigan aktivlarga bo`linadi. Daromadlar qanchalik ko`p
bo`lsa, bankda kapital bazani mustahkamlash imkoniyati paydo
bo`ladi. Lekin ko`rko`rona daromadlilikka intilishi aktivlarning
yo`qotilishiga va likvidlilikning pasayishga olib keladi. Aktivlar
sifatini
ko`rsatadigan
mezonlardan
yana
biri
ularning
diversifikatsiyasidir. Aktivlarning diversifikatsiyasi ko`rsatkichlari
bo`lib, bank aktivlarining asosiy yo`nalishlari bo`yicha tarkibi, kredit
qo`-yilmalarining ob`ektlari va sub`ektlari tarkibi, qimmatli qog’ozlar
portfeli tartibi, valyutalar strukturasi (valyuta ope-ratsiyalari
bo`yicha),
hamkor
banklar
tartibi
hisoblanadi.
Aktivlar
diversifikatsiyasi qanchalik yuqori bo`lsa, likvidlilik shuncha yuqori
bo`ladi. Bank aktivlarining sifati likvidlilik va to`lovga qobiliyatlilikni
belgilashda katta o`rin tutadi. Aktivlar tarkibi shunday optimal
tanlanishi kerakki, bir vaqtning o`zida ham likvidlilik, ham to`lovga
qobiliyatlilik va bank uchun keraklisi foydalilik ta`minlanishi lozim.
Likvidlilikka ta`sir etuvchi muhim omillar sirasiga bankning
depozit bazasining sifati ham kiritiladi. Depozit joriy hisoblarda,
310
muddatli depozit va omonat jamg’armalari ko`rinishda yig’ilgan
yuridik va jismoniy shaxslarning mablag’lari tashkil qiladi. Depozitlar
(talab qilib olguncha, muddatli va jamg’arma) sifati mezoni bo`lib,
ularning barqarorligi hisoblanadi. Depozitlarning barqaror qismi
qancha yuqori bo`lsa, likvidlilik shuncha yuqori ta`minlangan bo`ladi,
ularning ulushining ortishi bankning likvid aktivlarga ehtiyojini
kamaytiradi. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, talab qilib olguncha
bo`lgan depozitlar ularning foiz stavkasiga bog’liq emasligi nuqtai
nazaridan barqarorligi bilan ajralib tursa muddatli va jamg’arma
depozitlarning qoldiqlari qat`iy muddatga ega ekanligi bilan
barqarordir. Lekin ularning foiz stavkasiga bog’langanligi foizlar
o`zgarishi bilan bunday depozitlar migratsiyasini vujudga keltirishi
mumkin.
Banklarning
likvidliligi
va
to`lovga
qobiliyatligi
tashqi
manbalarga qaramlik darajasiga, ya`ni banklararo kreditlarning
ulushiga ham bog’liq. Ma`lum bir chegaradagi banklararo kredit
likvidligiga hech qanday xavf tug’dirmaydi, aksincha, u likvid
mablag’larga bo`lgan qisqa muddatli ehtiyojni bartaraf ham etadi.
Agar banklararo kredit jalb qilingan resurslar tarkibida salmoqli
o`rinni egallasa, banklararo kredit bozorida noqulay kon`yunktura
vujudga kelganda bank tanazzulga yuz tutish mumkin. Tashqi
manbalarga karatligi yuqori bo`lgan rivojlanish istiqboliga ega
bo`lmaydi
va
resurs
bazasining
beqarorligi
evaziga
katta
tavakkalchilik ostida bo`ladi.
Aktiv va passivlarning muddatlari summalari o`rtasidagi
nomutanosiblik likvidlilikka jiddiy ta`sir o`tkazadi. Bankning mijoz
oldidagi
majburiyatlarini
bajarish
uchun
mijozdan
olingan
mablag’larni qaytarish muddati shu mablag’lar hisobiga qo`yilgan
kredit (investitsiyalar)ni qaytish muddati bilan mos bo`lmog’i lozim.
To`g’ri, majburiyat boshqa manba hisobiga qoplanishi mumkin, lekin
amalda aktiv va passivlarning asosiy qismi muddat va summada
munosib bo`lishi bank barqarorligining garovi hisoblanadi.
Menejment, ya`ni bank faoliyatini boshqarish likvidlilikka jiddiy
ta`sir o`tkazuvchi omillardandir. Bankning boshqarish sifati oqilona
bank siyosati, bank tashkiliy strukturasi, aktiv va passivlarni samarali
boshqarish mexanizmda namoyon bo`ladi. YUqori darajadagi
menejment malakali kadrlarni talab etadi, shuningdek, zaruriy axborot
bazasi tezkor choralarni amalga oshirishda qo`l keladi.
311
Kerakli likvidlilik darajasi menejment bilan birga bankning
imidjiga ham bog’liq. Ijobiy bankka resurslar jalb qilishda va likvid
mablag’lar kamomadini to`ldirishda baho raqobatchi banklarga
nisbatan ustunlik yaratadi. YAxshi reputatsiyasiga ega bo`lgan bank
barqaror depozit bazasini hosil qila oladi, chunki u moliyaviy barqaror
mijozlar bilan aloqa qilishda katta imkoniyatga ega bo`ladi. Ijobiy
imidjga ega bo`lish o`ta murakkab jarayon, u yillar davomida natijalar
evaziga shakllanadi va rivojlanish strategiyasini to`g’ri tanlash,
mijozlarga
xizmat
ko`rsatish
darajasini
oshirish,
marketing
tadqiqotlarini chuqurlashtirish, ishonchli va ommabop reklama,
faoliyat natijalarini jamoatchilik uchun ochiqligi kabilarga asoslanadi.
YUqorida ko`rilgan omillar bankning xususiyatlariga bog’liq
ravishda turlicha ahamiyatga ega bo`lish mumkin. Ba`zi hollarda
likvidlilik muammosini resurs bazasi sifati va tarkibi tug’dirsa,
ba`zida aktivlar sifati bunga sabab bo`ladi. Asosan esa likvidlilik va
to`lovga qobiliyatlilik muammolar kompleks omillar uyg’unligida
paydo bo`ladi. Likvidlilik muammo-sini ko`p omilli kategoriya
ekanligini tan olgan xolda, har bir bank o`zining og’riqli nuqtalarini
belgilab olishi kerak, ya`ni bank likvidligini belgilaydigan omillar
to`g’ri talqin etilgandagina bu muammo oqilona hal etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |