Buxoro davlat universiteti abdullaev a. J, Qayimova z. A, Boltaev sh. Sh, Narzieva d. M


 Evropa Markaziy bankining mustaqillik darajasi. YAponiya



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet206/274
Sana16.01.2022
Hajmi3,95 Mb.
#372715
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   274
Bog'liq
Bul va banklar

15.3. Evropa Markaziy bankining mustaqillik darajasi. YAponiya 
Markaziy bankining mustaqillik darajasi. O`tish iqtisodiyoti 
mamlakatlari Markaziy banklarining mustaqillik darajasi. 
 
Ko`rilayotgan  davrda  markaziy  banklar  darajasida  xalqaro 
aloqalar  muvaffaqiyatli  rivojlandi.  Bunga  yaqqol  misol  qilib,  Evropa 


249 
 
Valyuta    Tizimini  tashkil  topishi  va  Evropa  Markaziy  bankini  tuzish 
rejasini ko`rsatish mumkin. 
Biroq,  80-yillarning  o`rtalaridan,  milliylik  xususiyatlarining 
yo`qotilishi  va  markazlashmagan  siyosatlarning  boshlanishi  bilan 
markaziy  banklarning  “qudratli”ligi  nazariyasi  tarafdorlari  chet  el 
ilmiy  doiralarida  sezilarli  darajada  kamaydi.  SHunday  qilib,  80-
yillarning  oxirlarida  g’arbiy  Evropada  markaziy  banklarning  pul-
kredit siyosatidagi roli hamda valyuta bozoridagi operatsiyalar ustidan 
bo`lgan nazoratining pasayishi yuz berdi. 
SHundan  kelib  chiqib,  Markaziy  bankni  tartibga  solish 
mexanizmining  xarakterli  xususiyatlari  bilan  xuddi  shu  davrda  amal 
qilayotgan  iqtisodiy  nazariyalar  yo`nalishlari  o`rtasida  etarli  darajada 
o`xshashliklarni  misol  qilib  keltirish  mumkin.  Davlat  aralashuvi 
kuchaygan  davrda  (keynschilar  tarafdorlari  nazariyasi  bqyicha) 
Markaziy  banklarning  roli  ham  kuchayadi,  tartibga  solishning 
ma`muriy  metodlarini  qqllash  kengayadi,  va  aksincha,  monetaristlar 
nazariyasining  ta`siri  kuchayishi  va  davlatning  iqtisodiyotga 
aralashuvining 
kamayishi 
oqibatida 
markaziy 
banklarning 
iqtisodiyotni  tartibga  solishda  bozor  mexanizmlaridan  foydalanishga 
majbur bo`ladilar. SHunday vaziyatlarda Markaziy bank vakolati-ning 
bir  qismini  ichki  pul-kredit  va  valyuta  siyosatidagi  muammolarni 
echish uchun Moliya Vazirligiga beradi. 
Biroq,  g’arb  iqtisodchilari  nuqtai-nazarlarining  tahlili  shuni 
ko`rsatadiki,  Markaziy  bankning  iqtisodiyotdagi  qrnini  o`zgarishiga 
sub`ektiv  omillar  ham  katta  ta`sir  ko`rsatishi  mumkin,  shu  jumladan, 
hatto bank rahbarining shaxsiy sifatlarini ajratib ko`rsatish mumkin. 
Misol  uchun,  g’arbiy  Evropadagi  mamlakatlar  Markaziy 
banklarining roli o`zgarishini o`rganishga bag’ishlangan tadqiqotlarda 
bir  qator  iqtisodchilar  70-yillarda  Markaziy  banklarning  kuchayishini 
shu milliy bank tizimining boshqaruvida ko`zga kqringan xukumat va 
xalqaro  doiralarda  obrq-e`tibori  yuqori  bo`lgan  moliya  arboblari 
boshqarganligini ta`kidlaydilar. Buning oqibatida qsha davrdagi milliy 
valyuta  raqobatbardoshligiga  xavf  soluvchi  xukumatning  iqtisodiy 
chora-tadbirlariga  qarama-qarshi  “qattiq  siyosat”  qqllash  mumkin 
bo`lgan edi. 
U  yoki  bu  Markaziy  bankning  o`zfaoliyatidagi  mustaqillik 
darajasini  aniqlash  uchun  ularning  mustaqillik  mezoni  (belgisi)ga 
xolis  baho  berish  kerak.  Xorijiy  adabiyotlarda  markaziy  banklar 
mustaqilligini  aniqlashning  bir  necha  usullari  qayd  etilgan.  Asosan 


250 
 
markaziy  banklarning  iqtisodiy  va  siyosiy  mustaqilligi  ajralib 
(farqlanib) turadi. 
Markaziy  bankning  mustaqilligi  darajasini  aniqlashda  uning  pul-
kredit  siyosatini  tanlash  va  qtkazishda  davlat  boshqaruv  organlariga 
ko`proq yoki kamroq qaramligiga e`tibor beriladi. 
Markaziy 
bankning 
iqtisodiy 
mustaqilligi 

bu 
uning 
o`zinstrumentlaridan  o`zi  xohlagan  yo`nalishda  va  chegaralanmagan 
miqdorda foydalana olishiga aytiladi. 
Iqtisodiy  rivojlangan  mamlakatlar  markaziy  bank-larining 
turkumlanishi 
pul-kredit 
siyosati 
masalalarini 
hal 
etishdagi 
mustaqilligi  xorijiy  adabiyotlarda  turli  mezonlarga  qarab  amalga 
oshiriladi. 
Umuman  olganda  markaziy  banklar  mustaqilligining  ustunligini 
qrganish  tadqiqotlarida  yo  sub`ektiv,  yoki  ob`ektiv  omillarga  baho 
berib, ajratish  mumkin.  Masalan, sub`ektiv omillar sifatiga  mamlakat 
Markaziy 
banki 
bilan 
xukumat 
o`rtasidagi 
o`zaro 
rasmiy 
munosabatlarni hamda Markaziy bank rahbarlarining xukumat doirasi 
bilan  bo`lishi  mumkin  bo`lgan  norasmiy  aloqalarni  tanlab 
ko`rsatishgan. CHet el mualliflarining tadqiqotlarida mustaqillikning 4 
ballik  tizimi  tanlangan:  1-balga  -  markaziy  banklarning  davlat 
boshqaruvidan  past  darajada  mustaqilligi,  ya`ni  tqla  qaramligi;  4-
ballga  -  mustaqillik  darajasi  juda  yuqori  bo`lgan  markaziy  banklar 
kiradi. 
Markaziy  bankning  mustaqilligi  darajasini  belgilovchi  keyingi 
omil, bank rahbarining saylanish tartibi hisoblanadi. 
Bu  omil  Markaziy  bankning  davlat  organlari  boshqaruvidan 
qanchalik  darajada  siyosiy  mustaqilligini  belgilashda  muhim  omil 
bo`lib  hisoblanadi.  Birinchi  qarashda,  mamlakatlar  o`rtasidagi  farq 
faqat  Markaziy  bankning  boshqaruv  lavozimiga  nomzodlarni  kim 
tavsiya  etishida  namoyon  bo`ladi.  Ko`pgina  rivojlangan  davlatlarda 
(Germaniya,  Buyuk  Britaniya,  Frantsiya,  Daniya,  SHveytsariya, 
Avstriya)  bank  rahbariyatiga  xukumat  tavsiya  etgan  nomzodlar 
saylanadi yoki tayinlanadi. 
Bunday 
sharoitda 
mamlakat 
Markaziy 
bank 
rahbariyati 
boshqaruvida  etakchi  lavozimdagi  shaxs  katta  rol’  qynaydi.  Masalan, 
Nemis  Federal  banki  rahbarligiga  Frantsiya  banki  rahbarlariga 
qarama-qarshi  ravishda  yuqori  tashkilot  hisoblangan  Moliya 
Vazirligidan  chiqqan  xizmatchilar  saylanmaydilar.  Frantsiya  banki 


251 
 
raisi  va  uning  birinchi  2-ta  yordamchisi  Respublika  Prezidenti 
tomonidan  maxsus  dekret  asosida  tayinlanadi.  Bu  dekret  Vazirlar 
Kengashida  tasdiqlanadi.  Avstriya  milliy  bankining  umumiy 
yig’ilishida  bosh  kengashga  6  a`zoni  ta`sischilar  saylaydilar; 
prezidentni,  2-ta  vitse  prezidentni  va  kengashning  qolgan  5  a`zosini 
Moliya  Vazirligi  tayinlaydi.  Bunda,  saylanayotgan  shaxs  ishlashga 
rozilik  bildirmasa  yoki  boshqa  shaxsning  nomzodini  ko`rsatsa, 
saylovlar tayin qilinadi, agar saylangan shaxs vafot etsa, u holda yangi 
nomzodlikni  Moliya  Vazirligi  tayinlaydi.  Kengashning  6  a`zosi 
saylanish  davrida  aktsionerlardan  etarli  ovoz  ololmasalar,  ularni  ham 
Moliya Vazirligi o`zi tayinlashi mumkin. 
Kqrilayotgan  davlatlardan  faqatgina  Italiya  va  Gollandiyada 
Markaziy  bankning  boshqaruviga  saylash  uning  o`znomzodlaridan 
kelib  chiqadi.  Biroq,  bu  holda  ham  saylanish  davlat  tuzilmalari 
tomonidan tasdiqlanishi kerak. 
Markaziy  banklarning  raislari  va  boshqaruv  a`zolarini  qonun 
bo`yicha  ishdan  olish  tartibi  ham  qiziqarli  holatda  rasmiylashtirilgan. 
Ko`pgina  sanoati  rivojlangan  mamlakatlar  (Germaniya,  Buyuk 
Britaniya,  Avstriya,  SHveytsariya)ning  markaziy  banklar  raislarini, 
boshqaruv  a`zolarini  saylangan  muddatlaridan  ilgari  ishdan  bo`shatib 
bo`lmaydi.  Xukumatga  yuqoridagi  davlatlarga  nisbatan  qaramroq 
bo`lgan markaziy banklar bunga kirmaydi (Italiya, Frantsiya) 
Ko`pgina 
iqtisodiy 
rivojlangan 
mamlakatlar 
(Germaniya, 
SHveytsariya,  Frantsiya,  YAponiya,  Daniya,  Avstriya)da  Markaziy 
bankning  faoliyat  doirasi  va  asosiy  maqsadlari  Konstitutsiyada  va 
Markaziy  bank  haqidagi  qonun  hamda  shu  kabi  boshqa  banklar 
faoliyati haqidagi qonunchilikda o`z aksini topadi. 
Nemis  Federal  bankining  asosiy  maqsadi  va  vazifalari  doirasi 
mamlakat  Konstitutsiyasida  aniq  belgilab  qo`yilgan.  Bu  milliy 
valyutaning barqarorligini ta`minlash kafolatidir. 
Nemis  Federal  banki  haqidagi  qonunda  bosh  bank  tizimi  oldiga 
uch asosiy vazifa: 

 
pul muomalasini tartibga solish; 

 
iqtisodiyotni kredit bilan ta`minlashni tartibga solish; 

 
to`lov aylanmasini amalga oshirish qqyilgan. 
Nemis  Federal  bankining  vazifalari,  maqsadlari  va  yo`nalishiga 
yaqinroq  bo`lgan  Avstriya  Milliy  bankini  misol  tariqasida  keltirish 


252 
 
mumkin.  Markaziy  bankning  vazifasi  qonunda  umumlashgan  holda 
aks  etgan  va  ayni  vaqtda  uning  ruxsat  etilgan  operatsiyalari  aniq 
ko`rsatilgandir. 
Avstriya  bank  qonunchiligining  o`ziga  xos  xususiyati,    uning 
Markaziy  bank  qonunchiligida  qatnashish  huquqiga  ega  ekanligi 
hisoblanadi. 
Pul-kredit  sohasiga  tegishli  qonun  loyihalarining  hammasi 
Markaziy  bankka  ko`rib  chiqish  uchun  ma`lum  vaqtga  beriladi  va 
uning roziligidan so`nggina tasdiqlanadi. 
Bu  borada  Angliya  Markaziy  banki  mavqei  o`zgachadir.
1
  Uning 
asosiy  vazifalari  qonuniy  tartibda  ham  qayd  qilinmagan,  shu  bilan 
birga  Moliya  Vazirligiga  ham  bqysinmaydi.  Angliya  Markaziy 
bankining  vazifalari  bu  sohada  milliy  urf-odatlarga  tayanadi,  bu  esa 
o`znavbatida Angliya bankining tashkil topishdagi tarixiy hujjatlariga 
asoslanadi.  Mustaqillik  darajasi  nisbatan  past  bo`lgan  markaziy 
banklarga  Frantsiya  va  Italiya  markaziy  banklarini  misol  qilib 
ko`rsatish  mumkin.  Bu  davlatlarda  pul-kredit  siyosati  yo`nalishini 
xukumat  belgilashi  qonun  bilan  mustahkamlangan.  Markaziy  bank 
esa,  xukumat  ko`rsatmalarini  bajaradi  va  unga  maslahatchi  vazifasini 
qtaydi. 
Ikkinchi  jahon  urushi  davridan  boshlab  Frantsiya  banki  Moliya 
Vazirligi 
qaramog’idadir. 
Pul 
bozoridagi 
interventsiyaning 
tashabbuskori  ham,  nemis  markasiga  nisbatan  frantsuz  franki  kursini 
ushlash  masalasi  hamda  Evropa  Hamjamiyati  bozorining  tashkil 
topishida  valyuta  operatsiyalarini  tartibga  solishda  ham  xukumat 
ishtirok etmoqda. Davlatning pul-kredit siyosatiga aralashuvi qonunda  
ko`rsatilganligi  va  uning  darajasi  kengligi  omiliga  keyingi 
mamlakatlar  guruhini  Buyuk  Britaniya,  Gollandiya,  SHvetsiya  va 
YAponiya  mamlakatlari  egallaydi.  Bu  mamlakatlarda  davlat 
organlarining  Markaziy  bank  siyosatiga  aralashuvi,  unga  yql-yqriq 
ko`rsatishi,  uning  qarorini  bekor  qilishi  va  shu  kabilar  qonunda  aniq 
belgilangan. 
Angliya  Markaziy  banki  tashkil  topishida  o`zining  haqiqiy 
mustaqilligini  yo`qotgan.  Davlat  bilan  Markaziy  bank  o`rtasidagi 
munosabatlar  1946  yilda  qabul  qilingan    “Angliya  banki  haqidagi 
qonun”ning  1-bo`lim  4-bandi  bilan  tartibga  solinadi.  SHu  qonunga 
                                                           
1
 Cavyn D., Financial times, Tuesday Aprel 1, 2007, pg 20: Freedom balanced by scrutiny. 
 


253 
 
muvofiq,  Moliya  Vazirligi  Markaziy  bank  ustidan  sezilarli  ta`sir 
qtkazish uchun rasmiy huquqga ega hisoblanadi. SHu sababli, Angliya 
banki  vazifalarni  bajarishdagi  mustaqilligini  yqqotdi  va  u  xukumat 
siyosatiga jiddiy qarshilik qila olmaydi. 
Angliya  banki  ma`muriyatining  fikrlari  Moliya  Vazirligi 
tomonidan  tinglanadi  va  pul-kredit  siyosati  masalalarini  echishda 
e`tiborga olinadi, biroq, Angliya bankining pul-kredit siyosati Moliya 
Vazirligining oddiy qarorini o`zida aks etadi. Faqatgina Angliya banki 
ma`muriyati a`zolarining professionalliklari, biznes aloqalari va obro`-
e`tiborlari 
ularning 
xukumat 
siyosatiga 
nisbatan 
bo`lgan 
mustaqilliklarini o`zida namoyon qiladi. 
Angliya  banki  faoliyat  ko`rsatishga  nisbatan  ko`proq  ta`sir 
ko`rsatishga ega. Daniya va Avstriya Markaziy banklari esa pul-kredit 
siyosati  yuritishda  xukumatning  aralashuvidan  mustaqillik  darajasi 
bo`yicha  oldingi  o`rinlarda  turadilar.  Bu  davlatlarning  qonunchiligi 
xukumat  Markaziy  bankining  pul-kredit  siyosatiga  aralashuviga 
rasmiy  ravishda  yo`l  qo`ymaydi,  biroq,  markaziy  banklarni 
xukumatning  iqtisodiy  siyosatiga  moslab  siyosat  yuritishlarini  o`zaro 
moslashishi talab qilinadi.  
Avstriya  Milliy  banki  faoliyati  ustidan  Moliya  Vazirligi  nazorat 
olib  boradi.  Moliya  vaziri  bank  faoliyatining  qonuniyligi  bo`yicha 
qonun oldida javobgardir. U davlat komissari va uning o`rinbosarlarini 
tayinlaydi,  ular  Bosh  Kengashning  yig’ilishlarida  o`zovozlari  bilan 
ishtirok  etishlari  hamda  dalolatnoma  va  tushuntirish  xatlarini  talab 
qilishlari 
mumkin.  Davlat  komissari  Markaziy  bank  Bosh 
Kengashining qarorini orqaga surishga huquqi bor, bunda albatta qaror 
komissarning  fikricha,  amal  qilayotgan  qonunchilikka  zid  kelishi 
kerak.  Biroq,  Markaziy  bank  qonunda  ko`rsatilgan  faoliyatni  va 
operatsiyalarni  amalga  oshirsa,  davlat  komissari  ham  Moliya  vaziri 
ham  aralashishga  huquqi  yo`q.  SHu  orqali  bir  tomondan,  Avstriya 
Milliy  banki  mustaqilligi  qonun  bilan  mustahkamlangan,  boshqa 
tomondan  esa,  davlat  organlari  Markaziy  bank  siyosatiga  bevosita 
rahbar saylab va nazorat o`rnatib, ta`sir ko`rsatishi mumkin. 
Oxirgi 
to`rtinchi 
guruh 
mamlakatlarga 
Germaniya 
va 
SHveytsariyani  ko`rsatish  mumkinki,  bu  davlatlarning  markaziy 
banklari  eng  mustaqil  hisoblanadi.  Bu  mamlakatlar  qonunchiligida 
davlat 
Markaziy 
bankining 
pul-kredit 
siyosatiga 
aralashuvi 
ko`rsatilmagan.  SHveytsariya  Markaziy  bankini  xukumat  iqtisodiy 


254 
 
siyosatiga  moslashishi  xususida  qonunchilikda  qayd  qilinmagan. 
Germaniyada  Markaziy  bank  siyosati  mamlakat  xukumatidan  qonun 
bo`yicha  mustaqil  qilib  belgilab  qqyilgan.  1924  yilda  Germaniyada 
bo`lgan  inflyatsion  inqiroz  davrida  aniq  bo`ldiki,  Markaziy  bank 
faoliyatini xukumat ta`siridan chegaralash kerak. Germaniya Federativ 
Respublikasi  emissiya  bankining  to`liq  mustaqilligi  1948  yilda  qayta 
tiklandi. 
Bank  bilan  Federal  xukumat  o`rtasidagi  o`zaro  munosabatlar 
“Nemis  Federal  banki  haqida”gi  qonunda  quyidagicha  ta`riflangan: 
“Nemis  Federal  banki  o`z  vazifalariga  muvofiq  tarzda  xukumatning 
umumiqtisodiy  siyosatini  qo`llab-quvvatlashga  majbur.  qonunda 
belgilanishicha,  u  o`z  majburiyatlarini  bajarishda  xukumatga 
bo`ysinmaydi”.
1
 
50-yillarning  o`rtalaridan  boshlab,  Nemis  Federal  banki  o`z 
siyosati  oldiga  bosh  maqsad  qilib  “nemis  markasining  barqarorligini 
ximoyalash  va  inflyatsiyaga  qarshi  kurashish”  deb  belgiladi.  Bu 
maqsad,  1957  yilgi    “Nemis  Federal  banki  haqida”gi  qonunda  o`z 
ifodasini  topgan va  mustaqilligi  poydevorining  asosiy  qismini  tashkil 
etadi. Nemis Federal banki va xukumat o`rtasidagi o`zaro  munosabat 
masalasining  boshqa  tomoni  ham  qiziqarlidir.  Aniqrog’i,  Nemis 
Federal 
Xukumati 
Markaziy 
bankning 
yuqori 
darajadagi 
mustaqilligini  qanday  baholaydi?  Konrad  Adenauer  xukumatning 
Markaziy  bank  mustaqilligiga  munosabati  nuqtai  nazarini  ta`riflab,  - 
“Markaziy  bankning  mustaqilligi  doimo  ma`qul  emas,  lekin  bu  juda 
xotirjam  qiladi”,  deb  aytgan.
2
  Biroq,  bunday  hamjihatlik  tabiiyki, 
doimo  amalga  oshmaydi.  Ko`pgina  markaziy  banklardan,  shu 
jumladan,  xukumatdan  mustaqilligi  bilan  nom  chiqargan  milliy 
banklardan  farqli  ravishda  Nemis  Federal  banki  amaliyotida  o`zining 
alohida mavqeiga ega ekanligini bir necha bor isbotladi. 
Misol  tariqasida  “qo`shilish”  munosabatining  birinchi  kunidan 
boshlab,  Nemis  Federal  banki  tomonidan  kalendar’  yilga  pul 
massasining  chegarasini  qattiq  belgilashini  va  unga  amal  qilishini, 
g’arbiy va SHarqiy Germaniyaning qo`shilishidan so`ng yangi federal 
erlarni  rivojlantirish  uchun  moliyalashtirish  bo`yicha  sabab  bo`lgan 
                                                           
1
  “Закон о Немецком Федеральном банке в новой редакции от 22 октября 1992 года”. 
Спец. изд. Немецкого Федерального банка №7, 1993 г.
 
2
  Наумченко  О.  “Роль  Центрального  банка  в  денежно-кредитном  регулировании 
экономики”.: Москва, 1995 г.
 


255 
 
munozaralarga 
imtiyozli 
yondoshilmagan 
holda 
siyosat 
yurgizganligini  keltirish  mumkin.  Nemis  Federal  bankining  o`sha 
vaqtdagi prezidenti Karl Otto Pel’ bank islohotining boshidan boshlab 
uning  hamma  mexanizmlari  yagona  bank  tizimining  rivojlanishi 
yo`nalishiga istisno va engilliklarsiz amalga oshishi uchun qat`iy turdi. 
Markaziy  bank  mustaqilligining  beshinchi  omiliga  xukumatning 
kreditlashni  chegaralanganligi  qonunda  ko`rsatilganligida  namoyon 
bo`ladi.  Xukumatning  kreditlashni  chegaralashi  Markaziy  bankning 
iqtisodiy  mustaqilligiga  ham,  siyosiy  mustaqilligiga  ham  ta`sir 
ko`rsatadi.  Biroq,  bu  omil  faqatgina  Markaziy  bank  tomonidan 
xukumatni  bevosita  moliyalashtirish  tizimining  mavjud  ekanligida 
ahamiyatlidir.  Bunday  tizim  dunyoning  ko`pgina  rivojlangan 
mamlakatlarida  tarqalgan.  Istisno  tariqasida  AQSH  va  Buyuk 
Britaniyani  ko`rsatish  mumkin.  CHunki,  bu  mamlakatlarda  davlat 
zayomlarining taqsimlanishi ochiq bozorda amalga oshiriladi.  
Bu  belgi  bo`yicha  ko`proq  Germaniya,  Avstriya  va  Gollandiya 
markaziy  banklari  mustaqilroqdirlar.  Federatsiya  xukumatining  va 
erlar  (hududiy  bo`linmalar)ni  boshqaruv  organlarini  bevosita 
moliyalashtirish  imkoniyatlari  masalan,  Avstriya  Milliy  banki  uchun 
qonun  bo`yicha  chegaralangan.  Bu  guruhning  boshqa  mamlakatlari 
singari  istisno  tariqasida  davlatning  qimmatbaho  qog’ozlarini 
chiqarish orqali qisqa muddatli kreditlar beriladi. 
Bu  belgi  bo`yicha  mustaqillik  darajasining  ikkinchi  guruhiga 
Yaponiya  va  Frantsiya  Markaziy  banklarini  kiritish  mumkin.  Bu 
davlatlarda  xukumatni  kreditlash  mamlakat  parlamenti  tomonidan 
tasdiqlanadi hamda qonun bo`yicha qat`iy mustahkamlangandir. 
Shveytsariya,  Italiya,  SHvetsiya  va  Daniyada  xukumatni 
kreditlash hajmini chegaralash rasman mavjud emasligi, ular markaziy 
banklarining  bu  mezon  bo`yicha  davlatga  qattiq  qaramliklarini 
ko`rsatadi. 
 
 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish